1-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi Mavzu rejasi
Soliq bo‘yicha operatsiyalarni hisob olish
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
10. Soliq bo‘yicha operatsiyalarni hisob olish
2004 yilning 1 yanvaridan mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda qo‘llaniladigan yangi schyotlar rejasida byudjet bilan olib boriladigan operatsiyalarni hisobga olib borish uchun 11 ta balansli va 2 ta balansdan tashqari schyotlar belgilangan bo‘lib, ular quyidagilar: Balansli schyotlar: 0950-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i»; 3210-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i»; 4410-«Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari»; 6240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar»; 6250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha majburiyatlar»; 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»; 7240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar»; 7250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar»; 8840-«Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari»; 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar»; 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlarni o‘z ichiga oladi. Balansdan tashqari schyotlarga esa: 012-«Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajat» 013- «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)» schyotlar kiradi. 0950-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i» schyotida hisobot davrida to‘lanadigan soliqning kechiktirilgan qismi hisobga olinadi. Shu bilan birga ushbu summa balansdan tashqari 012- «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar» schyotning kirimiga yozib qo‘yiladi. Hisobot davri oxirida ushbu summa soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shib daromad (foyda) solig‘iga tortiladi. 4410-«Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schyotida bo‘nak soliq summalari, xususan, xarid qilingan xom ashyo, materiallar, yarim tayg‘r mahsulotlar va boshqa turdagi ishlab chiqarish zahiralari bo‘yicha hisoblashish hujjatlarida alohida ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hisobga olinadi. Buxgalteriya hisobida 4410- «Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schyotidan chiqarish operatsiyasi quyidagi buxgalteriya hisobi yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: material resurslari, tovarlar, ishlar va hizmatlarga tegishli QQS summasi qarz surishishga (zachetga) qabul qilinganda: Dt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz», Kt 4410-«Soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schyoti. Byudjetga soliq to‘lashdan berilgan imtiyozlar yangi schyotlar Rejasi bo‘yicha 8840- «Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» schyotida hisobga olinadi. Ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar daromad (foyda)dan ajratma solig‘idan qonunchilikka binoan vaqtinchalik imtiyozlarga aga bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtlarda umumiy belgilangan tartibda hisoblangan daromad (foyda)dan ajratma solig‘i summasiga quyidagicha yozuv rasmiylashtiriladi: Dt 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar», Kt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schyoti bo‘yicha ochilgan «Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha imtiyozlar» schyoti. Ushbu hisoblangan soliq summasi byudjetga o‘tkazilmaydi, balki maqsadli foydalanish uchun berilgan soliq imtiyozlari schyotiga o‘tkaziladi: Dt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schyoti bo‘yicha ochilgan «Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha imtiyozlar», Kt 8840-«Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari» schyoti. 8840 – schyotda hisobga olinadigan qonunchilik bo‘yicha soliqlardan ozod qilish natijasida hosil bo‘lgan summa, agar imtiyozli davr ko‘rsatilgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan davr oxirida, boshqa hollarda esa har yili quyidagi hisobdan chiqariladi: Dt 8840-«Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari», Kt 8520-«Rezerv kapitali» schyoti. Maqsadli foydalanish uchun rezerv kapitaliga o‘tkazilgan mablag‘dan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zlarining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlash, shuningdek xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun foydalanganda 8520- «Rezerv kapitali» schyoti debetlanib tayinlanishiga qarab tegishli schyotlar kreditlanadi. 7240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyotida qonunchilikka binoan vaklotli hukumat organlari qarori bilan to‘lashni bir necha yilga uzaytirishga ro‘xsat etilgan soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha byudjet oldidigi uzoq muddatli qarz aks ettiriladi. Masalan, korxonaga qonunchilikka binoan vakolati huquqiy organlari qarori bilan soliq to‘lashni bir necha yilga uzaytirishga ro‘xsat etilgan bo‘lsa, quyidagicha yozuv bilan rasmiylashtiriladi: Dt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)», Kt 7240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti. Shuningdek boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lash muddati bir necha yilga kechiktirilgan hollarda. Dt 6510-«Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar», Dt 6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar» schyotlar, Kt 7240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti. Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarning joriy yilda to‘lanadigan qismi quyidagi aks ettiriladi: Dt 7240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar», Kt 6240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti. Bunday summani joriy yilda byudjetga o‘tkazish hisoblanganda Dt 6240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti, Kt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» Kt 6510-«Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar», Kt 6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar» schyotlari. Ushbu summa byudjetga yoki sug‘urta organlariga o‘tkazib berilganda Dt 6410, 6510 va 6520-schyotlar, Kt 5110-«Hisob-kitob schyoti» . 7250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar» schyotida vaqtinchalik farqlarning mavjudligi tufayli vujudga keladigan kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i summasi aks ettiriladi. Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajat hisob daromadidan hisoblab topiladi, to‘lanadigan daromad (foyda) solig‘i esa soliqqa tortiladigan daromad (foyda)dan hisoblab topiladi. Hisob daromadi (foydasi) va soliqqa tortiladigan daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqni aniqlashdagi yondoshishlar orasidagi farqi moliyaviy hisobotda inobatga olinishi kerak. Korxonaning hisob siyosatiga binoan hisob ma’lumotlari bo‘yicha aniqlangan daromad (foyda) solig‘i daromad olish moboynida korxona tomonidan qilingan xarajat deb qaraladi va u tegishli daromad va xarajatlar qaysi davrda vujudga kelgan bo‘lsa, shu davrda hisoblanadi ham korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bunda hisob daromadidan hisoblab topilgan daromad (foyda) solig‘i xarajati bilan soliqqa tortiladigan daromaddan hisoblab topilgan to‘lashga tegishli daromad (foyda) solig‘i orasidagi farq vaqtinchalik farq sifatida hisobga olinib 7250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar» schyotining kreditida quyidagi aks ettiriladi: Dt 9810- «Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar», Kt 7250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar» schyoti. Har yili daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlarning bir qismi daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlarning joriy qismidek 6250- «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha majburiyatlar» schyotida quyidagi aks ettiriladi: Dt 7250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar», Kt 6250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha majburiyatlar» schyoti. Bunday summani joriy yilda byudjetga o‘tkazish hisoblanganda Dt 6250-«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha majburiyatlar» schyoti, Kt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti. Ushbu summa byudjetga o‘tkazib berilsa, Dt 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti, Kt 5110-«Hisob-kitob schyoti». Hisobot davri tugagach yilik moliyaviy hisobot tuzishda 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar» va 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlarining debetida hisobga olingan soliqlar summasi 9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga o‘tkaziladi: Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija», Kt 9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar» va 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlari. Demak, daromad (foyda) solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) summasidan daromad (foyda) solig‘ini (9810-schyoti) va foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar (9820-schyoti) summasini ayrib tashlagandan so‘ng hisobot davrining sof foydasi (zarari) chiqadi va u moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-sonli shakl)ning 270-satrida ko‘rsatiladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling