1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy - tadqiqot uslublari


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/99
Sana18.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1786120
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
Bog'liq
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

3. Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy - tadqiqot uslublari. 
Har bir fan taraqqiyotining asosiy sharoitlaridan biri uning ma`lum darajada mumkin qadar ob`ektiv, 
aniq, ishonchli uslublar (metod) ga ega ekanligidir. Metod - uslubning ma`nosi biror narsaga borish yo`li 
demakdir. Psixologiyada asosiy va yordamchi uslublar bor. Asosiy metodlarga kuzatish va eksperiment 
(tajriba) uslublari kiradi. 
KUZATISH metodi - ikki xil bo`lib, ob`ektiv (tashqi) va sub`ektiv (ichki) kuzatish turlari bor. Inson 
ruxiyotidagi o`zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1.Kuzatishning maqsad, vazifasi 
belgilanadi. 2. Kuzatiladigan ob`ekt tanlanadi. 3. Tadqiqot o`tkazish vaqti rejalashtiriladi. 4. Kuzatish 
qancha davom etishi qat`iylashtiriladi. 5. Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o`qish, o`yin, mehnat, 
sport) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi. 6. Kuzatishning shakli (yakka guruh, jamoa tayinlanadi). 7. 
Kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik-suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, 
videomagnitofon) tayyorlab qo`yiladi. Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg`ulari, 
asab tizimining tashqi ifodalari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq - atvori, nutq faoliyati kabilar o`rganiladi. 
Ammo o`ta murakkab ichki kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql - zakovatni 
tadqiq etishga bu metodning imkoni etmaydi. O`spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali 
ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg`usining o`zgarish xususiyatlari, g`alabaga intilish, o`zini harakatini 
idora qila olishi yuzasidan materiallar yig`ish mumkin. Tashqi kuzatishda ba`zan tafakkur bo`yicha ham 
ma`lumotlar olish mumkin. Ish ustidagi kayfiyatni, chehradagi tashvish va iztirobni, sinchkovlik, 
termulish kabi ruxiy holatlarni kuzatib tafakkurdagi o`zgarishni aniqlash mumkin. Bundan tashqari 
qo`lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi ham insonning ruxiyatidagi o`zgarishlari bo`yicha 
ma`lumot beradi. Psixologiyada o`z -o`zini kuzatish metodidan foydalaniladi. Ko`pincha moxir 
o`qituvchi o`zini - o`zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara oladi. 
2. Tajriba (eksperiment) usuli. Bu usul yordamida sun`iy tushunchalarni shakllanishi, nutqning o`sishi, 
favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his - tuyg`ulari, 
xarakteri va psixologik xususiyatlari aniqlanadi. Tajriba usuli tabiiy va laboratoriya usullariga bo`linadi. 
Tabiiy usul psixologik - pedagogik masalalarni hal qilishda qo`llaniladi. Bu uslubning ilmiy asoslarini 
1910 yilda A.F.Lazo`rskiy ta`riflagan. Bu usuldan ishlab chiqarish jamoalari a`zolarining, o`qituvchilar, 
keksalarning psixologik o`zgarishlari, o`zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari va muammolarini aniqlashda 
foydalaniladi. Asosiy usullardan tashqari yordamchi usullar ham bor. Jumladan, test, suhbat, so`rovnoma, 
biografik usul, sotsiometrik usul va boshqalar. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling