PUL-KREDIT SEKTORI.
PUL-KREDIT HISOBLARI VA ULARNING TAHLILI
Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar
Pul-kredit sektorining sharhi (Monetary Survey) – bu butun bank tizimining to„plangan balansi bo„lib, PDBning birlashtirilgan balansi va pul-kredit boshqaruv organlari balansidan iborat. Shunga ko„ra, pul-kredit sharhining aktivlari va passivlari butun bank tizimining aktiv va majburiyatlaridir. Pul-kredit sektori balansi pul-kredit sektorida mavjud aktivlarni (sof xorijiy aktivlar va sof ichki aktivlar) va passivlarni (keng pullar) ishlatilishini ko„rsatadi. Pul-kredit tizimi faoliyati – bu nomoliyaviy institutlarning moliyaviy institutlarga bo„lgan talablari majmuidir.
Pul-kredit sektori sharhining asosiy vazifalaridan biri – butun bank tizimidagi pul va kredit ko„rsatkichlarining o„sish sur‟ati bo„yicha ma‟lumotlarni o„z vaqtida yetkazishdir, bu esa boshqaruv organlariga ushbu ko„rsatkichlar o„sish sur‟ati ustidan doimiy nazorat o„rnatish va o„tkazilayotgan pul-kredit siyosatga tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |