1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Mavzu yuzasidan nazorat savollari


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/99
Sana18.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1786120
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99
Bog'liq
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 
1. Psixologiyaning fanlar tizimi tutgan o`rni qanday? 
2. A.V.Petrovskiy psixologiya sohalarini qanday tasnif qilgan? 
3. Psixologiyaning asosiy tamoyillarini izohlang? 
4. empirik uslublarni tasniflab bering? 
 
3 - mavzu: Psixika va ongning taraqqiyoti 
Reja: 
1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti: 
1) psixikaning taraqqiyot bosqichlari; a) seskanuvchanlik; b) sezuvchanlik. 
2) hayvonlar xatti - harakati tiplari: 
a) instinkt; b) ko`nikma; v) intellektual harakat. 
2. Psixikaning muhit va a`zolar tuzilishiga bog`liqligi 
3. Inson ongining rivojlanishi 
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
Seskanuvchanlik — psixika taraqqiyotining dastlabki bosqichi bo`lib tirik organizmning biologik 
ahamiyatga ega qo`zg`atuvchining ta`siriga javob berish. 
Sezuvchanlik — psixika taraqqiyotining yuqoriroq bosqichi, sezish bilan bog`liq. 
Tropizm — biologik omillarga reaktsiya qilish usullari. 
Sensor bosqich — sodda hayvonlarning tashqi muhit ta`sirini tanlab aks ettirishi. 
Pertseptiv bosqich — yuksak nerv tizimiga ega bo`lgan hayvonlarning tashqi muhitdagi narsalarni yaxlit 
holda aks ettirishlari 
Instinkt — hayvonlarning tug`ma xatti -harakati 
Intellektual harakat — faxm - farosat bilan bog`liq xatti - harakatlar 
Ong — psixikaning yuksak darajasi 
Ontogenetik taraqqiyot — bitta organizmning rivojlanishi 
Filogenetik taraqqiyot — butun insoniyat rivojlanishi 
1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti 
1) psixikaning taraqqiyot bosqichlari. 
Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda 
murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo`lmish aks ettirish 
xususiyatiga, ya`ni turli ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki 
moddalarning o`zaro mexanik fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bo`lishi mumkin. Tirik 
materiyaga o`tishda harakatning shakli sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik 
shakllari xosdir. Tirik materiya taraqqiyotining ma`lum bosqichida aks ettirishning sifat jihatidan yangi 
shakli bo`lmish psixika yuzaga keladi. Hamma tirik organizmlar, o`simliklardan tortib hayvonlargacha 
evolyutsiyaning barcha bosqichida aks ettirishning biologik shakli bo`lgan seskanuvchanlik xususiyatiga 
ega. Seskanuvchanlik - tirik organizmlarning biologik ahamiyatiga ega bo`lgan ta`sirlarga javob qaytarish 
qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlarda elementar seskanuvchanlik xususiyati bor bo`lib, 
ular tashqi muhit ta`siriga harakat bilan javob qaytaradi, muhit ta`sirida hujayra protoplazmasininng 
xususiyati o`zgaradi. Biologik omillarga maxsus harakatlar bilan reaktsiya qilish usullariga tropizm deb 
ataladi. Tropizmlar har xil bo`ladi, fototropizm - tirik organizmning issiqlik ta`siri ostida harakat qilishga 
moyilligidir, xemotropizm - ma`lum fizik - ximiyaviy muhitni tanlab olishga moyilligidir, topotropizm 


tirik organizmning mexanik qo`zg`atuvchi ta`siri ostida harakatlanishdir. Tropizmlar o`simliklarning o`z-
o`zini boshqarishiga imkon beradi. Hayvonlarda ta`sirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga kelgan. 
YUksak tashqil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a`zolari tarkib topadi. Narsalarning 
organizm uchun aslida befarq, ya`ni organik ehtiyojlarini qondirmaydigan belgilari (hidlari, shakllari
ranglari) signallik ahamiyatiga ega bo`ladi. Hayvonlarda o`simliklarga qaraganda sezuvchanlik tufayli 
ancha ko`p ta`sirlarni aks ettirish vujudga keladi. Masalan, infuzoriyalarning ular uchun neytral (befarq) 
bo`lgan yorug`likka reaktsiya qilishlari kuzatilgan. Tajriba quyidagicha o`tkazilgan: suv to`ldirilgan 
nayga sodda hayvonlar joylashtirilib, naychaning bir tomoni isitilgan, Bir hujayrali hayvon 
termotropizmga ega bo`lganlari tufayli tezlik bilan naychaning iliq tomoniga o`tib olganlar. Naychaning 
bir tomoni isitilish bilan birga bir vaqtda yoritilib ham borilgan. Oddiy sharoitda yoruqlikka neytral 
munosabatda bo`luvchi infuzoriyalarga yorug`lik bilan birgalikda ular uchun qulay bo`lgan issiqlik bir 
necha marta ta`sir ko`rsatilgan taqdirda infuzoriyalar issiqlik ta`siridan qat`iy nazar yorug`likka 
to`planaverganlar. Bu sensor bosqich bo`lib hisoblanadi. Sensor bosqich uchun xarakterli xususiyat 
shundan iboratki, bu bosqichda organizm narsalarning o`zini emas, balki alohida xususiyatlarini aks 
ettiradi. Bunday aks ettirish evolyutsion taraqqiyotning quyi darajasi - to`rsimon va ganglioz asab 
tizimiga ega hayvonlarda kuzatiladi. Masalan: Biror bir hashorot o`rgimchak to`riga tushishi bilan uni o`z 
ipi bilan o`ray boshlaydi. 
Ko`pgina tajribalardan ma`lum bo`lishicha, o`rgimchak uchun faqat bir xususiyatlar, to`r orqali 
beriladigan tebranish, vibratsiya ahamiyatlidir. Tebranish to`xtashi bilan o`rgimchak ham o`lja tomon 
harakatlanishdan to`xtaydi. Keyingi bosqich pertseptiv yoki idrok qilish bosqichi deb ataladi. Bu 
bosqichga mansub hayvonlar atrof - muhitning ayrim xususiyatlarini emas, balki ularni butun narsalar 
sifatida aks ettiradi. Keyingi bosqich - intellektual bosqichi (aql) bo`lib, yuksak darajada rivojlangan 
hayvonlarga, ya`ni odamsimon maymunlarga xosdir. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling