1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Psixikaning fiziologik mexanizmlari


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/99
Sana18.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1786120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

3. Psixikaning fiziologik mexanizmlari 
Psixika miyaning xususiyatidir. “Sezgi, fikr, ong, maxsus sur`atda tuzilgan materiyaning oliy 
mahsulidir”. Inson miyasi uzoq evolyutsion taraqqiyot mobaynida rivojlanib, takomillashib borgan. 
Uning og`irligi 1350-1400 g. bo`lib, 14-15 milliard hujayradan iborat. Inson miyasining funktsional 
tuzilishini A.R. Luriya 3 ta blokka ajratadi: I - blok - energetik blok, u miya pustloq qismining normal 
ishlash tonusini ta`minlaydi. Miya po`stining yuqoridagi qismida joylashgan. II - blok axborotni qabul 
qilish, qayta ishlash va saqlash bloki (Ikkala yarim sharlarining orqa qismiga, tepa, chakka va ensa 
qismlariga joylashgan). III - blok faoliyatni dasturlashtirish, boshqarish va nazorat qilishni ta`minlaydi 
(peshona qismiga joylashgan). Nerv hujayrasi va uning o`simtalari, ularni qoplovchi pardalar neyron deb 
ataladi. Neyronning asosiy vazifasi qo`zg`aluvchanlik va o`tkazuvchanlikdir. 
4. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchilik vazifalari 
I.M. Sechenov o`zining “Bosh miya reflekslari” (1863) kitobida shunday fikrni ilgari suradi: “ongli va 
ongsiz hayotning hamma aktlari o`zining yuzaga kelish jihatidan reflekslardan iboratdir”. 


Psixikaning asosiy vazifalarini “Venna diagrammasi” usuli yordamida quyidagicha ishlab chiqish 
mumkin: 
Aks 
ettirish 
boshqaruvchilik 
Psixik (ruxiy) jarayonlar organizm hayotida aks ettiruvchilik, signallik va boshqaruv funktsiyasini 
bajaradi. Organizmning boshqaruv faoliyati organizm xatti - harakatlariga, muhit o`zgarishlariga 
muvofiqlashtirish va shu yo`l bilan organizmning muhitga to`g`ri, qulay moslashib olishiga imkon beradi. 
I.M. Sechenov psixik faoliyatning ruxiy jihatdan boshqarilishi reflektor xarakterga ega ekanligi haqidagi 
g`oyani ilgari suradi. Nazariy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo`lgan bu g`oyalarning to`g`riligini I. 
P.Pavlov tajribada isbotladi. I.P.Pavlov oliy nerv faoliyati qonuniyatlarini kashf etdi. Uning ana shu 
qonuniyatlari haqidagi barcha qarashlarini umumlashtirilgan holda ikki xil signal tizimi haqidagi ta`limot 
deb atash mumkin. I.P. Pavlov hayvonlarda birinchi signal tizimini (ranglar, hidlar, obrazlar) insonlarda, 
ikkinchi signal tizimini signallar signali, ya`ni so`zlar tashqil qilishini aniqlagan. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling