1 psixikaning taraqqiyot bosqichlari
Download 44.5 Kb.
|
Psixikaning filogenetik taraqqiyoti 1 psixikaning taraqqiyot bos
1) psixikaning taraqqiyot bosqichlari. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo`lmish aks ettirish xususiyatiga, ya`ni turli ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o`zaro mexanik fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bo`lishi mumkin. Tirik materiyaga o`tishda harakatning shakli sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiya taraqqiyotining ma`lum bosqichida aks ettirishning sifat jihatidan yangi shakli bo`lmish psixika yuzaga keladi. Hamma tirik organizmlar, o`simliklardan tortib hayvonlargacha evolyutsiyaning barcha bosqichida aks ettirishning biologik shakli bo`lgan seskanuvchanlik xususiyatiga ega. Seskanuvchanlik - tirik organizmlarning biologik ahamiyatiga ega bo`lgan ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlarda elementar seskanuvchanlik xususiyati bor bo`lib, ular tashqi muhit ta`siriga harakat bilan javob qaytaradi, muhit ta`sirida hujayra protoplazmasininng xususiyati o`zgaradi. Biologik omillarga maxsus harakatlar bilan reaktsiya qilish usullariga tropizm deb ataladi. Tropizmlar har xil bo`ladi, fototropizm - tirik organizmning issiqlik ta`siri ostida harakat qilishga moyilligidir, xemotropizm - ma`lum fizik - ximiyaviy muhitni tanlab olishga moyilligidir, topotropizm tirik organizmning mexanik qo`zg`atuvchi ta`siri ostida harakatlanishdir. Tropizmlar o`simliklarning o`z-o`zini boshqarishiga imkon beradi. Hayvonlarda ta`sirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga kelgan. YUksak tashqil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a`zolari tarkib topadi. Narsalarning organizm uchun aslida befarq, ya`ni organik ehtiyojlarini qondirmaydigan belgilari (hidlari, shakllari, ranglari) signallik ahamiyatiga ega bo`ladi. Hayvonlarda o`simliklarga qaraganda sezuvchanlik tufayli ancha ko`p ta`sirlarni aks ettirish vujudga keladi. Masalan, infuzoriyalarning ular uchun neytral (befarq) bo`lgan yorug`likka reaktsiya qilishlari kuzatilgan. Tajriba quyidagicha o`tkazilgan: suv to`ldirilgan nayga sodda hayvonlar joylashtirilib, naychaning bir tomoni isitilgan, Bir hujayrali hayvon termotropizmga ega bo`lganlari tufayli tezlik bilan naychaning iliq tomoniga o`tib olganlar. Naychaning bir tomoni isitilish bilan birga bir vaqtda yoritilib ham borilgan. Oddiy sharoitda yoruqlikka neytral munosabatda bo`luvchi infuzoriyalarga yorug`lik bilan birgalikda ular uchun qulay bo`lgan issiqlik bir necha marta ta`sir ko`rsatilgan taqdirda infuzoriyalar issiqlik ta`siridan qat`iy nazar yorug`likka to`planaverganlar. Bu sensor bosqich bo`lib hisoblanadi. Sensor bosqich uchun xarakterli xususiyat shundan iboratki, bu bosqichda organizm narsalarning o`zini emas, balki alohida xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday aks ettirish evolyutsion taraqqiyotning quyi darajasi - to`rsimon va ganglioz asab tizimiga ega hayvonlarda kuzatiladi. Masalan: Biror bir hashorot o`rgimchak to`riga tushishi bilan uni o`z ipi bilan o`ray boshlaydi. Ko`pgina tajribalardan ma`lum bo`lishicha, o`rgimchak uchun faqat bir xususiyatlar, to`r orqali beriladigan tebranish, vibratsiya ahamiyatlidir. Tebranish to`xtashi bilan o`rgimchak ham o`lja tomon harakatlanishdan to`xtaydi. Keyingi bosqich pertseptiv yoki idrok qilish bosqichi deb ataladi. Bu bosqichga mansub hayvonlar atrof - muhitning ayrim xususiyatlarini emas, balki ularni butun narsalar sifatida aks ettiradi. Keyingi bosqich - intellektual bosqichi (aql) bo`lib, yuksak darajada rivojlangan hayvonlarga, ya`ni odamsimon maymunlarga xosdir. 2) hayvonlarning xatti - harakat tiplari. Instinktlar - hayvonlarning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan tug`ma murakkab harakatlaridir. Masalan: ko`p qushlar juda ustalik bilan in yasar ekan, material tanlash va inni pishiq qurish yo`lida xilma - xil harakatlarni bajaradi. Qaldirg`och, o`rgimchaqlar, asalarilarning in yasashlari bo`nga misol bo`la oladi. Hayvonlarning biologik ehtiyojlariga qarab, ularning instinktiv harakatlarini quyidagi turlarga bo`lish mumkin: ovqatlanish instinkti, saqlanish instinkti, nasl qoldirish instinkti va poda - poda bo`lib yashash instinkti kabilar. Instinktlar mashq qilish yoki o`rganish yo`li bilan hosil bo`lmaydi, ular biologik irsiyat sifatida o`tadi. Instinktlarning nerv - fiziologik asosi - shartsiz reflekslardir.Ular ma`lum sharoitdagina qulay hisoblanadi. Agar sharoit o`zgarsa instinktlar foydasiz bo`lib qoladi. Masalan: qushlarga tuxum o`rniga boshqa narsani qo`yib qo`yilsa, bosib yotaveradi. Instinkt har bir turdagi hayvonlar uchun nasldan naslga o`tib o`zgarmay qoladi. Ko`nikma hayvonlarning individual hayoti davomida paydo bo`ladigan harakatlardir. Masalan: o`rgangan it qo`l o`zatilsa, oldingi oyog`ini beradi, it eshikni oyog`i yoki tumshug`i bilan ochadi. “o`yinga to`shadi”, keyingi oyoqlari bilan tikka yuradi, ot aravaga kiradi. Bunday harakatlar ko`nikma deb ataladi. Hayvon instinktiv harakatlar yo`li bilan qanday ehtiyojlarini qondirsa, hosil qilingan ko`nikma yo`li bilan ham shu ehtiyojlarini qondiradi. Hayvonlarning ko`nikmalari, instinktlar asosida, shuningdek, ilgari hosil qilingan shartli reflekslar asosida vujudga keladi. Hayvonlarning ko`nikmasi “o`rganish” yo`li bilan hosil bo`ladi. Masalan: bo`rilar o`z bolasiga qidirish, ov qilishni o`rgatadi. Uy hayvonlarini odam “o`rgatganda” ularda ko`nikma hosil bo`ladi. Kishilarning hayvonlarda shu tariqa ko`nikmalar hosil qilishiga o`rgatish - “dressirovka” deb ataladi. Hayvon biologik taraqqiyoti qanchalik yuqori bosqichda tursa, ko`nikmalar shunchalik tez hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan ko`nikmalar mustahkamlanishi instinktiv harakatlar shaklida avloddan -avlodga o`tishi mumkin. Ayrim narsalar o`rtasida murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual harakatlarning asosini tashqil etadi. Quyidagi tajriba intellektual harakatga misol bo`la oladi. Qarg`aning ko`zi o`ngida bitta ichi bo`sh trubaga ipga bog`langan ovqatni, ya`ni bir parcha go`sht kiritilgan. Qush ovqatning truba ichiga kirganini, keyin ikki truba o`rtasidagi ochiq joydan o`tib, ikkinchi trubaga o`tib ketganini ko`rib turgan. Shundan keyin qarg`a darhol trubaning oxiriga yugurib borib, ovqatning trubadan chiqishini kutib turgan. Bu misol yuksak taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o`rtasidagi munosabatlarni payqay olishini va mazkur vaziyatga qarab, ular natijasini oldindan, ya`ni harakat qilayotgan narsalarning qaerda paydo bo`lishi mumkinligini hisobga ola bilishini ko`rsatuvchi dalildir. Maymunlar intellekti (aql) ularning murakkab masalalarni echa olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular faoliyati yo`nalishi bilan ham ahamiyatlidir. (chunki ular 81 xil ovkat turi bilan ovqatlanadi). Instinktlar va ko`nikmalar tashqi ta`surotlarga bir xil javob qaytarish mexanizmi sifatida hayvon organizmini ortiqcha zo`r berishdan saqlaydi. Hayvon bir necha marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan vaziyatlardagina masalani hal qilishning eng yuksak darajadagi usullariga, ya`ni intellekt bilan ish ko`rish usullariga murojaat qiladi. Maymunlarda har qanday narsani sinab ko`raverish jarayonida konkret amaliy tafakkur sodir bo`ladi. YUksak taraqqiy etgan hayvonlar to`dasida o`zaro munosabatning ma`lum shakli mavjuddir. Hayvonlarning to`daga birlashuvi o`z navbatida shu to`da a`zolarining o`zaro aloqa bog`lashlari uchun zarur “til” ni albatta keltirib chiqaradi. Hayvonlarning qiyofa, suykalish va tovush signallari shaklidagi “tili” mavjud. 3. Psixikaning rivojlanish bosqichlari Muhit sharoiti jihatidan nihoyat darajada har xil ekan, bu hol organizmlarning differentsiallanishiga olib kelgan. Barcha tirik organizmlar mavjud sharoitga moslashadi. O`z - o`zini boshqarish oddiy ta`sirlanuvchanlikdan boshlanib, o`zining yuksak taraqqiyotiga erishadi. Aks ettirish usuli qanchalik yuksak bo`lsa, mazkur turdagi hayvon muhitning bevosita ta`siridan shunchalik ozod bo`ladi. Muhitdagi haroratning o`zgarishi bilan organizmdagi kimyoviy reaktsiyalar tezligi ham o`zgaradi: harorat ko`tarilsa, reaktsiya tezligi oshadi, harorat pasaysa reaktsiya tezligi kamayadi. Bordi-yu harorat juda oshib yoki juda tushib ketsa: bir hujayrali organizm halok bo`ladi. YUksak taraqqiy etgan hayvonlar esa sharoit o`zgarishi bilan bir joydan 2 - joyga ko`chishga majbur bo`ladi. Masalan: kemiruvchilar erni chuqur kavlab ichkariga kirib ketadi. Bunda instinkt ta`sir qiladi. YOzning issiq kunida fil o`ziga suv sepib turadi. Hayvonlar taraqqiyotining har qanday darajasida ham muhitga bo`lgan bog`liqlikdan batamom quto`la olmaydi. Muhit tirik organizmning yashash sharoiti, tirik organizmlar hayotini belgilovchi omildir. Aks ettirishning adekvatli (mos) bo`lishi avvalo psixikaning moddiy asosi sezgi a`zolari va asab tizimining tuzilishiga bog`liqdir. Retseptor ma`lum bir turdagi qo`zg`atuvchilar ta`siriga qanchalik to`g`ri reaktsiya qilsa, organizmning reaktsiyasi ham shunchalik adekvat, ya`ni mos bo`ladi. Retseptorlarning taraqqiyoti ma`lum darajada biron tipdagi asab tizimi taraqqiyoti bilan bog`liq. Sezgi a`zolari va asab tizimi taraqqiyoti darajasi muqarrar ravishda psixik aks ettirish darajasini belgilaydi. To`rsimon asab tizimiga ega bo`lgan hayvonlar asosan tashqi ta`sirotlarga tug`ma ravishda javob qaytaradilar. Vaqtli aloqalar ularda qiyinchilik bilan yuzaga keladi va yomon saqlanadi. Taraqqiyotning navbatdagi pog`onasida asab tizimida bir qator sifat o`zgarishlar yuzaga keladi. Tuguncha shaklidagi nerv hujayralari asab tizimining ko`proq miqdordagi qo`zg`atuvchilarni qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatini beradi. CHunki bunday asab tizimi uchun muhit qandaydir o`zgarmaydigan doimiy narsa emas. Har qanday materiya kabi muhit ham evolyutsion taraqqiyotdadir. evolyutsion taraqqiyotdagi, ana shu muhitga unda yashovchi hayvonlar moslashadi. 4. Odam psixikasining paydo bo'lishi va taraqqiyoti Inson psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvon psixikasi o`rtasida katta farq bor. Hayvonlar “tili” bilan inson tilini hech (qanday) bir jihatdan taqqoslab bo`lmaydi. Hayvon o`z to`dasidagi boshqa o`ziga o`xshash hayvonlarga ayni choqdagi bevosita vaziyat bilan cheklangan hodisalar haqida faqatgina signal berolsa, inson til yordami bilan boshqa odamlarga o`tgan, hozirgi va kelgusi zamondagi narsalar haqida axborot berishi va ularga ijtimoiy tajriba o`tkazishi mumkin. Hayvon va odam tafakkurining bir - biridan farq qilishi ular tili o`rtasidagi farqqa bog`liqdir. Inson abstrakt tafakkurga - hayvon esa amaliy tafakkurga ega. Odam zaruriyatga mos ravishda ongli suratda ish ko`rish qobiliyatiga ega. Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga egalik odamni ajratuvchi ikkinchi muhim farq hisoblanadi. Konkret vaziyatdan tashqarida hayvon hech vaqt qurolni boshqa narsalardan farqlab, qurol sifatida ajratmaydi va uni keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo`ymaydi. Biron vaziyatda qurol o`z rolini o`tab bo`lgach, shu zahotiyok, hayvon uchun qurollik sifatini yo`qotadi. Odam ilgaridan o`ylab qo`yilgan reja bilan qurol yasaydi, quroldan tegishli maqsadlarda foydalanadi, hamda uni saqlab qo`yadi. Odam nisbatan doimiy buyumlar olamida yashaydi. Odam quroldan foydalanish tajribasini boshqalardan o`rganadi va o`zi bu tajribani boshqalarga o`rgatadi. Odam psixik faoliyatining hayvonlar psixikasidan uchinchi farqi shuki, inson o`zidan keyingi avlodlarga ijtimoiy tajriba qoldiradi. Odam bilan hayvon o`rtasidagi to`rtinchi, g`oyat muhim farq hissiyoti o`rtasidagi farqdir. Rivojlanish sharoitlarining turlicha bo`lishi odam psixikasining hayvon psixikasidan ajratuvchi muhim farqlardan hisoblanadi. Agar odam insoniyat tajribasini o`zlashtirmas ekan, o`ziga o`xshagan odamlar bilan munosabatga kirishmas ekan, shaxs sifatida tarkib topmaydi. Inson ongining rivojlanishiga asosiy omil mehnat faoliyati bo`lgan, ya`ni odamlarning birgalikda qurol yasash va undan foydalanish faoliyatlari bo`lgan. Mehnat faoliyati ijtimoiy munosabatlar taraqqiyotiga ta`sir qiladi, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi esa mehnat faoliyatining takomillashuviga ta`sir ko`rsatadi. Inson ongi mehnatda rivojlanadi. Inson ongi evolyutsion taraqqiyot jarayonida aks ettirishning eng yuksak shakli sifatida maydonga kelib, ong tufayli odam moddiy dunyodagi narsalarning ob`ektiv barqaror xususiyatlarini ajrata oladi va shu asosda tevarak -atrofdagi voqelikni o`zgartira oladi. Demak, inson psixikasini - ong deb atash mumkin.Kishi psixikasining paydo bo`lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bo`lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib еtishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kеlgan. Matеrialistik yo`nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo`lishini matеriyaning uzoq davom etgan rivojlanishining natijasi dеb izohlashadi. Ular matеriyaning tabiatini tadqiq qilisharkan, harakat matеriyaning hayot kеchirish usuli, uning tarkiban o`ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham matеriya harakatining turli xil shakllarini o`rganadilar. O`tgan ajdodlarimiz psixologiya muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo`nalishda, ma'lum kontsеptsiya asosida o`rgangan bo`lsalar ham, albatta, o`z asarlarida psixik xolatlarning aks etishi, namoyon bo`lishi, rivojlanishi va o`zgarishlari to`g`risida qimmatli fikrlar bildirishgan. Bular 4 xil manbada uchraydi: 1) xalq ijodiyotida-rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; 2) maxsus ijodkor kishilar o`git–nasixat va xikoyatlarida; 3) komusiy, O`rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy–nazariy qarashlarida; 4) turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining maxsullarida, ya'ni ilmiy–badiiy asarlarda. 5. Xulq atvor haqida Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi qarashlari «Idеal shahar axolisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Jism va aktsidеntsiyalarning shakllariga qarab bo`linishi», «Sharxlardan», «Xikmat ma'nolari», «Aql ma'nolari to`g`risida» kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayxon Bеruniy o`zining «O`tmish yodgorliklari» kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma'lumotlarni kеltiradi. Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib qonunlari» asarida organizmning tuzilishi, undagi nеrvlar va nеrv yo`llari, fiziologik jarayonlar bilan bog`liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma'lumotlar bor. Uning «Odob haqida» risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to`g`risidagi jiddiy asardir. Yusuf Xos Xojibning «Kutadg`u bilig» asaridagi bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir. Abduraxmon Jomiyning «Bahoriston», «Xiradnomai Iskandariy», «Tuxfatul ahror», «Sisilatuz zaxob» va boshqa asarlarida ilm–ma'rifat, ta'lim-tarbiya, kasb–hunar o`rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan. Dеvoniy o`zining «Axloqi Jaloliy» nomli asarida insoniy fazilatlarni to`rtga bo`ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir. Alishеr Navoiyning «Xazoinul Maoniy, «Mahbubul Kulub»» va boshqa asarlarida еtuk, barkamol insonning ahloqi, ma'naviyati, odamlarga munosabati, istе'dodi va qobiliyati to`g`risida qimmatli muloxazalar yuritilgan. Ana shu psixologik katеgoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlangan. Shuningdеk, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota–onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida o`rin egallaydi. Rossiyada psixologik qarashlar namunalari. Shark va G`arb madaniyati ta'sirida inson ruhiyati bilan bog`liq qator og`zaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bula boshladi (Qarang: G`oziеv E. Psixologiya, T:«O`qituvchi» 1994 y. 33-35 bеtlar). Psixika haqidagi qarashlar ma'lum vaqt (salkam 5 asr) kun tartibidan olib qo`yildi va XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G`arbiy Ovrupa mamlakatlarida va AQSh da yana turli munozaralarga sabab bo`la boshladi. (I.M.Pavlov, N.Е.Ribakov, K.N. Kornilov, P.P. Blonskiy, A.S. Vigotskiy–Rossiya, U. Djеms, S.Xoll –AQSh, va boshqalar). Download 44.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling