7-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Yoqub Ibn Ishoq al-Kindiy psixologik qarashlari
Download 463.88 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу
Yoqub Ibn Ishoq al-Kindiy psixologik qarashlari Birinchi arab faylasufi Yoqub Ibn Ishoq al-Kindiy (800-879) dir.Al-Kindiy asli arablarning Yamanda yashaydigan Kinda degan qabilasidan chiqqan bо‘lib, uning taxallusi ham shu qabilaning nomidan olingandir. Al-Kindiyning nomi aslida Abu Yusuf Yoqub Ibn Ishoqdir. Al-Kindiy dastlab boshlang‘ich ta’limni Kufadan olib, sо‘ng Basraga boradi va u yerda olimlar qо‘lida о‘qiy boshlaydi. Al-Kindiy Basrada о‘ziga zarur, deb bilgan bilim sohalarini egallab, sо‘ng yana о‘z bilimini oshirish maqsadida Bag‘dodga kelib, dastlab fors, yunon falsafasini о‘rganishga kirishadi. Lekin bu davrda yunon falsafasiga oid kо‘p kitoblar arab tiliga hali tarjima qilinmagan edi. Shu sababli u qadimgi yunon falsafasini о‘qish maqsadida yunon tilini о‘rganishga kirishadi va tez orada bu sohada nihoyatda katta muvaffaqiyat qozonadi. Al-Kindiy yunon tilini bilib olishi asosida qadimgi yunon faylasuflarining asarlarini о‘rganish bilan cheklanmay, ularning bir nechtasini arab tiliga tarjima ham qiladi. U о‘zining ilmga chinakam berilganligi tufayli tez orada bilimdon kishilar orasida hurmat-e’tiborga sazovor bо‘lib, uning nomi shahar amaldorlari va olimlari doirasida tez-tez tilga olinadigan bо‘ladi, bundan xabar topgan xalifa Al-Ma’mun uni “Baytul hikma” (“Donolar uyi”) akademiyasiga jalb qiladi. Al-Kindiy bu yerda yirik tarjimon va olim Xusayn Ibn Ishoq bilan tanishib, uning qо‘lida tarjima ilmini о‘rganadi, arab tiliga yunon tilidan tarjima qilish san’atini egallab, tez orada kuchli tarjimonlarning biri bо‘lib qoladi. Natijada, u Aristotelning “Metafizika”, Ptolomeyning “Geografiya”, Yevklidning “Elementlar” kitoblarini yunon tilidan arab tiliga tarjima qiladi. Shu bilan birga, Al- Kindiy Aristotelning “Kategoriya”, “Ikkinchi analitika”, “Organon” asarlariga, Ptolemeyning “Almagest” asariga, Evklidning “Elementlar” kitoblariga sharhlar yozadi. Ayniqsa Al-Kindiyning arab falsafasida Sharq aristotelchiligining paydo bо‘lishidagi roli g‘oyat kattadir. U Aristotel falsafasini juda yaxshi bilgan va hatto uning ba’zi bir g‘oyalariga tanqidiy ham yondoshgan. U Aristotelning 10 ta kategoriyasi о‘rniga о‘zining 5 ta prasubstansiyasini (materiya, shakl, harakat, makon va zamonni) ilgari surgan. Uning nuqtai nazaricha, tabiatdagi barcha narsalar materiyadan tashkil topgan. Materiya esa tо‘rt unsur: olov, suv, havo va tuproqdan iboratdir. Materiya doimiy harakatdadir, harakat esa narsalarning bir turdan ikkinchi turga о‘tishidan iboratdir. Bu о‘z navbatida о‘zgarish demakdir. Al-Kindi harakatni olti turga bо‘ladi: 1) paydo bо‘lish; 2) yо‘q bо‘lish; 3) uzayish; 4) qisqarish; 5) о‘zgarish va nihoyat; 6) siljish. Har qanday harakat esa ma’lum bir vaqt ichida sodir bо‘ladi. Vaqt harakatning sekin yoki tezligidan iborat bо‘lib, u о‘tgan zamon bilan kelgusi zamonni bog‘laydi. Materiya shaklga ham ega, faqat shakliy tafovut tufayli u yoki bu narsalar boshqa narsalardan farq qiladi. Al-Kindiy borliqning makon atributini ham e’tirof etadi. Makon, deb u jismni о‘z ichiga oladigan, jismdan tashqaridagi sathga aytamiz, deydi. Makon bilan uni tо‘ldirib turadigan narsa bir-biriga bog‘liq, deydi u. Agar makon bо‘lsa, uni tо‘ldiruvchi biron narsa bо‘lishi kerak va aksincha, agar makonni tо‘ldirib turuvchi narsa bо‘lsa, albatta, makon bо‘lishi kerak. Download 463.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling