Abdulla xolbo`tayev toifa 2 guruh I
Download 230.68 Kb. Pdf ko'rish
|
1-variant
ABDULLA XOLBO`TAYEV T O I F A 5 7 2 G U R U H I HP 1-VARIANT 1.Metod qaysi so`zdan olingan? J:Metod aslida yunoncha ,,metodos“ so'zidan olingan bo‘lib, „bilish va tadqiqot yo ‘li“, „nazariya“, „ta’limot“ kabi ma’nolami bildiradi. 2.Metodika qaysi so`zdan olingan? J;Metodika (yun, „methodike") biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig'indisi yoki o ‘qitish usullari haqidagi ta ’limot — ta ’lim berish metodlari, yo'llari va vositalari haqidagi fandir. 3.Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi fanining predmeti nimalardan iborat? J:.Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'zlashtirib olish to'g'risidagi ilmdir 4. Metodika fani qanday masalalarni o'rganadi? 1. O'qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. Nimani o'qitish kerak? savoliga javob beradi. 2. O'qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o'quvchilar amaliy ishlari - mashqlar va yozma ishlaming izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni „Qanday o'qitish kerak?" savoliga javob tayyorlab beradi. 3. O'quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko'nikma hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni „Nega xuddi mana shunday o'qitish kerak?“ savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni, metodlarni o'rganadi. 5. Ona tili metodikasi ta ’lim tizimining qaysi bosqichlirida ona ABDULLA XOLBO`TAYEV T O I F A 5 7 2 G U R U H I HP tilini o'qitishning izchillik va uzluksizligini ta’minlaydi? J: Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalaning nutqini o'stirish nazarda tutiladi. Boshlang'ich sinfda o'quvchilar nutqini o'stirishdan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o'zlashtirishlari ham nazarda tutiladi. 6. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani qaysi bo'limlarni o'z ichiga oladi: J:1. Savod o‘rgatish metodikasi 2. 0‘qish metodikasi 3. Grammatika, fonetika, so'z yasalishini o'rganish metodikasi 4. Nutq o‘stirish metodikasi 7. Ona tili o'qitish metodikasining metodologik asosi nimadan iborat? J:borliqni bilish nazariyasidir 8.Ona tili o`qitishning muhim asosi nimalardan iborat? J:Ona tili o'qitish metodikasi o'zbek tilining ma’lum qismini nazariy egallashni nazarda tutadi, shuning uchun ham fonetika va fonologiya, leksikologiya va frazeologiya, so ‘z yasalishi va etimologiya, grammatika — morfologiya va sintaksis, stilistika, shuningdek, orfoepiya, grafika, orfografiya kabi fanlar ona tili metodikasining muhim asosi hisoblanadi 9. Ona tili o‘qitish metodikasining tamoyillari nechta va qaysilar? J: 1. Til materialiga, nutq organlarining o‘sishiga, nutq malakalarining to‘g‘ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili 2. Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’nolarini) tushunish tamoyili. 3. Tilga sezgirlikni o'stirish tamoyili. 4. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili. 5. Og'zaki nutqni yozma nutqdan oldin o'zlashtirish tamoyili. 10.Tekshirish metodlari necah xil?J: 1. Nazariy tekshirish metodlari 2. Empirik metod (tajribaga asoslangan metod) ABDULLA XOLBO`TAYEV T O I F A 5 7 2 G U R U H I HP 11. Tabiatni o‘rganuvchilarni kim deb aytamiz? J:izlanuvchilardir! 12.Izlanuvchi nima qiladi? J: kuzatadi, o‘lchaydi, taqqoslaydi, aniqlaydi va xulosa qiladi. 13. Tabiatni o‘rganishda qaysi sezgi a’zolarimizdan foydalanamiz? J;Til,quloq,ko`z, teri,burun. 14. O‘simliklar qanday guruhlarga bo‘linadi? J: . Daraxt – bitta yo‘g‘on yog‘och poyali o‘simlik. • Buta – bir nechta yog‘och poyali o‘simlik. • O‘tlar – yashil poyali o‘simlik 15. Umurtqali hayvonlarga nimalar kiradi?J: Sutemizuvchilar, Qushlar, Sudralib yuruvchilar, Suvda va quruqlikda yashovchilar,Baliqlar 16. Umurtqasiz hayvonlarga nimalar kiradi? J:chuvalchang,sakkizoyoq,qo`ngiz,o`rgimchak, Meduza 17. Hayvonlar oziqlanishiga ko‘ra necha xil bo`ladi? J: 2xil: yirtqich va o‘txo‘r bo‘ladi. • Yirtqichlar boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. • O‘txo‘r hayvonlar o‘simliklar bilan oziqlanadi. 18. Havo harorati nima orqali o`lchanadi? J: termometr yordamida o‘lchanadi 19. Havo juda sovuq bo‘lgan vaqtda nima yog`adi? J: qor yog‘adi. 20. Bulutlardan tomchi ko‘rinishida tushadigan suv nima deyiladi? J:yomg‘irdir 21.Texnologik jarayonda ketma-ketlik J:1.buklash,2.qirqish.3.birlashtirish.4.yelimlash .5.konstruksiyalash.6.bichish.7.tikish.8.bezash 22.Texnologiya darslarida ishlatiladigan ish qurollar qaysilar? J:qalam,karton,rangli qog`ozlar,tabiiy materiallar,mo`yqalam,yelim,qaychi,chizg`ich,qog`oz tekislagich. ABDULLA XOLBO`TAYEV T O I F A 5 7 2 G U R U H I HP 23.Qaychi bilan ishlash qoidalari:-Qaychining tig‘li tomonini ochiqqoldirish mumkin emas. -Qaychining tig‘li tomonini yuqoriga qaratib og‘zi ochiq holda ushlamaslik kerak. -Qaychini tig‘li tomonini yopgan holatda, band tomoni bilan uzatish lozim. 24.Qaychi bilan ishlash texnikasi:- Qog‘ozni qirqish vaqtida qaychini emas, qog‘ozni aylantirib kesing.- Qog‘ozdan to‘g‘ri foydalaning 25.Yelim bilan ishlash qoidalari: -Mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlang. -Mo‘yqalam uchini yelimga botirib oling va yelimni detalning teskari tomonidan surting.- Ish jarayonida tozalikka rioya qilgan holda kerakli vositalar (karton, qog‘oz, maxsus polimer tagliklar)dan foydalaning.- Detal bir tekis yopishishi uchun salfetkadan foydalaning.- Yelim qopqog‘ini ochiq qoldirmang. Ish tugaganidan keyin, mo‘yqalamni yaxshilab yuvib, taglikda quriting. 26. Shakllarni qog‘ozga tushirish necha xil usulda amalga oshiriladi?J:3xil: Ular quyidagicha: 1) shablon; 2) trafaret; 3) tangram. 27. Applikatsiya nima? J: – badiiy san’at asarlari yaratishning eng sodda va oson usuli. 28.Applikatsiya ishida asosiy material nima? J:qog‘oz 29. Tabiiy material hisoblangan barglarni quritish uchun ularni qanday saqlash kerak? J: quyosh nuri tushmaydigan joyga qog‘oz yoki mato ustiga yoyib qo‘yish kerak 30.Qog`oz turlari: matbaa qog`ozi,chizma qog`ozi,uy-ro`zg`or qog`ozi,gofri qog`ozi,gazeta qog`ozi,rangli qog`oz 31.Ruxsat bersangiz, oilamiz haqida ikki-uch og‘iz so‘zlab o‘tsam: dadam qishloglmizda : traktorchilik qiladi. Oyim bolsa uyimizdan uch yuz metr naridagi fermada sigir sog‘adi. Savol gap kimning ota-onasi haqida ketyapti? J:Hoshimjonni ABDULLA XOLBO`TAYEV T O I F A 5 7 2 G U R U H I HP 32. Katta singlim Oyshaxon to‘r- tinchi sinfda o‘qiydi.Hovlini supurish, idish- tovoqlarni yuvish o‘shaning bo‘ynida. Kichik singlimning oti – Donoxon Kimning singillari haqida gap boryapri? J: Hoshimjonni 33. Mehribon kelinoyi qanday mehribonlik qiladi? J:Qayinukasining darslariga qarashadi. 34.Ertalab soat 6:30 da uyqudan turaman. Yuz- qo`limni yuvgach, dadam bilan badantarbiya qilamiz. So‘ng oyim bizni nonushtaga chaqiradi. Soat 7:30 da maktabga ketaman. Meni maktabga oyim olib boradi. Soat 8:00 da hamma sinfxonada bolishi kerak. Gap kim haqida ketyapti? J: ABROR 35. Vaqt she`rida bobo nabirasi Boqiga qanday topshiriq berdi? J: Yorib qo‘y shaftolini (shaftolini yorib qo`yishni) 36.Tug`ilgan kuning bilan hikoyasi qaysi kitobdan olingan? J:Dialoglar va matnlar kitobidan 37. Qachon tong otarkan-a?! Dadam hayitda kiyasan deb sovg’a qilgan momiq paypoqchamni kiyishni ham orziqib kutyapman.Ushbu parcha qaysi matndan olingan? J: ARAFA 38. Ko‘kda quyosh gulxan yoqdi, Chiqib xazon ko‘rpasidan Soylar yana to‘lib oqdi, Boychechaklar kulib boqchi .Ushbu parcha qaysi she`rdan olingan? J: Navro`z taronasi. 39. - Esiz, yerda maza qilib yurgan ekanman.Hammaga foydam tegardi, - deb yig‘lab yuboribdi bulut. .Suvning Vatani hikoyasi qaysi kitobdan olingan? J: “Hikoyalar va ibratli so‘zlar” kitobidan 40. Asalarilar quyoshni yaxshi ko‘radi. Esingizdan chiqmasin: uyani 9 ABDULLA XOLBO`TAYEV T O I F A 5 7 2 G U R U H I HP yerdan ko`tarib qo‘ying. Aks holda, turli nimalar uyaga zarar yetkazishi mumkin. J: hasharotlar 41. Matematika so‘ziqanday so`zdan olingan? J: grekcha “ mathema” so‘zidan olingan bo`lib,uning ma’nosi “ fanlarni bilish ” demakdir. 42. Matematika o‘qitish metodikasi eng avvalo,qaysi fan bilan bog`liq? J: matematika fani – o‘zining tayanch fani bilan uzviy bog‘liq. 43. Hozirgi zamon matematikasi nimaga tayanadi? J: natural son tushunchasini asoslashda to‘plamlar nazariyasiga tayanadi 44.Matematika metodikasi qaysi fanlar bilan bog`liq? J: pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog‘liq. 45. Boshlang‘ich matematika metodikasi ta’limning qaysi fanmetodikalari bilan bog`liq? J: (ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlaro‘qitish metodikasi) bilan bog‘liq. 46. Matematika metodikasi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi nechta savolga javob beradi? J:3ta 1. Nima uchun matematikani o‘rganish kerak? 2. Matematikadan nimalarni o‘rganish kerak?3. Matematikani qanday o‘rganish kerak? 47. Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo‘lib kim yaratgan?J:Shveytsariyalik pedagog matematik G.Pestalosining 1803-yilda yozgan “Sonni ko‘rgazmali o‘rganish” asarida bayon qilingan 48. MO‘M o‘zining tuzilish xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda necha bo‘limga bo‘linadi?J:1. Matematika o‘qitishning umumiy metodikasi.2. Matematika o‘qitishning maxsus metodikasi. 3. Matematika o‘qitishning konkret metodikasi. ABDULLA XOLBO`TAYEV T O I F A 5 7 2 G U R U H I HP 49. Matematika o‘qitishning konkret metodikasi necha qismdan iborat? J:2 qismdan.1.Umumiy metodikaning xususiy masalalari. 2.Maxsus metodikaning xususiy masalalari 50. Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasi qanday fanlar bilan chambarchas bog‘liq? J:1) O‘qitish asosi bo‘lgan matematika bilan; 2) Pedagogika;3) Psixologiya;4) Boshqa o‘qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat ...). Download 230.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling