Reja: Faoliyat haqida tushuncha


Download 42.65 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi42.65 Kb.
#249902
Bog'liq
Yuldosheva Nigora 4 seminar





4- MAVZU: FAOLIYAT VA MOTIVASIYA

  1. 4- MAVZU: FAOLIYAT VA MOTIVASIYA

Reja:

1. Faoliyat haqida tushuncha



  1. 2. Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi.

  2. 3. Faoliyatning tarkibi

  3. 4. Faoliyatning asosiy turlari

  4. 5. Motivatsiya sohalarining umumiy tuzilishi.

  5. 6. Motiv - ehtiyojlarni belgilash natijasi.

  6. 7. Faoliyat psixologiyasida motivatsiya muammolari.

Javoblar:

1.Faoliyat haqida tushuncha. Faoliyat — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat F. zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning , har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin.Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boladi. Anglab boladigan va anglab bolmaydigan, tabiiy yoki madaniy, moddiy yoki manaviy, shaxsiy yoki ijtimoiy - shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik tugdiradi. Agar hayvonlarni xatti - harakatlari bevosita tevarak - atrofdagi muhit bilan belgilansa odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlabok butun insonning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti - harakatning bu tipi shunchalik oziga xoski, uni atash uchun psixologiyada “faoliyat”degan maxsus termin qabul qilingan. Faoliyat deb, shaxsning oz ehtiyojlarini qondirish uchun korsatadigan jismoniy va psixik (ruxiy) faolligiga aytiladi. Inson faolligining oziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatni mazmuni, ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir ozi bilangina belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag`batlantirib tursa, faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi.

2. Obektlar bilan hodisalar ortasidagi bunday barqaror (invariant) munosabatlarni obektlarning muhim xususiyatlari va hodisalarining qonuniyatlari deb yuritiladi. Bu ularning kelajakda qay darajada ozgarishi va shu maqsadga muvofiq ish totish, yani ob’ekt va hodisalarning “xatti -harakatlari”ni oldindan kora olish imkoniyatini beradi. Tashqi, yani buyumlar bilan qilinadigan bunday holda goyo ichki, yani ideal faoliyatning oldindan payqab olinadi. Obekt (narsa) ustida qilinadigan konkret ishlar bu ob’ektlarning muhim xususiyatlari ustida qilinadigan operatsiyalar bilan, yani ideal (psixik) ishlar bilan almashinadi. Boshqacha qilib aytganda, narsalar bilan jismoniy tarzda qilinadigan ishlar shu narsalarning mazmuni bilan qilinadigan ideal ishlar bilan almashinadi. Tashqi real ishdan ichki ideal ishga mana shunday otish jarayonini interiorizatsiya deb yuritiladi. (Ichki ishga aylanadi). Inson psixikasi interiorizatsiyasi tufayli ayni chogda koz ongida yoq bolgan narsalarning obrazlari bilan ishlay bilish qobiliyatiga ega. Malumki, odamning ichki dunyosi paydo bolganidan song har bir narsani, har bir harakatni oldindan ichida oylab, songra amalga oshiradi. Oldin ichida oylab, songra bevosita tashqi munosabatga otishni faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb yuritiladi. Inson aqliy taraqqiyotida interiorizatsiyaning ahamiyati kattadir.



3.Faoliyatning tarkibi.

Har qanday faoliyatda inson oz harakatlarini maqsadini anglaydi, kutilayotgan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi, bajariladigan harakat tartibini oylaydi, irodaviy zor beradi, faoliyatning borishini kuzatadi, muvaffaqiyat va maglubiyatni oylaydi. Faoliyat - bir tomondan, shaxsning rivojlanishi va sifatlarining namoyon bolish sharoiti, ikkinchi tomondan shu faoliyat subekti bolgan shaxsning taraqqiyot darajasiga bogliqdir. Barcha faoliyat turlari tarkibida uchta tarkibiy qismni maqsad - motiv - harakatni ajratish mumkin. Maqsad - inson faoliyati songgi natijasining obrazi sifatida namoyon boladi va ehtiyojlarni amalga oshirilishidir. Motiv - kishini faoliyatga undaydi va onga mazmun baxsh etadi. Ish-harakat - galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi - kopmi uzoq yoki yaqin bolishi mumkin. SHuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tugiladigan qator juziy maqsadlar izchillik bilan hosil qilishdan iborat boladi. Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini ozgartirishga qaratilgan harakatlarni ish - harakat (sai - harakat) deb yuritiladi. Narsalar bilan qilinadigan istagan bir ish makon va zamon bilan bogliq bolgan malum harakatlardan tashqil topadi. Masalan, “A”, “I” harflarini yozishdagi harakatlar bir - biridan farq qiladi. Odamning narsalar bilan qiladigan harakatlari tahlili shuni korsatadiki, bu harakatlar tashqi jihatdan juda kop va rang - barangdir. SHunday bolsa ham, odatda ular uchta sodda elementlardan tashqil topgandir: “olmoq”, “joyini ozgartirmok”, “qoyib yubormoq”, bu harakatlar odamning tanasi, oyoqlari va boshi bilan qilinadigan yordamchi harakatlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Narsalar bilan qilinadigan ish - harakatdan tashqari, odamning faoliyatini badanning malum vaziyatini va qiyofasini saqlab turishi taminlaydigan harakatlar, (turish, utirish) organizmning bir joydan ikkinchi joyga orin almashtirishi (yugurish, sakrash), kommunikatsiyani taminlaydigan harakatlar, ifodali harakatlar (mimika va pantomimika) va nutq harakatlari mavjud. Narsalar bilan qilinadigan ishlarni bajarish malum tizimdagi harakatlarni amalga oshirishdan iborat. Harakatlar tizimi va maqsadi bilan, bu maqsad yonaltirilgan narsalar xususiyati va ish sharoiti bilan bogliqdir. Masalan, stakan va qalamni olish, piyoda va changida yurish, ogir va engil narsani boshqa joyga olib qoyish, mayda va katta mixni qoqish, gantel va shtangani kotarish harakatlari bir - biridan farq qiladi. Harakatlarni boshqarish va nazorat qilish. Harakatni boshqarilishi va uning natijalarini erishiladigan pirovard maqsad, taqqoslash yoli bilan doim nazorat qilib boriladi va toldirilib turiladi. Unday nazorat sezgi azolari (korish, eshitish, muskul sezgisi) yordami bilan amalga oshiriladi. Odamning maqsadini kopchilik hollarda ayni shu choqda koz ongida yoq narsalar va lekin ularning harakatlarini yordami bilan erishilishi mumkin bolgan narsalar tashqil etadi. Demak, maqsad miyada, kelajakdagi faoliyat natijasida, dinamik modelning obrazi tarzida ifodalangan boladi. Xuddi ana shu tilakdagi kelajak (talab qilinayotgan) modeli bilan ishning mazkur natijalari taqqoslanadi, xuddi ana shu ishning qay yosinda bolishi boshqariladi.

4.Faoliyatning asosiy turlari.



Odamning faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va taraqqiyoti bilan bogliq holda tarkib topadi va rivojlanadi. Inson faoliyatida ayni choqda ong tarkib topishi va taraqqiyotining asosi hamda ong mazmunining manbai bolib xizmat qiladi. Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi va shu bilan birga faoliyat odam shaxsini tarkib toptiradi. Odamda har xil turdagi faoliyatlarning paydo bolishi va taraqqiyoti juda murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning faolligi uning kamoloti davomida faqat asta - sekin talim va tarbiyaning tasiri ostida ongli maqsadga mos faoliyat shaklini ola boradi. Inson faoliyati asosan uch turga bolinadi. Ulardan birinchisi oyin faoliyati, ikkinchisi talim faoliyati va uchinchisi mehnat faoliyatidir. Bu faoliyat turlari bola shaxsining tarkib topishida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Oyin. Bola bir yoshga tolgandan boshlaboq unda faoliyatning eng sodda shakllarini egallash uchun shart - sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Unday shart - sharoitlardan birinchisi oyindir. O’yin faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham uchratish mumkin. Hayvonlarning yosh bolalarida kuzatiladigan oyin faoliyatiga har xil narsalar bilan shugullanish, yolgondakam urushishlar, yugurishni va shu kabilarni kiritish mumkin. Bolalarda ham oyin ularning hayotiy faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shaklidir. Sof holdagi oyin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj bolsa, uning manbai taqlid va tajribadir. Bolalar narsalar bilan, rolli, qoidali, harakatli, didaktik, mazmunli oyinlarni oynaydilar. Oyin narsa va hodisalarning mazmunini bolaning oz tajribasida bilib olishga, mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. Bolaning shaxsiy sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi. Talim. Oyin faoliyatining pirovardida talim faoliyati yuzaga keladi. Bu faoliyatning maqsadi malum axborotlarni - bilimlarni harakatlar va amallarni ozlashtirishdan iboratdir. Odamning oz maqsadiga kora batamom organish va ozlashtirishdan iborat bolgan mana shunday maxsus faoliyati talim faoliyati deyiladi. Psixologik jihatdan olganda, talim faoliyati oz ichiga quyidagi jarayonlarni oladi: malum bir nazariy va amaliy faoliyat torini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun obektiv olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni ozlashtirish, bu jarayonning mahsuloti bilimlardir. Mana shu faoliyatni, yani bilimlarni almashtirishda yuzaga keladigan usul va operatsiyalarni egallash, bu jarayonlarning mahsuloti malaka va uquvlardan iboratdir. Talim faoliyatining tarkibi juda ham murakkab bolib tarkibiga - ilmlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi. Talim faoliyati maxsus ravishda tashqil etilgan sharoitda amalga oshiriladi. Katta yoshli kishilar bolalarning taraqqiyotlariga faol tasir etib, ularning talim faoliyatlarini hamda bu faoliyat bilan bogliq bolgan xatti - harakatlarni tashqil qiladilar. Bu faoliyat va harakatlarni insoniyat ijtimoiy tajribasini organish tomoni yonaltirilishidir. SHunday qilib, talim faoliyati katta kishilar tomonidan tashqil qilinib boshqariladi va tizimli ravishda nazorat qilib boriladi. Malumki, talim faoliyati bilan tarbiya ishlari uzviy bogliqdir. Bizning maktablarimizda har qanday talim jarayoni hamma vaqt tarbiyaviy xarakterga ega. Bolalarga u yoki bu fan boyicha talim berar ekanmiz, shuning bilan birga ularni biz tarbiyalashimiz kerak. Maktabimizdagi tarbiyaviy ishlarni asosan tushuntirish, ishontirish, korsatish, ragbatlantirish, talab qilish, vazifa berish va jixozlash kabi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Maktablarimizdagi barcha tarbiyaviy ishlarni asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Mehnat. Mehnat - malum ijtimoiy - foydali, moddiy yoki madaniy manaviy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati malum maqsadga qaratilgan bolib, har doim ijtimoiy tabiatga ega boladi. Mehnat faoliyatining maqsadi kishilarning istemol qiladigan narsalar va shunday istemol qilinadigan narsalarni, yani non va mashinalarni, mebel’ va ish qurollari, kiyimlar, avtomobillar va boshqa shu kabi narsalarni ishlab chiqarishga qaratilgan bolishi mumkin. Mehnat faoliyati oz mohiyati jihatidan ham ijtimoiydir. Mehnat taqsimoti tufayli, birorta kishi ham oziga kerak boladigan narsalarni faqat ishlab chiqarishga qatnashmay, balki deyarli hech qachon hatto birgina narsani boshidan oxirigacha ishlab chiqarishda ham qatnashmaydi. SHuning uchun odam hayoti uchun zarur bolgan hamma narsalarni jamiyatdan oladi, oz ehtiyojlarini qondiradi. Xulosa qilib aytganda, faoliyat kishi hayotida, oquvchilar hayotida juda muhimdir. Faoliyat - bu faollikdir. Demak, biz yoshlarni faol yashashga, faol oqishga, mustaqil davlatimizni rivojiga oz hissalarini qoshishga davat qilishimiz, buning uchun ularni dunyoqarashlarini shakllantirimiz, harakat qilishga undashimiz zarur. Bola yashash masuliyatini his qilsagina, u faol boladi.

6,7-Motivatsiya.

Motivatsiya - Bu juda keng tarqalgan taniqli tushuncha, uni turli fanlarda topish mumkin. Ko'pincha motivatsiya nevrologiya, psixologiya, fiziologiya kabi fanlar tomonidan o'rganiladi. Aynan ular boshqa fanlarni o'rganish va amaliy qo'llash uchun asosiy materiallarni yaratadilar. Shunday qilib, motivatsiya tushunchasi jinoyat huquqi va sud ekspertizasi kabi fanlar bilan birgalikda o'rganiladi. Bu erda jinoiy motivatsiya tushunchasi jinoyatchini qidirishda, shuningdek sud tomonidan aybdorga jazo tayinlashda muhim rol o'ynaydi.Psixologiyaning umumiy nazariyasida motivatsiya deganda dinamik tabiatdagi psixoneurofiziologik jarayon tushuniladi, bu insonning xatti-harakatlarini boshqaruvchi, uni ma'lum bir faoliyatga undaydi. Ya'ni, motivatsiya ma'lum bir natijaga tez va ishonchli erishish uchun miyadagi jarayonlarni faollashtirishga imkon beradi. 6. Motiv - ehtiyojlarni belgilash natijasi.

Motivatsiya nima: asosiy turlari va xususiyatlari. Motiv - bu ma'lum bir ehtiyojni qondirish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat turtkisi.Ijtimoiy ma'qullangan faoliyat uchun shaxsni turtki Xayrli kun do'stlar! Siz bilan Elena Pastuxova va bugun biz muhim bir hodisa haqida suhbatlashamiz, ularsiz hech qanday ishda muvaffaqiyat bo'lmaydi - motivatsiya. Bu nima va nima uchun? U nimadan iborat, qaysi turlarga bo'linadi va nima uchun iqtisodiyot uni o'rganadi - bularning hammasini quyida o'qing.Motivatsiya Insonni ma'lum bir tarzda harakat qilishga majburlaydigan ichki va tashqi motivlar tizimidir.Bir qarashda, bu mavhum va uzoq narsadir, ammo bu holda na istaklar va na ularni amalga oshirish quvonchi mumkin emas. Darhaqiqat, hatto sayohat ham u erga borishni istamagan kishiga baxt keltirmaydi.Motivatsiya bizning manfaatlarimiz va ehtiyojlarimiz bilan bog'liq. Shuning uchun u individualdir. Shuningdek, u shaxsning intilishlarini belgilaydi va shu bilan birga uning psixofiziologik xususiyatlari bilan shartlanadi.Motivatsiyaning asosiy tushunchasi motivdir. Bu ideal (moddiy dunyoda mavjud bo'lishi shart emas) ob'ekt bo'lib, unga erishish uchun shaxsning faoliyati

yo'naltirilgan.Masalan, ekstravagant kiyimlar bilan e'tiborni jalb qilish istagi o'zlariga nisbatan ishonchsiz odamlar uchun xos bo'lgan shoshilinch sevgi va ehtiyojga bo'lgan ehtiyojni qoplash uchun mo'ljallangan.Motiv maqsaddan farq qiladi, chunki maqsad faoliyat natijasidir, motiv esa uning sababidir.

7. Faoliyat psixologiyasida motivatsiya muammolari.



Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev, A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson, V.S.Merlin, L.I.Bojovich, V.I.Selivanov, V.G.Aseev va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Ushbu mualliflarning qarashlari oldingi Hisobotda berilganligi uchun ularga qaytatdan to’xtalishga shojat yo’qdir.Rus va sobiq sovet psixologiyasi vakillaridan tashqari Yevropa va Amerika mamlakatlarida motivasiyaga oid 30 (o’ttiz)dan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Ana shu psixologik maktablarning ayrim namoyandalarining tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishga harakat qilamiz: interospektiv psixologiya, bixeviorizm, geshtalpsixologiya, psixoanaliz, strukturaviy psixologiya, assosianistik psixologiya, empirik psixologiya, analitik psixologiya, gumanistik psixologiya, antropologik psixologiya va hokazolar.Bixeviarizmning asoschisi DJ.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya'ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o’zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog’liq ekanligini ta'kidlab o’tadi.Bixeviorizm uchun "xulq" asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab o’tilgandir. Shunga qaramasdan, ba'zi bixeviaristlar, jumladan E.Torndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivasiyasiga muayyan darajada e'tibor qilganlar. Motiv (psixologiyada) — inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj. M. shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa M.lar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida M. atamasi subʼyektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Xatti-harakat va faoliyat M.larining majmuasi motivatsiya deyiladi. M. ehtiyoj negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini taʼminlaydi. Harakat faoliyatning tarkibi boʻlganligi tufayli u faoliyatning maqsadi va M.i orqali boshqariladi. Baʼzan "M." tu-shunchasini "emotsiya", "maqsad", "ustanovka" atamalari bilan almashtirish hollari uchraydi. Goho turtki, qoʻzgʻovchi, undovchi tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.





Download 42.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling