1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Psixologiya nimadan bahs etadi?


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/99
Sana18.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1786120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

1. Psixologiya nimadan bahs etadi? 
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi siyosiy, iqtisodiy islohotlar bilan bir 
qatorda ma`naviyat sohasida ham o`zgarishlarni amalga oshirish ehtiyoji vujudga keldi. YAngi jamiyat 
odamlardan yangicha fikrlashni, o`z - o`zini milliy jihatdan anglab etishni, istiqlol tafakkuriga ega 
bo`lishni taqozo etadi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta`kidlab o`tganlaridek, “Islohotlar hayotni, hayot esa 
insonlar tafakkurini o`zgartiradi.” Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va O`zbekiston Respublikasining 
“Ta`lim to`g`risida”gi qonunini amalga oshirish, undan kelib chiqadigan vazifalarni hal qilish ko`p 
jihatdan turli darajadagi psixologik muammolarning echilishi bilan bog`liq. Zamon talabiga mos 
keladigan, raqobatbardosh, yuksak e`tiqodli, ma`naviy jihatdan yuksak, mustaqil fikrlay oladigan
professional faoliyatlarga oid muammolarni hal etish uchun zarur ko`nikma va malakalarga ega 
mutaxassislarni tayyorlashda psixologiya fanining o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Psixologiya grekcha 
“psyuxe”- “jon, rux”, “logos” - “ta`limot”, “fan” degan so`zdan kelib chiqkan bo`lib, psixik faktlar
ularning qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi fandir. Psixologiya psixikani o`rganadi. Psixik faktlarga 
quyidagilar kiradi: - bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat; - bilish jarayonlari : sezgi, idrok, xotira, 
tafakkur va xayol; - ruxiy holatlar yoki shaxsning hissiy-irodaviy sohasi - hissiyot, iroda; - ruxiy 
xususiyatlar yoki shaxsning individual-psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyatlar. 
Professor V.Karimovaning fikricha, psixika - inson ruxiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni 
(ichki ruxiy olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya`ni bilishimiz, anglashimizni ta`minlaydi. Professor 
M. G. Davletshin fikricha, psixika deganda oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, 
u ob`ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon bo`ladi, sub`ekt faoliyatni ma`lum maqsad asosida 
yo`naltiradi hamda xulq -atvor negizida shakllanadi. Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks 
ettirishning o`ziga xos usullari mavjud. Aks ettirishni “Venna diagrammasi” interfaol usuli yordamida 
quyidagicha ifodalash mumkin: 
jonsiz
materiya 
jonli 
materiya 
Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan, 
ko`zguning aks ettirishi, suvdagi tasvir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik, 


psixik aks ettirish turlari xos bo`lib, ong va o`z - o`zini anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks 
ettirish quyidagi xususiyatlarga ega: 
1. Ob`ektiv borlikni to`g`ri aks ettirish imkoniyatini beradi; 
2. Shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi; 
3. Doimo rivojlanib va shakllanib boradi; 
4. Shaxsning individualligi orqali namoyon bo`ladi. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling