1 mavzu: Psixologiyaning predmeti
Faoliyat haqida tushuncha
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu Psixologiyaning predmeti
1. Faoliyat haqida tushuncha
Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo`ladi. Anglab bo`ladigan va anglab bo`lmaydigan, tabiiy yoki madaniy, moddiy yoki ma`naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy - shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik tug`diradi. Agar hayvonlarni xatti - harakatlari bevosita tevarak - atrofdagi muhit bilan belgilansa odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlabok butun insonning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti - harakatning bu tipi shunchalik o`ziga xoski, uni atash uchun psixologiyada “faoliyat”degan maxsus termin qabul qilingan. Faoliyat deb, shaxsning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun ko`rsatadigan jismoniy va psixik (ruxiy) faolligiga aytiladi. Inson faolligining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatni mazmuni, ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o`zi bilangina belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag`batlantirib tursa, faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi. F a o l i ya t n i ng m u h i m x u s u s i ya t l a r i Hayvonlar faolligi Inson faoliyati Instinktiv - biologik faollik Bilishga va muloqotga bo`lgan ehtiyojlar bilan yo`naltirilgan. Hamkorlikdagi faoliyat emas, to`da bo`lib yurish, biologik maqsadlar (oziqlanish, himoyalanish)ga asoslangan. Kishilik jamiyati hamkorlikdagi faoliyat asosida tashqil topgan har bir harakat inson uchun hamkorlikdagi faoliyatdagi o`rniga ko`ra ahamiyatlidir. Ko`rgazmali – yaqqol vaziyatlar bilan boshqariladi Predmet va hodisalarni mavhumlashtirish, ular o`rtasidangi sababiy bog`lanish va munosabatlarni aniqlash mumkin Irsiy jihatdan mustahkamlangan dastur (instinkt) lar asosidagi xatti – harakatlar, ko`nikmalar yakka tartibda hosil bo`lib hayvonning yashash uchun tashqi sharoitlarga moslashishi sifatida namoyon bo`ladi Tajribani berish va o`zlashtirish muloqotning ijtimoiy vositalari (til va boshqa belgilar tizimi) yoki moddiy madaniyat mahsulotlari orqali amalga oshiriladi YOrdamchi qurollar, vositalar yasashi mumkin, ammo undan qurol sifatida doimo foydalanmaydi. Bir qurol yordamida boshqa qurol yasay olmaydi Mehnat qurollari yasab, uni keyingi avlodlarga ham qoldirishi mumkin. Turli predmet va qurollardan foydalanib yangi qurol va vositalar yarata oladi Tashqi muhitga moslashadi O`z ehtiyojlariga muvofiq tarzda tashqi dunyoni o`zgartiradi Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehtiyoji bo`lishi mumkin. Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollikning manbai bo`lgan faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi. YUqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar xatti - harakati o`rtasidagi farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni yaxshi anglab olingan maqsad bilan boshqariladi. Faoliyatni anglash qanday darajada bo`lmasin, maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling