1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Sezgilar haqida umumiy tushuncha


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/99
Sana18.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1786120
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99
Bog'liq
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha 
Psixologiya psixikani o`rganadi. Psixologiyaga esa psixik jarayonlar, individual xususiyatlar, psixik 
faoliyat kiradi. Psixik jarayon biror psixik hodisaning ma`lum vaqt ichida vujudga kelishi, o`zgarishi, 
taraqqiy etishi va tugallanishidan iborat. 
Psixik (ruxiy) hodisalar uchga bo`linadi: 
1. Bilish jarayonlari. 
2. Emotsional soha. 
3. Irodaviy soha. 
Bilish jarayonlari intellektual aqliy jarayon deyiladi. Bilish jarayonlari ikkiga bo`linadi: hissiy bilish va 
mantiqiy bilish - hissiy bilishga sezgilar, idrok, xotira, mantiqiy bilishga xayol, tafakkur kiradi. 
emotsional sohaga: idrok qilayotgan, fikr yuritayotgan narsa va qilinayotgan ishga nisbatan ko`ngildan 
kechadigan har xil yoqimli va yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg`ular kiradi. Odam atrofidagi narsa va 
hodisalarni o`rganadi. Dunyoni bilish hissiy bilishdan boshlanadi. Hissiy bilish mantiqiy bilishga o`tadi. 
Biz ranglarni, ta`mni, hidlarni, tovushlarni, og`ir — engillikni, issiq - sovuqni sezamiz. Sezgilar hosil 
bo`lishi uchun quyidagi jarayonlar bo`lishi kerak: 


1. Sezgi a`zolariga ta`sir etadigan narsa yoki hodisaning bo`lishi. 
2. Sezuvchi apparat; buni analizator apparati degan edi I.P.Pavlov. 
Biz gulning hidini, quyoshning issiqligini, qovunning mazasini, toshning og`irligini sezamiz. Sezgilar 
idrok tarkibiga kiradi. Idrok bilan sezgi bir - biriga bog`liq holda bo`ladi. Lekin idrok qilmasdan avval 
sezamiz. Bizning sezgi a`zolarimizga narsa va hodisalar bevosita ta`sir etib turadi, shularni biz sezamiz. 
Sezgi boshqa jarayonlarga nisbatan oddiy jarayon bo`lib, bu jarayonning mohiyati moddiy 
qo`zg`atuvchilarning tegishli retseptorlariga ta`sir etish yo`li bilan moddiy dunyodagi narsa va 
hodisalarning ayrim xossalari va organizm ichki holatini aks ettirishdan iborat. Sezgilar materiyaning 
sezgi a`zolarimizga ta`siri natijasidir. Sezgi a`zolari axborotlarni qabul qilib, tanlab, to`plab har bir 
sekundda bepoyon informatsiyalar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada 
tevarak - atrofdagi taqi olamning va organizm o`z ichki holatining adekvat “mos” aks ettirishi hosil 
bo`ladi. Sezgi a`zolari taqi olamning inson ongiga olib kiradigan birdan bir yo`llaridan iboratdir. Agar 
odam sezgi a`zolaridan mahrum bo`lib qolsa, u paytda u atrofda nima bo`layotganini bila olmas, 
ovqatlanish uchun o`ziga ozuqa topa olmas edi. Mashhur rus vrachi S.P.Botkin yolgiz bitta ko`zi va 
qo`lining uncha katta bo`lmagan qismida tuyish sezgisidan tashqari hamma sezgilardan mahrum bo`lgan 
kasal haqidagi noyob bir hodisani tasvirlab bergan, bemor ko`zlarini yumgan paytda uning qo`liga hech 
kim tegmasa, u uxlab qolgan. Sezgilar haqidagi ta`limotga ko`ra, narsalar va ularning xususiyatlari 
birlamchi bo`lib, sezgilar esa materiyaning sezgi a`zolariga ta`siri natijasidir. Sezgilar olam qanday 
mavjud bo`lsa, o`shandayligicha aks ettiradi. Sezgilar haqiqiyligining mezoni amaliyot, sub`ektning 
faoliyatidir. Sezgilar bilishning asosiy manbaidir. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling