1. O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi. Kimyo fanini rivojlanishiga o’z xissasini qushgan o’zbek olimlar


O’zbek olimlarining ushbu fan buyicha erishgan yutuqlari


Download 46.39 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi46.39 Kb.
#1504125
1   2   3   4
O’zbek olimlarining ushbu fan buyicha erishgan yutuqlari. O‘zbekiston kimyogar olimalari maktabi va ularning tadqiqot yo‘nalishlari Abdurasulova Amina Rahimovna - birinchi o‘zbek ayollari orasida kimyo fanlari doktori (1965), professor (1966). O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1939), organik kimyo kafedrasi assistenti (1943-1948), dotsenti (1948-1966), O‘zbekiston Milliy universiteti organik kimyo kafedarsi mudiri (1969 yildan). Ilmiy ishlari fenollar va ularning efirlarini alkillashga bag‘ishlangan bo‘lib, nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan. Ortosiklogeksilfenolni sintezi sanoatda qo‘llanilgan. 120 ta ilmiy maqola va 8 ta mualliflik guvohnomasi bor. Bir qator davlat mukofotlari sohibasi. 18 Saidnosirova Zarifa - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1968), professor (1970), kimyo fanlari nomzodi (1945). Birinchi o‘zbek ayol rassomi. Toshkentda “Pestolozzi” maktabi (1922-1926), Navoiy nomidagi ta’lim - tarbiya texnikumi (1924-1926) da o‘qigan. So‘ng O‘rta Osiyo universiteti fizika - matematika fkultetining kimyo bo‘limini tugatib (1926-1930), o‘rta maktablar, xotin - qizlar bilim yurti va ishchilar fakultetida fizika, matematika va kimyo fanlaridan dars bergan. Qishloq xo‘jalik institutida o‘qituvchi, dotsent va kafedra mudiri (1930-1986), Toshkent tibbiyot institutida o‘qituvchi (1932-1937). O‘quv - pedagogika nashriyotida muharrir (1934-1935). O‘rta maktablar va texnikumlar uchun “Kimyo” darsligi (1933) muallifi. Z.Saidnosirova pedagogik faoliyatdan tashqari, volfram kompleks birikmalari va kimyo terminlarining ruscha- o‘zbekcha lug‘ati ustida ilmiy ish olib brogan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). Tasviriy san’atga oid ishlari Oybek uy-muzeyida saqlanadi. Asarlari: “Kimyodan ruscha-o‘zbekcha qisqacha izohli lug‘at” (hamkorlikda), T,;1975. “Oybegim mening” (xotiralar), T,;1994 . Rashidova Sayyora Sharopovna - O‘zbekiston FA akademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1993), Kimyo fanlari doktori (1983), professor (1984). Moskva universitetini bitirgan (1965), O‘zbekiston FA Kimyo institutida laboratoriya mudiri (1972-1979), polimerlar kimyosi bo‘limi rahbari (1979-1981), O‘zbekiston FA polimerlar kimyosi va fizikasi institute direktori (1981 yildan). Asosiy ilmiy ishlari yuqori molekulyar birikmalar kimyosi - polimerlar zanjirida kechadigan kimyoviy reaksiyalarga oid. S.Rashidova rahbarligida yo‘naltirilgan kimyoviy modifikatsiyali biologik faol polimerlar, dorivor preparatlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalarini olish uchun yuqori molekulali moddalarni tanlashning nazariy asoslari, qishloq xo‘jaligi ekinlari, urug‘larini ekishga tayyorlashda biologic faol polimerlarni qo‘llab kapsulalashning 19 ekologik zarasiz texnologiyalarini ishlab chiqildi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Oliy Majlisning “Inson huquqlari” bo‘yicha vakili (1995 yildan). “Do‘stlik” (1999), “El - yurt hurmati” (2003) ordenlari bilan mukofotlangan.O‘zbekistonda nano kimyo yo‘nalishida erishilayotgan yutuqlar Keyingi o‘n yillikda jahon jamoatchiligi lug‘at boyligiga «nano» so‘zi kirib keldi. Xo‘sh, «nano» nima? Qisqa qilib aytganda, nano milliarddan bir qismdir. Nanotexnologiya tushunchasi uchun tugal va aniq ifoda yo‘q, ammo mavjud mikrotexnologiya asosida bu o‘lchamlarni nanometrdagi texnologiya deb yuritish mumkin. Shuning uchun mikrodan nanoga o‘tish bu moddani boshqarishdan atomni boshqarishga o‘tish demakdir. Sohaning rivoji deganda esa asosan uchta yo‘nalish tushuniladi: - o‘lchami atom va molekulalar o‘lchamlari bilan solishtirarli elektron sxemalarni tayyorlash; - nanomashinalarni loyihalash va ishlab chiqish; - alohida atom va molekulalarni boshqarish va ulardan alohida mikroob'ektlarni yig‘ish. Bu yo‘nalishdagi izlanishlar ancha vaqtdan buyon olib borilmoqda. 1981 yilda tunnelli mikroskop yaratilib, alohida at.om1a.rni ko‘rish mumkin bo‘ldi. Shundan buyon texnologiya sezilarli takomillashtirildi. Bugun bu yutuqlarni kundalik hayotda ishlatamiz: lazerli disklarni ishlab chiqarish, jumladan, DVD disklardan nanotexnologik usulsiz foydalanish mumkin emas. Soha taraqqiyotidagi asosiy bosqichlarni bir eslab ko‘raylik. 20 1959 yilda Nobel mukofoti sohibi Richard Feynman kelajakda alohida atomlarni boshqarib, odam har qanday moddani sintez qilishi mumkinligini bashorat qildi. 1981 yilda Binig va Rorer tomonidan moddalardan atomlar darajasida ta'sir qila oladigan skanerlovchi tunnel mikroskopning yaratilishi. 1982-1985 yillarda sistemalarda atomar aniqlikka erishildi. 1986 yilda atom quvvatli mikroskop yaratilib, u tunnel mikroskopidan farqli ravishda har qanday, masalan, tok o‘tkazmaydigan material bilan ham ta'sirlasha oladi. 1990 yilda alohida atomlarni boshqarishga erishildi. 1994 yilda sanoatda nanotexnologik usullarning qo‘llanila boshlanishi.
Keyingi sakkiz asr mobaynida kimyo sohasida ilmiy daraja berishga munosib topilgan o‘n to‘qqizta ixtisoslik ro‘yxatga olingan. Anorganik kimyo, analitik kimyo, organik kimyo, fizik kimyo, neft kimyosi, o‘ta sof moddalar kimyosi shular sirasidandir. Mazkur fanlarning yaratilishi sohaning mashhur namoyandalari, dunyo ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan G. Devi, J. Dalton, R. Boyl, M. V. Lomonosov, I. Berseus va boshqa zabardast olimlar nomi bilan bog‘liq.
Zikr etilgan fan sohalarining yigirmanchisi Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib, O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishganiga olti yil to‘lgan yilda ixtiro etildi. Unga kimyo fanlari doktori, Andijon davlat universiteti professori Ibrohimjon Asqarov hamda texnika fanlari doktori, akademik To‘xtapo‘lat Risqiyev asos solishgan edi. “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” deb nomlangan mazkur fan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ma’qullangan.
Ma’lumki, har qanday fan yoki kashfiyotning ahamiyati uning jamiyat ravnaqiga, tafakkur rivojiga qo‘shajak hissasi va nafi bilan belgilanadi, qadrlanadi. Shu ma’noda, yangi ixtisoslikamalga tatbiq etilgan dastlabki kunlardanoq mamlakatimiz xalq xo‘jaligi taraqqiyotida o‘z samarasini ko‘rsata boshlagani bilan ahamiyatlidir. Yangi mutaxassislik, xususan, respublikamiz hududiga xorijiy yurtlardan kirib keluvchi turli tovar hamda mahsulotlar sifati va boshqa jihatlarini aniqlashda qo‘l keladi.
Gap shundaki, bojxona to‘lovlari tovarlarga qo‘yilgan maxsus kod raqamlari asosida amalga oshiriladi. Kodlarning to‘g‘riligini nazorat qilish orqali esa to‘lovlar haqqoniyligi va qonuniyligi ta’minlanadi. Kimyoviy tarkibi asosida tekshirish mahsulotlarga belgilanadigan bojning haqiqiy miqdorini aniqlashga yordam beradi. Zero, BMTning fanlar bo‘yicha vakili, Butunjahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Jeyms Shaver yangi mutaxassislikning birinchi muallifiga bejiz quyidagicha ta’rif bermagan edi: “...Professor Ibrohimjon Asqarov tomonidan kashf etilgan “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” uslubi jahon kimyo fanida butunlay yangi yo‘nalish deb e’tirof etildi. Ayniqsa, bojxona sohasida, ya’ni tovar-moddiy boyliklarni bojxona ekspertizasidan o‘tkazishda bu fanning ahamiyati beqiyos ekanligi diqqatga sazovordir. O‘zbek olimi, professor Ibrohimjon Asqarovni kimyo fanidagi ulkan kashfiyoti bilan qutlayman!”
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy laboratoriyasi xodimlari tomonidan ana shu ixtisoslik belgilab bergan usulda boj undirish hisobiga Davlat byudjetiga oxirgi 8 yil ichida 100 milliard so‘mdan ortiq qo‘shimcha daromad tushirilgani yuqoridagi fikrning amaliy isbotidir. Bundan tashqari, Oliy attestatsiya komissiyasi hujjatlarida mazkur ixtisoslikning ro‘yxatga kiritilishi bu borada maqsadli ilmiy izlanishlarni amalga oshirish, ayniqsa, bojxona ishini yanada puxta yo‘lga qo‘yish va uni takomillashtirishga muayyan darajada o‘z hissasini qo‘shayotganligi alohida ta’kidlanadi.
Endilikda jahonda tovarlarga, xususan, tovarlar kimyosiga doir tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etayotgani, davr ixtisoslikning maqsad va vazifalarini kengaytirishni taqozo qilayotganidan kelib chiqqanI. Asqarov mazkur soha atamasini “Tovarlar kimyosi” deb nomlash yuzasidan mas’ul tashkilot hamda muassasalarga murojaat qilib, ixtisoslikning yangi tahrirdagi pasportini taqdim etdi.
Rossiya Fanlar akademiyasi Organik kimyo instituti professori, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari doktori L. Belenkiy, Tojikiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti professori, kimyo fanlari doktori M. Isaboyev, mazkur institutning yetakchi ilmiy xodimlari — dotsent T. Abdullayev, kimyo fanlari nomzodi E. Po‘latov, Farg‘ona davlat universiteti professori, kimyo fanlari doktori A. Ibragimov va boshqalarning yuqoridagi ixtisoslikka oid fikrlarini ham inobatga olgan holda, mazkur masalani atroflicha o‘rganib chiqqan Oliy attestatsiya rayosatining o‘tgan yil 28 sentyabrdagi qarori bilan “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosligi atamasi “Tovarlar kimyosi”ga o‘zgartirilib, tasdiqlandi. “Tovarlar kimyosi” ixtisosligi bo‘yicha himoya qilingan dissertatsiyalar uchun texnika fanlari hamda kimyo fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar, shuningdek, ilmiy unvonlar beriladi.
“Tovarlar kimyosi” ixtisosligi va ixtisoslik pasportining yangi tahriri, — deyiladi OAK xulosasida, — tovar mahsulotlarini tasniflash, ularning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari, uyg‘unlashgan tizim nomenklaturasiga muvofiq kimyoviy tarkibidan tashqari yana bir necha omil, jumladan, tovarlarning kelib chiqishi, tovar tayyorlangan material turi, qayta ishlanganlik darajasi, shakli, narxi, jahon miqyosida tutgan o‘rni orqali sinflash imkonini yaratib beradi.
Shuningdek, ilmiy tadqiqotlarning mohiyat va vazifalari doirasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga xos xalqaro kod raqamini belgilash, respublika iqtisodiy xavfsizligini himoya qilish hamda mazkur ixtisoslik bo‘yicha ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarga talabgorlarning faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadlariga xizmat qiladi”.
Jahon olimlari e’tirof etgan fan sohalari qatoridan o‘rin olgan muhim ixtisoslikning hamyurtimiz tomonidan ixtiro qilinishi faxr va iftixorga arzirli ilmiy hodisadir.

Download 46.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling