1-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi Mavzu rejasi
Valyuta schyotini ochish tartibi, uning ahamiyati va vazifalari bo‘yicha amalga
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5200)ning bog‘lanishi
4. Valyuta schyotini ochish tartibi, uning ahamiyati va vazifalari bo‘yicha amalga
oshirilgan operatsiyalarni hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi va chet mamlakatlar hududidagi banklar schyotlaridagi chet el valyutasidagi pul mablag‘larining naqdligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 5210-“Mamlakat ichida valyuta schyotlari”; 5220-“Chet eldagi valyuta schyotlari”; 5210-“Mamlakat ichida valyuta schyotlari” va 5220-“Chet eldagi valyuta schyotlari” schyotlarining debetida valyuta schyotlariga pul mablag‘larining kelib tushishi, kreditida esa pul mablag‘larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko‘chirmasini tekshirish natijasida aniqlangan korxonaning valyuta schyotining debeti yoki kreditiga xatolik bilan o‘tkazilgan summalar 4860-“Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” yoki 6960- “Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar” schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida valyuta schyoti bo‘yicha operatsiyalar bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi. Valyuta mablag‘larining analitik hisobi chet el valyutasidagi pul mablag‘larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo‘yicha yuritiladi. Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5200)ning bog‘lanishi № Xo‘jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog‘lanishi Debet Kredit 1 Kassadan valyuta mablag‘larining valyuta schyotiga topshirilishi 5210, 5220 5020 2 Ishlatilmagan chek va akkreditiv summasining valyuta schyotiga o‘tkazilishi 5210, 5220 5510-5520 3 Ilgari qisqa muddatli investitsiyalar tartibida berilgan qarzning qaytarilishi 5210, 5220 5830 4 Ilgari berilgan bo‘naklarning qaytarilishi 5210, 5220 4310-4330 5 Qondirilgan da’volar summasining kelib tushishi 5210, 5220 4860 6 Olingan bo‘naklar summasi 5210, 5220 6300, 7310 7 Ilgari aksiyalarga obuna bo‘lgan ta’sischilardan ulush summasining kelib tushishi 5210, 5220 4610 8 Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aksiyalardan emission daromadning kelib tushishi 5210, 5220 8410 9 Investitsiyaga mablag‘larning qo‘yilishi 0600, 5800 5210, 5220 10 Bankdan kassaga valyuta mablag‘larining kelib tushishi 5020 5210, 5220 11 Xususiy aksiyalarning sotib olinishi 8610, 8620 5210, 5220 12 Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlarning to‘lanishi 6010 5210, 5220 13 Berilgan bo‘naklarning summasi 4310-4330 5210, 5220 14 Ilgari olingan bo‘naklarning qaytarilishi 6300, 7310 5210, 5220 15 Ta’sischilarga hisoblangan dividendning to‘lanishi 6610 5210, 5220 16 Hisoblangan foizlar bo‘yicha qarzlar qoplandi 6920 5210, 5220 17 Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar qoplandi 6810-6840 5210, 5220 18 Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarning joriy qismi qoplandi 6950 5210, 5220 19 Ijaraga beruvchiga tegishli bo‘lgan to‘lovlar to‘landi 6910, 6950 5210, 5220 Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling