1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Xarakter aktsentuatsiyasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/99
Sana18.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1786120
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   99
Bog'liq
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

4. Xarakter aktsentuatsiyasi 
Nemis psixiatri K. Leongard fikricha, 20 - 50 % kishilarda ba`zi xarakter xususiyatlari shu darajada 
kuchliki, ba`zan bir xil tipdagi ziddiyat va hissiy portlashlarga olib kelishi mumkin. Xarakter 
aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning boshqalari zarariga kuchli rivojlanishi va atrofdagilar bilan 
munosabatlarining yomonlashuviga olib kelishidir. Xarakter aktsentuatsiyasi turli darajada engil va hatto 
psixopatiya darajasigacha bo`lishi mumkin. O`smirlar orasida xarakter aktsentuatsiyasi ko`p (50-80%) 
uchraydi. Uni turli psixodiagnostik testlar, masalan, Shmishek testi orqali aniqlash mumkin. 
K. Leongard tomonidan xarakter aktsentuatsiyasi quyidagicha tasniflanadi: 


1. Gipertim tip. Haddan tashqari aloqaga kirishuvchan, ko`p gapiradi, imo - ishora, mimikaga boy, suhbat 
mavzusini burib yuborishga moyil, ko`pincha xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib 
qo`yganligi sababli ziddiyatlar kelib chiqadi. 
2. Distim tip. Kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist, ziddiyatlardan o`zini olib qochadi
uyda yolg`iz qolishni yoqtiradi. 
3. TSikloid tip. Kayfiyati tez o`zgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda - gipertim, yomon paytda distim 
tipga o`xshab qoladi. 
4. Qo`zg`aluvchan tip. Muloqotda passiv, verbal va noverbal reaktsiyalari sust, qaysar, ba`zan urushqoq, 
ko`pincha turli mojarolarning tashabbuskori. 
5. Kuchaytiruvchi tip. Kamgap, aql o`rgatishni yoqtiradi, yuqori natijalarga erishishni xohlaydi, tez xafa 
bo`ladi, shubhalanuvchan, qasoskor. Kichik-kichik muammolarni kattalashtirishga, bo`rttirishga moyil. 
6. Pedant tip. Ziddiyatlarga kam qo`shiladi, ko`pincha passiv holatda bo`ladi, atrofdagilarga ko`plab 
rasmiy talablar qo`yadi, tartibli, jiddiy, ishonchli xodim. 
7. Xavotirli tip. Kamgap, odamovi, o`ziga ishonmaydi, ziddiyatlardan o`zini olib qochadi, tinchliksevar, 
o`z - o`zini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi. 
8. Eemotiv tip. Tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradi, xafa bo`lsa tashqaridan 
sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, g`amxo`r, mas`uliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan 
quvonadi. 
9. Namoyishkorona (demonstrativ) tip. Muloqotga tez kirishadi, etakchilikka intiladi, hoqimiyat va 
maqtovni yoqtiradi, boshqalarni o`ziga jalb qila oladi, noyob tafakkurga, xulq - atvorga ega. 
10. Ekzaltirovanlashgan tip. O`ta muloqotga kirishuvchan, ko`p gapiradi, qiziquvchan, do`stlari va 
yakinlariga e`tiborli, boshqalarga yordam beradi, did- farosatli, samimiy. 
11. Ekstrovertirovanlashgan tip. Muloqotga kirishuvchan, do`stlari ko`p, ziddiyatlardan o`zini olib 
qochadi, boshqalarni diqqat bilan eshitishi mumkin. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi. 
12. Introvertirovanlashgan tip. Muloqotga kirishishga qiynaladi, “ichimdagini top”, falsafiy fikr yuritishni 
yoqtiradi, qat`iyatli, e`tiqodi mustahkam, qaysar, tafakkuri qotib qolgan. 
To`g`ri tashqil etilgan ta`lim - tarbiya jarayonida xarakter aktsentuatsiyasini tarbiyalash va tuzatish 
mumkin. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling