1 mavzu: Psixologiyaning predmeti
Malakalar samaradorligiga ta`sir etuvchi omillar
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu Psixologiyaning predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Faoliyatning asosiy turlari
Malakalar samaradorligiga ta`sir etuvchi omillar
Ob’ektiv Sub’ektiv Jihozlarning tuzilishi Jihozlarning holati ish sharoiti Fiziologik CHarchoq (toliqish) Salomatlik psixik munosabat o`z kuchiga ishonish kayfiyat Faoliyatning yana bir qismi odat bo`lib, ko`nikma va malakalardan hech qanday samara yoki natijaga ega emasligi bilan ajralib turadi. Odat odam tomonidan beixtiyor, ongsiz tarzda muayyan maqsadga yo`naltirilmagan holda amalga oshiriladi. Ba`zi hollarda odatlar shaxs tomonidan nazorat qilinishi mumkin, lekin har doim ham aqlli va keraqli harakatlar bo`lmasligi mumkin. 4. Faoliyatning asosiy turlari Odamning faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va taraqqiyoti bilan bog`liq holda tarkib topadi va rivojlanadi. Inson faoliyatida ayni choqda ong tarkib topishi va taraqqiyotining asosi hamda ong mazmunining manbai bo`lib xizmat qiladi. Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi va shu bilan birga faoliyat odam shaxsini tarkib toptiradi. Odamda har xil turdagi faoliyatlarning paydo bo`lishi va taraqqiyoti juda murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning faolligi uning kamoloti davomida faqat asta - sekin ta`lim va tarbiyaning ta`siri ostida ongli maqsadga mos faoliyat shaklini ola boradi. Inson faoliyati asosan uch turga bo`linadi. Ulardan birinchisi o`yin faoliyati, ikkinchisi ta`lim faoliyati va uchinchisi mehnat faoliyatidir. Bu faoliyat turlari bola shaxsining tarkib topishida hal qiluvchi rol’ uynaydi. O`yin. Bola bir yoshga to`lgandan boshlaboq unda faoliyatning eng sodda shakllarini egallash uchun shart - sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Unday shart - sharoitlardan birinchisi o`yindir. O`yin faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham uchratish mumkin. Hayvonlarning yosh bolalarida kuzatiladigan o`yin faoliyatiga har xil narsalar bilan shug`ullanish, yolg`ondakam urushishlar, yugurishni va shu kabilarni kiritish mumkin. Bolalarda ham o`yin ularning hayotiy faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shaklidir. Sof holdagi o`yin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj bo`lsa, uning manbai taqlid va tajribadir. Bolalar narsalar bilan, rolli, qoidali, harakatli, didaktik, mazmunli o`yinlarni o`ynaydilar. O`yin narsa va hodisalarning mazmunini bolaning o`z tajribasida bilib olishga, mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. Bolaning shaxsiy sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling