Inson psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvon psixikasi o`rtasida katta farq bor. Hayvonlar "tili" bilan


Download 381.07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.03.2023
Hajmi381.07 Kb.
#1265248
Bog'liq
Inson psixikasini ontogonezda rivojlanishi




Inson psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvon
psixikasi o`rtasida katta farq bor. Hayvonlar “tili” bilan
inson tilini hech (qanday) bir jihatdan taqqoslab
bo`lmaydi. Hayvon o`z to`dasidagi boshqa o`ziga
o`xshash hayvonlarga ayni choqdagi bevosita vaziyat
bilan cheklangan hodisalar haqida faqatgina signal 
berolsa, inson til yordami bilan boshqa odamlarga
o`tgan, hozirgi va kelgusi zamondagi narsalar haqida
axborot berishi va ularga ijtimoiy tajriba o`tkazishi
mumkin.


Hayvon va odam tafakkurining bir - biridan farq qilishi ular tili
o`rtasidagi farqqa bog`liqdir. Inson abstrakt tafakkurga - hayvon esa
amaliy tafakkurga ega. Odam zaruriyatga mos ravishda ongli suratda
ish ko`rish qobiliyatiga ega. Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga
egalik odamni ajratuvchi ikkinchi muhim farq hisoblanadi. Konkret
vaziyatdan tashqarida hayvon hech vaqt qurolni boshqa narsalardan
farqlab, qurol sifatida ajratmaydi va uni keyinchalik foydalanish
uchun saqlab qo`ymaydi. Biron vaziyatda qurol o`z rolini o`tab
bo`lgach, shu zahotiyok, hayvon uchun qurollik sifatini yo`qotadi.


Odam ilgaridan o`ylab qo`yilgan reja bilan qurol
yasaydi, quroldan tegishli maqsadlarda foydalanadi,
hamda uni saqlab qo`yadi. Odam nisbatan doimiy
buyumlar
olamida
yashaydi.
Odam
quroldan
foydalanish tajribasini boshqalardan o`rganadi va o`zi
bu tajribani boshqalarga o`rgatadi. Odam psixik
faoliyatining hayvonlar psixikasidan uchinchi farqi shuki,
inson o`zidan keyingi avlodlarga ijtimoiy tajriba
qoldiradi. Odam bilan hayvon o`rtasidagi to`rtinchi,
g`oyat muhim farq hissiyoti o`rtasidagi farqdir.


• Rivojlanish sharoitlarining turlicha bo`lishi odam 
psixikasining hayvon psixikasidan ajratuvchi muhim 
farqlardan hisoblanadi. Agar odam insoniyat tajribasini 
o`zlashtirmas ekan, o`ziga o`xshagan odamlar bilan 
munosabatga kirishmas ekan, shaxs sifatida tarkib 
topmaydi. Inson ongining rivojlanishiga asosiy omil 
mehnat faoliyati bo`lgan, ya`ni odamlarning birgalikda 
qurol yasash va undan foydalanish faoliyatlari bo`lgan.


• Mehnat faoliyati ijtimoiy munosabatlar taraqqiyotiga ta`sir
qiladi, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi esa mehnat
faoliyatining takomillashuviga ta`sir ko`rsatadi. 
• Inson ongi mehnatda rivojlanadi. Inson ongi evolyutsion
taraqqiyot jarayonida aks ettirishning eng yuksak shakli
sifatida maydonga kelib, ong tufayli odam moddiy dunyodagi
narsalarning ob`ektiv barqaror xususiyatlarini ajrata oladi va
shu asosda tevarak -atrofdagi voqelikni o`zgartira oladi. 
Demak, inson psixikasini - ong deb atash mumkin.


• Shuningdek, "ontogenez" tushunchasining ruhiy
xususiyatlarini tushuntirish uchun ikkala omilni - irsiy
va ijtimoiy omillarni birlashtirishga urinishlar qilingan. 
Bu psixologiyada uchinchi yo'nalish - ikki omil
nazariyasi paydo bo'ldi. Birinchi tadqiqotchi V. Stern 
bo'lib, u ikki omilning yaqinlashish printsipini
shakllantirgan. Ushbu printsipga ko'ra, shaxsning
rivojlanishidagi irsiy chiziq uning ijtimoiy muhiti
tomonidan belgilanadigan chiziq bilan kesishadi


Shunga ko'ra, inson psixologiyasining ontogenezi
psixika faoliyatining ichki va tashqi sharoitlarini
birlashtirish jarayonida amalga oshiriladi. Masalan,
bola qanday va qachon o'ynashni boshlashini tug'ma
tug'ma instinkt belgilaydi. O'z navbatida, moddiy va
jarayon sharoitlari haqiqiy tashqi muhit bilan
belgilanadi.


Document Outline

  • Слайд 1, Inson psixikasining ontogenezda rivojlanishi
  • Слайд 2
  • Слайд 3
  • Слайд 4
  • Слайд 5
  • Слайд 6
  • Слайд 7
  • Слайд 8
  • Слайд 9

Download 381.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling