1-Mavzu: Qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati Reja
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi (XOQ) va uning prezidentlari
Download 494 Kb.
|
Xalqaro sport va Olimpiya harakatining vujudga kelishi хамма мавзулар бор ичида
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olimpiya ramzi
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi (XOQ) va uning prezidentlari.
Olimpiya Kongresslari XX asrning birinchi yarmida Xalqaro siyosiy voqyealar qanchalik murakkab bo’lmasin, Xalqaro Olimpiya qo’mitasi (XOQ) o’z faoliyatini yuksak darajada olib bordi. Bunda XOQ rahbarlarining xizmatlari juda katta bo’lganligini o’z davrining mutaxassislari e’tirof etishgan. Shu sababdan bu davrdagi XOQ prezidentlari haqida ba’zi bir ma’lumotlarni keltirish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi zamon olimpiya o’yinlarining asoschisi Pyer de Kuberten Olimpiya harakatiga 20 yil (1896-1925) rahbarlik qildi. Ta’kidlanganidek, u hozirgi zamon Olimpiya o’yinlarini o’tkazish yo’lda juda ko’p mehnat qildi, 1925 yilda o’z ixtiyori bilan Prezidentlik vazifasidan ozod etildi. U o’z arizasida kelajak uchun vasiyat sifatida olimpiya g’oyalarini rivojlantirish, har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan, sportning tinch va ozod mehnat qilish yo’lidagi mohiyatini kuchaytirish zarurligini uqdirdi. Kuberten 1937 yil vafot etdi. Uning qabri Lozanna shahrida, uning vasiyatiga ko’ra esa yuragi Olimpiya shahrida saqlanib kelmoqda. 1925 yilda XOQ Prezidenti etib graf Andri de Baye-Latur (1876-1942) saylandi. U Belgiya davlati va Xalqaro sport arbobi bo’lib, 1906 yil Belgiya milliy Olimpiya qo’mitasini tashkil etuvchilardan biri hisoblanadi. Baye-Latur XOQni 17 yil davomida boshqardi. U XI Olimpiya o’yinlari arafasida Gitlerning Olimpiya o’yinlari qatnashchilari va g’oliblarini tabriklash uchun minbarga chiqishiga rozilik bermagan. Shunday bo’lsa-da, u bolshevizmga chinakam qarshi edi. Shu sababdan sovet sportchilari Olimpiya o’yinlarida qatnashishdan mahrum etilgan. 1942-1946 yillarda Olimpiya harakatining faollaridan shved Zigfrid Edstryom (1882-1964) XOQni vaqtincha boshqardi, 1946 yilda esa IV prezident qilib saylandi. U AQSh, Shveysariya va Shvesiyada ta’lim olgan, ixtisosiga ko’ra elektrik-muhandis edi. Talabalik yillarida qisqa masofalarga yugurish bo’yicha Shvesiya rekordchisi ham bo’lgandi. U 1920 yil XOQga a’zo qilib saylandi. 1921 yildan ijroqo’m a’zosi va 1931 yildan boshlab XOQ vise-prezidenti bo’lgan. U 1952 yilda 70 yoshida Prezidentlikdan ozod etildi. 1964 yil 18 martda vafot etdi. Olimpiya o’yinlari davomida XOQning faoliyatlari rivojlandi. XOQ rahbarlarining xizmati yana shundaki, o’yinlarda xalq irodasi va sportchilarning faoliyatlarini turli ramzlar (simvollar) va atributlar bilan ifoda etishda yangiliklar yaratdilar. Qo’yidagi ana shu belgilar va ramzlar haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi. Olimpiya ramzi – bir-biriga ulangan besh halqa. Ular yashil, qora, qizil, sariq va ko’k rangda tasvirlanib, besh qit’ani bildiradi. Bu 1913 yilda Kuberten taklifi bilan tasdiqlangan. Download 494 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling