1. O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi. Kimyo fanini rivojlanishiga o’z xissasini qushgan o’zbek olimlar


Download 46.39 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi46.39 Kb.
#1504125
  1   2   3   4

Mavzu: Kimyo fanini rivojlantirishda o’z xissalarini qo’shgan O’zbekiston Respublikasi olimlari.


Reja:
1.O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi.
2.Kimyo fanini rivojlanishiga o’z xissasini qushgan o’zbek olimlar.
3.O’zbek olimlarining ushbu fan buyicha erishgan yutuqlari.
4.Foydalingan adabiyotlar.

O`zbekistonda kimyo fanini rivojlantirishida o`z hissasini qo`shgan o`z maktabini yaratgan , dunyo tanigan olimlarimiz juda ko`p. Davlatimiz ilm fanining o`chog`I M Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti o`zbek kimyogar olimlarini etishtirgan ilm maskanidir.
O`zbek kimyogar olimlaridan Sobir Yunusovich Yunusov - 1935 yilda O`rta Osiyo Davlat universiteti kimyo maktabining asoschisi.
1955 yildan boshlab halqaro kongreslarda (Shvetsariya, Fransiya, Angliya, Hindiston va boshq) alkaloid va o`simlik moddalari yuzasidan ilmiy dokladlari bilan qatnashashgan. Uning rahbarligida 4 mingdan ortiq o`simlik tadqiq qilinib, 245 alkaloidlarning tuzilishi isbotlandi. Sitazin, galantamin , papaverin , protonin kabi dori moddalar tibbiyotda keng qo`llanilmoqda.

Handam Usmonovich Usmonov - akademik , kimyo fanlari doktori , ilmiy ishlari selyuloza kimyosi va fizikasi , , pazta tolasi , linti , paxta qoldiqlari va ftor polimerlarga bag`ishlangan , u boshchiligidagi olib borilgan ishlar ishlab chiqarishga joriy etilgan .


Shukur Tolipovich Tolipov - kimyo fanlari doktori, akademik. Ftor birikmalarining kimyoviy analizda qo`llanilishi bo`yicha ilmiy ishlar olib borilgan.


Obid Sodiqovich Sodiqov - organic, bioorganic va tabiiy birikmalar sohasidagi olim, akademik, tabiiy birikmalar kimyosi sohasida o`z maktabini yaratgan alloma.
Respublikamizda qator viloyarlardagi xom ashyo imloniyatlari ( potensiallari) kimyo sanoatini rivojlantirish , xalq xo`jaligi , qishloq xo`jaligi va tibbiyot sohasida katta talabga va ehtiyojga ega bo`lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga imkoniyat beradi . Qashqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodi , Sho`rtan gaz “ Kimyo” majmui , Navoi – “ Azot” kombinati , Toshkent viloyatidagi Olmaliq “ Mineral o`g`itlar” kimyo zavodi , rudadan rangli metallar ajratb olish kimyo zavodlari , Chirchiq “Elektrokimyo” kopmbinati , Buxoro , Samarqand , farg`ona viloyatlardagi mavjud yirik kimyo komplekslari O`zbekiston iqtisodiyotida to`la mustaqillikka erishish borasida bizning faxrimiz hisoblanadi.
O`zbekiston kimyo sanoatini yanada rivojlantirish , chiqindisiz ishlaydigan , ekologik jihatdan xavfsiz ilg`or chet el texnologiyalarni o`zimizda yaratish , sanoat mahsulotlarining sifatini oshirish va ularni jahon bozoriga olib chiqish muammolari , albatta , kimyo fani erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlar bilan bog`liqdir. XXI asr bo`sag`asida insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri – bu tabiatni asrash va ekologiya muammosi bo`lib qolyapti.
O`zbekiston respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “ O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida : xafsizlikka tahdid , barqarorlik va taraqiyot kafolatlari “ nomli asarida shunday deyilgan : “ Ekalogik muammo – Er yuzining hamma burchagida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalarida turlichadir “ .
Bugungi kunda 1 milliard atonnadan ortiq ishlab chiqarish va maishiy - xo`jalik chiqindilari yig`ilib qolgan . Masalan , faqat Olmaliq va Samarqanddagi kimyo zavodlari 60 million tonnadan ortiq “ fosforogips” chiqindisi yig`ilgan. Respublikamizda har yili 30 million tonna maiyshiy communal chiqindilari , chorvachilik kompleksida 20 million tonnage yaqin chiqindilar vujudga keladi. Ayni vaqtda turli chiqindilardan xalq xo`jaligi uchun foydali bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarish , chuqindilarni zararsizlantirish to`g`risida olimlarimiz tomonidan berilayotgan takliflar va konkret qadamlar juda kam.

Download 46.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling