1-mavzu. ―Pul va banklar‖ faniga kirish reja
Download 0.57 Mb.
|
1-mavzu1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Federal rezerv tizimining pul aggregatlari.
Pullarni o‘lchash.
Pulning umum qabul qilingan to‘lov vositasi sifatida mohiyatining tavsif etilishi, tovar va xizmatlarga chegarasiz ayirboshlanishi va qarz majburiyatlarini so‘ndirishda foydalanilishi ko‘rsatadiki, pullar odamlarning fe‘l-atvoriga bog‘liq hisoblanadi. Agarda ularni tovar va xizmatlarni to‘lash yoki qarzdorlikni so‘ndirishda ishlatiladigan bo‘lsa, aktivlarni pulga aylanish jarayoni yuzaga keladi. Ko‘rganimizdik, yuz yillar davomida ko‘plab turli aktivlar, ya‘ni oltin va qog‘oz pullardan tortib chek depozitlarigacha pul rolini bajardi. Shuning uchun pulning axloqiy tavsif etilishi qanday aktivlarni pul sifatida qabul qilinishini aniq belgilamaydi. Federal rezerv tizimining pul aggregatlari. Federal rezerv tizimi – AQShda monetar siyosatni amalga oshiruvchi bosh muassasa hisoblanib, pullarni o‘lchash borasidagi muammolar borasida ko‘plab tadqiqotlarni o‘tkazadi. So‘nggi yillarda moliyaviy innovatsiyalarni tatbiq etilishi pullarga tegishli yangi turdagi aktivlarni yaratilishiga olib kelib uning ahamiyatini yanada oshirdi. 1980 yildan keyin Federal rezerv tizimi bir necha marotaba pullarni o‘lchashga oid yondashuvni o‘zgartirdi va pul aggregatlari- M1, M2, MZ deb nomlanuvchi pul massasining uchta ko‘rsatkichlarida to‘xtadi. (Financial News box ga tegishli 1-jadvalga qarang.) Pul aggregatlarining eng qisqasi M1 hisoblanib, naqd pullar, joriy hisoblar va yo‘l cheklarini o‘z ichiga oladi. M1 ning tarkibiy elementlari 1-jadvalda keltirilgandir. M1ning naqd pullar komponenti o‘z ichiga faqatgina muomaladagi qog‘oz pullar va tangalarni olib, bankomatlar va bank depozit yacheykalarida joylashgan naqd pullarni o‘z ichiga olmaydi. Eng qizig‘i shundaki, AQShda har bir inson uchun 3000$ dan ortiq naqd pullar muomalada mavjuddir. (FYI jadvalini qarang). Sa yohatchilarning cheklari M1ning elementi hisoblanib, banklar tomonidan muomalaga chiqarilmagan sayohatchilarning cheklarini o‘z ichiga oladi. Talab qilib olinguncha depozitlar elementi foiz to‘lanmaydigan biznes depozit hisobraqamalari va banklar tomonidan muomalaga chiqarilgan sayohatchilarning cheklarini o‘z ichiga oladi. Boshqa talab qilib olinguncha depozitlar punkti o‘z ichiga barcha boshqa turdagi talab qilib olinguncha depozitlar, ya‘ni uy xo‘jaliklari tomonidan ushlab turiladigan foiz hisoblaydigan talab qilib olinguncha depozitlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu aktivlar sof pullar hisoblanib, bevosita ayirboshlash vositasida foydalanilishi mumkin. 1970 yillarning o‘rtalariga qadar tijorat banklari tomonidan faqatgina foizlar to‘lanishi ruxsat etilmagan joriy hisobvaraqlarni taklif qilishgan. Moliyaviy innovatsiyalar moliyaviy tizimni tartibga solishning normalariga o‘zgartirishlar kiritilishiga shart- sharoitlar yaratgan bo‘lsada, hozirgi kunda banklarning boshqa turlari – ssuda- jamg‘arma assotsiatsiyalari, o‘zaro jamg‘arma banklari va kredit soyuzlari ham joriy hisobvaraqlarni taklif etishmoqda. Bundan tashqari, bank muassasasi foizlar to‘lanadigan boshqa chek depozitlari, ya‘ni NAU hisobraqamlari (NOW — negotiated order of withdrawal), xisobraqamlardan avtomatik transfer xizmatlarini (ATs — automatic transfer from savings) taklif etishmoqda. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling