1 mavzu: Psixologiyaning predmeti
Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu Psixologiyaning predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan test savollari
4. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni
Psixologiya fani ko`plab fanlar bilan o`zviy bog`liq holda rivojlanadi. Fanlar orasidagi bog`liqliklar psixologiyaning fanlar tizimidagi o`rnini aniqlaydi. Bizga ma`lumki, fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy turlarga bo`linadi. Psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo`ladi, u inson ruxiy faoliyatining tabiiy - tarixiy va ijtimoiy tomonini o`rganadi. Psixologiya barcha turdagi fanlar orasida muhim o`rinni egallaydi. Psixologiya falsafa, tarix, san`atshunoslik, fiziologiya, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog`liq. YOsh avlodni har tomonlama tarbiyalash uchun ularning psixologiyasini yaxshi bilish lozim. Falsafa ongni o`rganadi, psixologiya esa inson ongining shakllanishini o`rganadi. Bolalarning psixologik rivojlanishini bilmasdan turib biror bir ta`lim metodikasini to`g`ri ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq etib bo`lmaydi. Psixologiyani tarbiyada, shaxs shakllanishida, uning kamollik darajasiga etkazishda, ma`naviy boy, axloqan pok, jismonan soqlom, jamiyatning barcha talablariga javob beruvchi qilib shakllantirishda ahamiyati katta. Psixologik bilimlarni inson o`z - o`zini tushunishda, o`zining kuchli va kuchsiz tomonlarini anglashda, qiyinchiliklarni engishda, muvaffaqiyatga erishishda, o`z kamchiliklarini bartaraf etib, ijobiy fazilatlarni shakllantirishda zarurdir. Psixologiya insonning aqliy imkoniyatlarini ochishda ham muhim. Zero, diqqat va xotirani yaxshilash va rivojlantirish yo`llarini bilib, bilimlarni to`g`ri o`zlashtirish, intellektual faoliyat samaradorligini oshirish mumkin. Mavzu yuzasidan test savollari: 1.Bolalarning ruxiy jihatdan rivojlanish qonuniyatlarini psixologiya fanining qaysi tarmog`i o`rganadi? a) pedagogik psixologiya; v) ijtimoiy psixologiya; b) mehnat psixologiyasi; g)yosh psixologiyasi; 2. Psixika faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan bo`lsagina, u to`g`ri tushunilishi va aynan bir xil tarzda izohlab berilishi mumkin. YUqoridagi fikr psixologiyaning qaysi tamoyili mohiyatini ochib beradi? a) reallik; v) ong va faoliyat birligi; b) determinizm; g) psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi; Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling