1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/99
Sana18.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1786120
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99
Bog'liq
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

4. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni 
Psixologiya fani ko`plab fanlar bilan o`zviy bog`liq holda rivojlanadi. Fanlar orasidagi bog`liqliklar 
psixologiyaning fanlar tizimidagi o`rnini aniqlaydi. Bizga ma`lumki, fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy 
turlarga bo`linadi. Psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo`ladi, u inson ruxiy faoliyatining tabiiy - 
tarixiy va ijtimoiy tomonini o`rganadi. Psixologiya barcha turdagi fanlar orasida muhim o`rinni egallaydi. 
Psixologiya falsafa, tarix, san`atshunoslik, fiziologiya, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog`liq. 
YOsh avlodni har tomonlama tarbiyalash uchun ularning psixologiyasini yaxshi bilish lozim. Falsafa 
ongni o`rganadi, psixologiya esa inson ongining shakllanishini o`rganadi. Bolalarning psixologik 
rivojlanishini bilmasdan turib biror bir ta`lim metodikasini to`g`ri ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq etib 
bo`lmaydi. Psixologiyani tarbiyada, shaxs shakllanishida, uning kamollik darajasiga etkazishda, ma`naviy 
boy, axloqan pok, jismonan soqlom, jamiyatning barcha talablariga javob beruvchi qilib shakllantirishda 
ahamiyati katta. Psixologik bilimlarni inson o`z - o`zini tushunishda, o`zining kuchli va kuchsiz 


tomonlarini anglashda, qiyinchiliklarni engishda, muvaffaqiyatga erishishda, o`z kamchiliklarini bartaraf 
etib, ijobiy fazilatlarni shakllantirishda zarurdir. Psixologiya insonning aqliy imkoniyatlarini ochishda 
ham muhim. Zero, diqqat va xotirani yaxshilash va rivojlantirish yo`llarini bilib, bilimlarni to`g`ri 
o`zlashtirish, intellektual faoliyat samaradorligini oshirish mumkin. 
Mavzu yuzasidan test savollari: 
1.Bolalarning ruxiy jihatdan rivojlanish qonuniyatlarini psixologiya fanining qaysi tarmog`i o`rganadi? 
a) pedagogik psixologiya; 
v) ijtimoiy psixologiya
b) mehnat psixologiyasi; 
g)yosh psixologiyasi; 
2. Psixika faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan bo`lsagina, u to`g`ri tushunilishi 
va aynan bir xil tarzda izohlab berilishi mumkin. YUqoridagi fikr psixologiyaning qaysi tamoyili 
mohiyatini ochib beradi? 
a) reallik; 
v) ong va faoliyat birligi
b) determinizm; 
g) psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling