1-Mavzu: Qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati Reja
Olimpiya g’oyalarining amalga oshishi
Download 494 Kb.
|
Xalqaro sport va Olimpiya harakatining vujudga kelishi хамма мавзулар бор ичида
Olimpiya g’oyalarining amalga oshishi.
Olimpiya Kogressida I Olimpiya o’yinini Afinada o’tkazish haqida qaror qabul qilingan edi. Antik Olimpiya o’yinlari vatani yunoniston bo’lganlgi va D.Vikelasning XOQ Prezidenti qilib saylanishi buning asosiy sababi edi. 1896 yil 6 aprelda Afinada I Olimpiya o’yini ochildi. O’yinlarga 14 mamlakatdan 245 nafar sportchi keldi. Ular Avstraliya, Avstriya,Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Yunoniston, Daniya, Italiya, AQSh, Fransiya, Chili, Shveysariya, Shvesiya mamlakatlarining vakillari edi. O’yinlar dasturiga ko’ra 9 tur: yengil atletika, gimnastika, suzish, yuk (tosh) ko’tarish, kurash, o’q otish, qilichbozlik, velosiped poygasi va tennis bo’yicha kurashlar olib borildi. Yengil atletika turida AQSh sportchilari 9 ta (12 tadan) yuqori natijalarni qo’lga kiritdi. Uch hatlab sakrashda D.Konnoli birinchi Olimpiya chempioni bo’ldi. Gimnastika turida Germaniya sportchilari g’olib bo’ldi. K.Shuman tayanib sakrashda eng yaxshi natijaga erishdi. Velopoygada fransuz P.Masson g’olib keldi. Tennisda ingliz D.Boland, suzish vengr A.Xayosh ustunlik qilishdi. Otish va qlichbozlik bo’yicha ochkolar to’plashda yunonlar yuqori ko’rsatkichlarga erishib, g’olib bo’lishdi. Yunonlar umumiy ochkolar bo’yicha birinchilikni egalladi. Amerikalik R.Garret disk uloqtirishda va yadro irg’itishda g’olib bo’ldi. Shuningdek, u uzunlikka sakrashda ikkanchi va balandlikka sakrashda uchinchi o’rinni egallab, barchaning e’tiborini qozonishga sazovor bo’ldi. Qiziqarli tomoni shundaki, Garret o’yinlarga tasodifan tushib qolgan. Chunki u Yunonistonda o’z ta’tilini o’tkazib yurganda, Olimpiya o’yinlari haqidagi xabarni eshitadi va jamoa ro’yxatiga o’z ism-sharifini kiritadi. U umrida disk uloqtirmagan, faqat o’yindan 3 kun oldin mashq qilib o’rgangan. Uning tabiiy qobiliyati va sportdagi faoliyatlari Olimpiya chempioni bo’lishga sabab bo’lgan. 70 ming tomoshabin sig’adigan stadiondagilarning e’tiborini yunon dehqoni Sandros Adis jalb etadi. U marafon yugurishida g’olib kelgan (Marafon shahridan Afinagacha bo’lgan masofa – 42 km. atrofida). Afinadagi Olimpiya o’yinlari maqsaddagidek bo’lib o’tdi. Kubertenning boshlagan harakati to’la amalga oshdi. Bu XX asrning eng diqqatga sazovor tadbirlaridan biriga aylandi va Olimpiya o’yinlarining har to’rt yilda o’tkazib borilishiga asos soldi. Xulosa qilib aytganda, Xalqaro sport uyushmalarining tashkil etilishi va xalqaro sport musobaqalarining o’tkazilishi qadimgi yunon olimpiya o’yinlarini qayta tiklashga sabab bo’ldi. Bu yo’lda Yevropa mamlakatlarining hissasi g’oyat kattadir. Xalqaro Olimpiya o’yinlarini tashkil qilishdagi harakatlarda fransuz jamoat arbobi Pyer de Kubertenning tinimsiz va mashaqqatli mehnatlari hamda yunon xalqining o’z an’analariga sodiqligi tarixda o’chmas iz qoldirdi. I Olimpiya o’yinlari faqat ishtirok etgan davlatlarninggina emas, balki jahondagi juda ko’p mamlakatlarning sportchilari, yoshlari va mutaxassislarini dadil qadamlar bilan Olimpiya harakatini rivojlantirishga rag’batlantirdi. Download 494 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling