1 mavzu: Psixologiyaning predmeti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu Psixologiyaning predmeti
2. Faoliyatning tarkibi
Inson faoliyati juda xilma - xildir: mehnat, pedagogik, badiiy - ijod, ilmiy - tadqiqot faoliyatlarini kiritish mumkin. Inson faoliyati tarkibini tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, faoliyat tashqi ongli dunyoni ongli psixik aks ettirilishida namoyon bo`ladi. Har qanday faoliyatda inson o`z harakatlarini maqsadini anglaydi, kutilayotgan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi, bajariladigan harakat tartibini o`ylaydi, irodaviy zo`r beradi, faoliyatning borishini kuzatadi, muvaffaqiyat va mag`lubiyatni o`ylaydi. Faoliyat - bir tomondan, shaxsning rivojlanishi va sifatlarining namoyon bo`lish sharoiti, ikkinchi tomondan shu faoliyat sub`ekti bo`lgan shaxsning taraqqiyot darajasiga bog`liqdir. Barcha faoliyat turlari tarkibida uchta tarkibiy qismni maqsad - motiv - harakatni ajratish mumkin. Maqsad - inson faoliyati so`nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo`ladi va ehtiyojlarni amalga oshirilishidir. Motiv - kishini faoliyatga undaydi va o`nga mazmun baxsh etadi. Ish-harakat - galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi - ko`pmi uzoq yoki yaqin bo`lishi mumkin. SHuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tug`iladigan qator juz`iy maqsadlar izchillik bilan hosil qilishdan iborat bo`ladi. Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini o`zgartirishga qaratilgan harakatlarni ish - harakat (sa`i - harakat) deb yuritiladi. Narsalar bilan qilinadigan istagan bir ish makon va zamon bilan bog`liq bo`lgan ma`lum harakatlardan tashqil topadi. Masalan, “A”, “I” harflarini yozishdagi harakatlar bir - biridan farq qiladi. Odamning narsalar bilan qiladigan harakatlari tahlili shuni ko`rsatadiki, bu harakatlar tashqi jihatdan juda ko`p va rang - barangdir. SHunday bo`lsa ham, odatda ular uchta sodda elementlardan tashqil topgandir: “olmoq”, “joyini o`zgartirmok”, “qo`yib yubormoq”, bu harakatlar odamning tanasi, oyoqlari va boshi bilan qilinadigan yordamchi harakatlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Narsalar bilan qilinadigan ish - harakatdan tashqari, odamning faoliyatini badanning ma`lum vaziyatini va qiyofasini saqlab turishi ta`minlaydigan harakatlar, (turish, utirish) organizmning bir joydan ikkinchi joyga o`rin almashtirishi (yugurish, sakrash), kommunikatsiyani ta`minlaydigan harakatlar, ifodali harakatlar (mimika va pantomimika) va nutq harakatlari mavjud. Narsalar bilan qilinadigan ishlarni bajarish ma`lum tizimdagi harakatlarni amalga oshirishdan iborat. Harakatlar tizimi va maqsadi bilan, bu maqsad yo`naltirilgan narsalar xususiyati va ish sharoiti bilan bog`liqdir. Masalan, stakan va qalamni olish, piyoda va chang`ida yurish, og`ir va engil narsani boshqa joyga olib qo`yish, mayda va katta mixni qoqish, gantel va shtangani ko`tarish harakatlari bir - biridan farq qiladi. Harakatlarni boshqarish va nazorat qilish. Harakatni boshqarilishi va uning natijalarini erishiladigan pirovard maqsad, taqqoslash yo`li bilan doim nazorat qilib boriladi va to`ldirilib turiladi. Unday nazorat sezgi a`zolari (ko`rish, eshitish, muskul sezgisi) yordami bilan amalga oshiriladi. Odamning maqsadini ko`pchilik hollarda ayni shu choqda ko`z o`ngida yo`q narsalar va lekin ularning harakatlarini yordami bilan erishilishi mumkin bo`lgan narsalar tashqil etadi. Demak, maqsad miyada, kelajakdagi faoliyat natijasida, dinamik modelning obrazi tarzida ifodalangan bo`ladi. Xuddi ana shu tilakdagi kelajak (talab qilinayotgan) modeli bilan ishning mazkur natijalari taqqoslanadi, xuddi ana shu ishning qay yo`sinda bo`lishi boshqariladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling