1-mavzu: qadimgi va o’rta asrlarda toshkent vohasi tarixi. Mavzu bo’yicha topshiriqlar


Download 42.22 Kb.
bet1/4
Sana13.02.2023
Hajmi42.22 Kb.
#1193505
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu qadimgi va o’rta asrlarda toshkent vohasi tarixi. Mavzu


1-MAVZU: QADIMGI VA O’RTA ASRLARDA TOSHKENT VOHASI TARIXI.
MAVZU BO’YICHA TOPSHIRIQLAR:
QUYIDA KELTIRILGAN TUSHUNCHALARGA IZOH BERING.
- Toshkent vohasi- Toshkent viloyati O'zbekistonning shimoli-sharqida Tyan-Shan tog'larining g'arbiy qismi va Sirdaryo daryosi o'rtasida joylashgan. Uning maydoni 15 300 km². Toshkent viloyati hududining katta qismi tog„ oldi tekisligidir. Shimoliy va shimoli-sharqda - balandligi 4299 m gacha bo'lgan G'arbiy Tyan-Shan tizmalari.Viloyat shimoliy va shimoli-g'arbiy qismida Qozog'iston bilan, shimolisharqida - Qirg'iziston bilan, sharqida - Namangan viloyati, janubida - Tojikiston, janubi-g'arbiy qismida - Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh.Ikki tomondan Toshkent viloyati Farg'ona va Mirzacho'l iqtisodiy-geografik rayonlariga tutashgan, qolganlari Qozog'iston va Tojikiston bilan chegaradosh. Viloyat hududi turli xil relef bilan ajralib turadi, bu sanoat va qishloq xo'jaligi uchun beqiyos afzalliklarni yaratadi. 100-150 km dan ortiq masofada Chirchiq va Ohangarondan Sirdaryoga qadar bo'lgan vodiylarda relef kamayadi, bu esa sun'iy sug'orish uchun juda qulaydir. Chirchiq va Ohangaron daryolari tog'lardan kelib chiqadi (yog'ingarchilik miqdori 500-700 mm) va dalalarni sug'orishdan tashqari elektr energiyasini ishlab chiqarishda ham muhim rol o'ynaydi. Toshkent viloyati toza ichimlik suvi bilan yaxshi ta'minlangan. Chirchiq daryosining yuqori qismida suvdan samarali foydalanish uchun 2,0 milliard kubometr suv o'tkazadigan Chorvoq suv ombori, Ohangaron daryosining o'rta qismida Tuyabo‟g‟uz suv ombori ("Toshkent dengizi") qurilgan. Minerallarning xilma-xilligi jihatidan boshqa biron bir mintaqa Toshkent iqtisodiy va geografik rayoni bilan taqqoslana olmaydi.
- Ko’lbuloq- Ilk paleolit davriga oid yodgorlik. Toshkent viloyati hududida Chotqol tog„ tizmasi yonbag„rida, Ohangaron daryosining o„ng qirg„og„ida, “Geolog” shaharchasidan 2 km shimoli-g„arbda joylashgan.Ko„lbuloq makoni Qizilolmasoyning Jarsoy o„zani sohilidagi Ko„lbuloq yaqinida (1962) topilgan. M.R.Qosimov (1963–83) keng tadqiqot ishlari olib borgan. 600 kv. metrdan ziyod maydon ochib o„rganildi va 49 ta madaniy qatlam aniqlandi. Bu qatlamlardan 3 tasi so„nggi paleolit, 21 tasi o„rta va 23 tasi ilk paleolit davriga xos deb topildi. Ilk paleolit qatlamlaridan 3000 dan ziyod tosh qurollar, hayvon suyak qoldiqlari topildi. Yodgorlikning o„rta paleolit davriga oid qatlamlaridan qirg„ichlar, paykonlar, retushli plastinalar, tosh bigizlar, shuningdek quyon va sug„ur suyaklari topilgan. Ko„lbuloq makoni odamlari bu davrda arxar, it, jayron, sug„ur, quyon, cho„chqa, ot, tur, tog„ echkini ov qilga n. Shuningdek, bo„ri, sirtlon, tulki, shoqol, ko„rshapalak, kaklik suyaklari aniqlandi. Ko„lbuloq makoni odamlari ovchilik bilan bir qatorda yovvoyi o„simliklar, boshoqlar, mevalar, yong„oqlar, ildizlarni ham terib eyishgan. Buni Ko„lbuloq makonidan topilgan tosh yorg„uchoqlar isbotlaydi. Ko„lbuloq makoni odamlari taom tayyorlashda olovdan keng foydalanishgan. Muste davridagi neandertallar teridan kiyimlar tayyorlab kiygan. Tosh qurollarga berilgan ishlov texnikasiga ko„ra, Ko„lbuloq tosh “industriyasi” o„ziga xos sifatlarga ega bo„lib, olimlar tomonidan Ko„lbuloq makon-ustaxonasi maqomini olgan. Ko„lbuloq makonining yuqori qatlamlari 1,5-2 m qalinlikda so„nggi paleolit davriga oid bo„lib, u 600 m.kv. maydonda o„rganilgan. Qazishma chuqurlashgan sari uning maydoni qisqarib borgan. Ko„lbuloq makonining yaqin 11 metr qalinlikdagi o„rta qatlamlari muste davriga oid bo„lib, uning ostidan 0,7 -0,8 m qalinlikdagi toza qumli loy qatlami topilgan. Uning ostidan esa 5 m qalinlikdagi ashel davriga tegishli quyi qatlam ochilgan.Tadqiqotchilar fikriga qaraganda, Ko„lbuloq makonida, ajdodlar hayoti quyi sheystosining so„nggi bosqichidan to yuqori pleystotsenning oxirigacha davom etgan, ya‟ni Ko„lbuloqda hayot bundan rosa 600-700 ming yil avval boshlanib, to mil.av.40-ming yillikkacha davom etgan. Ko„lbuloq makonining har bir davr qatlamlaridan juda boy tosh qurollar va tegishli hayvon suyaklari topilgan. Muste va yuqori paleolit qatlamlaridan esa o‟choq qoldiqdari, kuygan hayvon suyaklarining parchalari topilgan.Ko„lbuloq va uning shimoliy tomonidagi Qizilolma arxeologik maskanlarida O„zbekistonlik olimlar ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Qazuv ishlarida Rossiya, Yponiya, Belgiya, Xitoy, Germaniya, Qozog„iston va boshqa davlatlardan kelgan mutaxassislar ham ishtirok etayotir. Ularning fikricha, bu erdan topilayotgan tosh qurollarning yoshi 26-27 ming yil ilgari hukm surgan yuqori ashel va must‟er davrlari bilan bog„liq. Ko„lbuloq manzilgohiga dastavval arxeolog K.A.Amanjo„lov tomonidan arxeologik yodgorlik sifatida ilmiy tus berildi va uning qatlamlarini davr-lashtirish ishlari 1961 yilda G.F.Tetyuxin, M.X.Godin va D.I.Husanboevlar tomonidan amalga oshirildi. Professor Isomiddin YOrmatovning yozishicha, ushbu maskan 1972, 1975 va 1981 yillarda M.R.Qosimov rahbarligidagi paleontologik otryad tomonidan, 1980 yilda esa geomineralog X.A.To„ychiev tomonidan paleomagnit usuli bilan qayta o„rganildi. Bunday izlanishlar 2000 yilda akademik Yu.F.Buryakov tomonidan davom ettirildi, Angrendagi sobiq Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti tarix fakulteti o„qituvchisi K.A.Kraxmal boshchiligidagi arxeologik otryadlar ham 2003-2009 yillarda ish olib borib yangidan-yangi ilmiy xulosalarni qo„lga kiritdilar.1961 yilda qazish mazkur maydonning shimoliy chekkasidan boshlangan. Bo„yiga 10-12 metr, eniga 5-6 metr, chuqurligi hozirgi kunda 7 metr bo„lgan bu maskanning to„rtta quyi qismi ashel, beshta o„rta qismi muste, uchta ustki qismi esa yuqori paleolit davriga mansub. Olimlarning fikricha, Ko„lbuloq manzilgohi o„ralgan panjara bilan Qizilolma oltin koniga olib boradigan tosh yo„l oralig„ida ikkita qadimiy mug„xona mavjud. I.Yormatov shu o„rinda 2006 yilning 6 aprel kuni akademik Yu.F.Buryakov va arxeolog K.A.Kraxmallar bilan birga mazkur mug„xonalar ziyoratida bo„lgani haqida yozadi. Mug„xona – islomgacha bo„lgan dafn inshoati. Ma‟jusiylik davrida bir necha mayitlar bir mug„xonaga yonma-yon ko„milgan. Zardushtiylik davrida esa marhumning suyaklari sopoldan yasalgan qopqoqli maxsus idish – ostadon (assuariy)ga solib ko„milgan.Yu.F.Buryakovning o„sha kuni aniqlashicha, Ko„lbuloq yonidagi bo„yi 2,28 m., eni 2,10 m., chuqurligi 1,85 m. bo„lgan, chekkalari tosh qalab ko„tarilgan bir mug„xona qurilishi jihatidan IV–V asrlarda yashagan sak qavmiga mansub. U kishining aytishlaricha, bu qadimiy yodgorlik arxeologlarga tariximizning juda ko„p qorong„i nuqtalarini oydinlashtirib berishi mumkin. Buning uchun hozirgi shag„al yo„lni zudlik bilan Qizilolmasoyning o„ng qirg„og„iga o„tkazish lozim.Ko„lbuloqdan sizib chiqayotgan muzday shaffof suv tarkibida rodon mavjud. Buloqdan taxminan o„n besh-yigirma metr shimolda joylashgan, hozirda tashlandiq holga kelib qolgan, toomi shiferli bino X.A.To„ychiev tomonidan mamlakatimizdagi buloqlar va boshqa suv manbalarini paleomagnit usuli bilan o„rganish maqsadida qurilgan 21 ta inshootning biri. Suv bo„yida yaqinyaqingacha bahaybat terak hayqirib o„sar, tanasiga ikki-uch odamning qulochi etmaydigan bu azim daraxt kim tomonidan va qachon ekilganini keksalarimiz aytib berolmasdi.
- Obirahmat-Yodgorlik Ya.G‟.G‟ulomov rahbarligida Burchmulla qishlog‟i atrofidagi Tyanshanning janubi-g‟arbiy tizmalari va Chorvoq suv ombori hududlarini o‟rganish jarayonida ochilgan. G‟or Toshkent shahridan 100 km sharqda joylashgan. Obiraxmat g‟ori yumaloq shaklli ohaktosh qoyasida shakllangan ayvon bo‟lib, og‟zi janubga qaragan: eni 20 m, chuqurligi 9 m, shiftining maksimal balandligi 11,8 m. Qatlamlarining qalinligi 10 m va ular 21 ta litologik qatlamga ajratilgan. Qatlamlarning paleolit davriga oid qalin madaniy qoldiqlarga egaligi qadimgi odamlarning bir necha o‟n ming yilliklar davomida moddiy-madaniy jihatdan dinamik evolyusiyasini kuzatish imkonini beradi. Yodgorlik arxeolog, olimlar X.K.Nasriddinov, M.M.Gerasimov, A.R.Muxamadjonov (1963 y.), hamda R.H.Sulaymanovlar tomonidan o‟rganilgan (1964-1965 y.) keyingi yillarda yodgorlik T.Omonjulov va K.A.Kraxmallar tomonidan ahyon-ahyonda (1966-1986 y.) tadqiq qilingan. R.H.Sulaymanovning Obiraxmatdagi ilmiy faoliyati 1964-1965 yillarga to‟g‟ri keladi. Tadqiqotchi g‟ordagi qazishmalar jarayonida tosh buyumlarni texnik -tipologik tadqiq qilar ekan, Obiraxmat g‟or makoni industriyasining mohiyatini tushuntirib bera oldi. Shuningdek, R.H.Sulaymanov tomonidan Obiraxmat g‟orida 10 m qalinlikda joylashgan 21 ta buzilmagan kul rangli yoki to‟q jigar rangli madaniy qatlamlar mavjudligi aniqlandi. Ushbu madaniy qatlamlarning bir qismi o‟rta asrlarda qilingan yer osti handaq tufayli buzilgan edi. Madaniy yotqiziqlarning quyi qismi (15-21 qatlamlar) cheklangan maydonda ochilgan. Qatlamlardan yig‟ib olingan tosh industriya gomogen xarakterda bo‟lib, bu ularning o‟n ming yillar davomida o‟zining texnik an‟analarini saqlab qolgan yagona paleolit davri industriyasi ekanligi ma‟lum bo‟ldi. Obiraxmat g‟ori arxeologik materiallarini ilmiy ishlov berishda matematik-statistik uslub muvaffaqiyat bilan qo‟llanilgan.Ma‟lum qilinishicha, Obiraxmatning industriyasi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning gardishsimon hamda levallua texnikasi aralashgan plastinasimon industriyalari qatoriga kiradi. Obiraxmat makoni industriyasi qurollari uchun retushlangan plastinalar, uzunchoq paykonlar, kesgichlar xarakterlidir. Shuningdek, uchlari yo‟nilgan plastinalar ham ko‟pchilikni tashkil qilib, ular yog‟ochga ishlov beradigan tosh randalar (скобели и стругии) deb talqin qilingan. Bundan tashqari, to‟plamda qirg‟ichlar, kam sonli yo‟nilg‟i uchlarida shakllantirilgan va yirik qirg‟ichchalar ham mavjud. Ammo, eng muhimi bu yerdagi 10 m qalinlikdagi qatlamlarda tosh inventarlar qatlamdan qatlamga asta-sekin rivojlanib, o‟zgarib boradi. Uchirindilar olishga mo‟ljallangan nukleuslar soni sistematik ravishda kamayib boradi va prizmatik plastinalar chaqmoqlanadigan o‟zaklar soni oshib boradi. Qirg‟ichlar va retushlangan uchirindilar nisbati kamayadi hamda so‟ngi paleolit davri uchun xos tosh qurollar soni ortadi, shu jumladan, kombinasiyalashgan tosh qurollar ham. Obiraxmat g‟orining industriyasi quyidan yuqoriga qarab 5 ta ketma-ket xronologik kompleksga ajratilgan. Quyi kompleks (A) o‟rta paleolitning finali; ikkinchi (B) – o‟rtadan so‟ngi paleolitga o‟tish davri, deb tasniflangan; yuqori – V, G va D komplekslari esa Obiraxmat g‟orining so‟ngi paleolit davri bosqichi, deb tasniflangan. Texnik-tipologik ko‟rsatgichlariga ko‟ra Obiraxmatning industriyasi Teshiktosh, Xo‟jakent, Janubi-G‟arbiy Farg‟ona materiallariga o‟xshash deb topilib, yagona Obiraxmat madaniyatiga birlashtirilgan.O‟rta va so‟ngi paleolitga oid tosh qurollar hamda uchirindilar va plastinalar nisbatini hisoblab chiqish natijasida yuqorida tilga olingan Obiraxmat madaniyati yodgorliklarida ularning foiz nisbati turlichaligi aniqlandi. Bu holat ularning davriy ketma-ketligini aniqlash imkonini berdi. Ulardan eng arxaigi Teshiktosh, so‟ngra Janubiy Farg‟ona, Xo‟jakent va eng taraqqiy etgan kompleks esa Obiraxmat g‟ori industriyasi ekanligi aniqlandi. Obiraxmat industriyasining barcha qatlamlarida kuzatiladigan asosiy xususiyati o‟rta hamda so‟ngi paleolit davriga xos texnologik va tipologik belgilarning birga kelishidadir. To‟plamning yetakchi o‟rin tutadigan nukleuslari orasida so‟ngi paleolitga oidlari, avvalombor, ensiz o‟zaklar , nukleus -kesgichlar, prizmasimonlar va uchirindilardan yoki yirik plastinalardan ishlangan turli xil mikronukleuslar egallaydi. Biroq, o‟rta paleolitga xos yo‟nilg‟ilarni yuza bo‟ylab chaqmoqlash strategiyasi saqlanib qoladi.Levallua tipidagi o‟zaklar kam sonli bo‟lib, aksariyat hollarda ular so‟ngra plastinalar yoki plastinkalar olishga mo‟ljallangan so‟ngi paleolitga xos ensiz nukleuslarga aylantirib yuborilgan. Obiraxmat industriyasi yo‟nilg‟ilari orasida plastinalar muhim o‟rin tutadi va asosiy tosh qurollar ham ulardan ishlangan. Yodgorlikning ko‟pgina qatlamlarida plastinalar nisbati 50 % dan oshiqni tashkil qiladi.Yodgorlikning tosh qurollari deyarli bir xil shaklli. Eng ko‟p sonni paykonsimon qurollar (retushlangan paykonlar, uchli plastinalar), retushlangan plastinalar, kesgichlar (ko‟pincha yonlama tipdagi) tashkil etadi. Tosh qurollarning sezilarli qismini tashkil qiladigan qirg‟ichchalar tipologik jihatdan unchalik yorqin emas. Levallua shakllar kam sonli va ular asosan, uzunchoq ko‟rinishda. Qirg‟ichlar yodgorlikning barcha qatlamlarida mavjud bo‟lib, asosan plastinasimon yo‟nilg‟ilardan ishlangan, ko‟pincha ularni retushlangan plastinalardan ajratish qiyin. To‟plamda tipologik jihatdan yorqin kichik hajmli muste tipidagi paykonlar katta o‟rin egallaydi. Obiraxmatda olib borilgan tadqiqotlar natijasida ushbu hududlarga o‟rta paleolit davri odamlarining migrasiyasi haqidagi g‟oya ilgari surildi. Bu so‟ngi paleolit davriga o‟tish davrini o‟zida aks ettirgan, umumiy asosga ega bo‟lgan va konvergent rivojlangan Yaqin Sharq, O‟rta Osiyo va Oltoy industriyalarining o‟xshashliklariga asoslangan edi. Ta‟kidlanishicha, madaniyatlar evolyusion o‟zgarishlarining konvergentligi umumiy asoslaridan tashqari, o‟xshash paleoekologik sharoitlar bilan ham xarakterlanadi. Shu ma‟noda, Levant, Oltoy hamda O‟rta Osiyo qadimgi aholisi tog‟larda va tog‟oldi hududlarida yashagan bo‟lib, bu joylarda tabiat o‟zining murakkab tuzilishi va juda turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Birgina, vodiyda bir vaqtning o‟zida igna va yapoloq bargli o‟rmonlar, mayda bargli tayga o‟simliklari, quruq dasht va o‟tloq dashtli assosasiyalar hukm surgan. Bu holat ibtidoiy odamlarga turli fasllarga qarab o‟zlari uchun qulay ekologik muhitni tanlash imkonini bergan. Shunday qilib, Yaqin Sharqdan migrasiya qilgan guruhlar aholisining madaniy evolyusiyasi o‟xshash ekologik sharoitlarda sodir bo‟lgan va bu (populyasiyalarning filogenetik va madaniy yaqinligidan tashqari) so‟ngi paleolit davri madaniyatlarining shakllanishidagi umumiy adaptasion jarayondir degan xulosaga kelindi
- Qizilolmalisoy-Ko„lbuloqdan taxminan uch yuz metr shimoldagi “Qizilolma” oltin koni atrofida ajdodlarimizga tegishli yana bir qo„hna manzilgoh mavjud. Olimlarimiz noyob Qizilolma arxeologik topilmasi deb atayotgan bu manzilgohda dastavval kramanon va neandertal odamlar, keyinchalik, eramizning IV asridan boshlab, oltin ishlab chiqaruvchi kaloniyalarning konchilari istiqomat qilganlar. Arxeologlarning ilmiy kuzatishlariga tayanib, mazkur ko„hna istiqomatgohni quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Qadimgi oltinpazlar turar joylarni yarusli (qiyalik bo„ylab zinasimon) qurib, Qizilolmasoy suviga iloji boricha yaqin yashashga harakat qilganlar. Ular bola-chaqasi bilan shu yaqin atrofdagi kondan qazib olingan ma‟danni maydalab tuyib, Qizilolmasoy suvida yuvishgan. Ma‟dan tarkibidan tillani ajratib olishda ikkinchi ibtidoiy usul - handaq (katakomba)dan ham keng foydalanilgan. Bu usulga ko„ra qazilgan o„raning bir chekkasidan shamol kirishi uchun sopol quvur o„rnatilgan va archaning shox va g„o„lalari ustiga metalli qotishmalar terilib, usti teri va tuproq bilan yopilgan. Archa g„o„lalarining yonishidan chiqqan katta harorat ta‟sirida tabiiy qotishma erib, tilla kul orasiga ajralib chiqqan.Qizilolma manzilgohida ko„p odam yashagan. Bunday deyishga sabab, vafot etganlar shu erning o„ziga emas, 300 metrcha quyidagi Ko„lbuloq atrofiga olib borilib, ma‟jusiylik e‟tiqodi an‟analariga binoan mug„xona usulida dafn etilgan. Qizilolma va Ko„lbuloq manzilgohlari 2007, 2008 va 2009 yillarning iyulavgust oylarida Rossiya Fanlar akademiyasi Novosibirsk filialiga qarashli Arxeologiya va etnografiya institutining katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Kseniya Anatolevna Kolobuva boshchiligidagi xalqaro arxeologik ekspeditsiya tomonidan zamonaviy qazuv metodlari asosida sinchiklab o„rganildi.2007 yilgi ekspeditsiya tarkibida Belgiya Qirollik muzeyining ilmiy xodimi V.Damyan, shuningdek, Eron, Qozog„iston, Yaponiya, Qirg„iziston, Germaniya va boshqa davlatlardan kelgan mutaxassislar faoliyat ko„rsatgan bo„lsa, 2008 va 2009 yillarda K.A.Kolobuva va V.Damyandan tashqari Italiya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Xitoy, Janubiy Koreya va Qirg„iziston arxeologlari qazuv ishlarida ishtirok etdilar. I.Yormatovning yozishicha, ekspeditsiya rahbari K.A.Kolobuvan ing qazish natijalari bo„yicha Yevropa davlatlari va AQSH ilmiy jurnallarida e‟lon qilingan xulosalariga juda ko„p davlatlardagi mutaxassislar qiziqib, unga xat yozmoqdalar va Ohangaron tumaniga kelib ishlash istagini bildirmoqdalar. K.A.Kolobuvaning gaplariga qaraganda, uning ekspeditsiyasi xarajatlari uchun Rossiya Fanlar akademiyasi o„n ming dollar, Belgiya Qirollik muzeyi o„n ming evro ajratgan. Konchilarning qadimiy qo„rg„onidan g„arb tomonga - Qizilolmasoyning o„ng qirg„og„iga yana 300 metrcha ko„tarilsangiz, Ohangaron vohasidagi eng qadimiy maskan – must‟er davrida odamlar yashagan arxeologik makonga duch kelasiz. Ilgari shunday edi. Ammo hozir u erga kimdir mol boqish uchun 50 -60 sotix maydonni devor o„rab turar-joy va molxona qurib olgan. Must‟er va paleolit davri obidasi shu tariqa buzilgan, tuproqlari molxonaga loy qilib ishlatilgan.
- Qo’shilish-arxeologik yodgorlik hisoblanadi. Mezolit davri (mil.av. 12-ming yillik)ga oid ibtidoiy odamlar manzilgohi. Bo‟zsuv kanalining chap sohili, Qo‟shilish mavzesida joylashgan. Arxeolog V.A.Zaxarevich topgan (1966 y.). 1967 yilda I.Islomov tomonidan tekshirilgan. Qo„shilish manzilgohidan
toshdan ishlangan mehnat qurollari, ibtidoiy odamlar iste‟mol qilgan hayvonlarning suyak qoldiqlari topilgan va o„rganilgan. Hamma mehnat qurollari (qirg„ichlar, iskana, o„roq, randa, pichoqsimon qurollar va b.) mayda tosh parchalari, qisman plastinkalardan tayyorlangan. Ixcham uchburchak mehnat qurollari ham uchraydi. Qo„shilishni o„rganish so„nggi paleolit davridan boshlab Toshkent hududida uzluksiz odam ashaganligidan dalolat beradi.Yurtimizdagi mezolit davriga oid yana bir qiziqarli yodgorlik Toshkent atrofidagi Bo„zsuv vodiysida va shu nomli daryoning chap qirg„og„ida joylashgan Qo„shilish makonidir. Yodgorlik 1966 yil geologlar tomonidan ochilib, 1967 yilda I.Islomov tomonidan o„rganilgan. Qazish ishlari natijasida lessimon loy yotqiziqda qisman saqlangan madaniy qatlam mavjudligi aniqlangan. Qatlamdan 200 ta chaqmoqtoshdan ishlangan tosh buyumlar, bir nechta hayvon suyaklari qoldiqlari topilgan va bu suyaklar orasida R.K.Qambariddinovning aniqlashicha, xonaki ho„kizga tegishlilari mavjud bo„lgan. Tosh buyumlar orasida plastinalardan ishlangan uchburchak qurollar, uchirindilardan yasalgan pakki-pichoqsimon qirrali o„tkir tig„li qurollar, ko„plab qirg„ichchalar, tosh randalar, sanchqilar va turli xil nukleuslar uchraydi. I.Islomovning fikricha, Qo„shilish makoni yodgorlik qatlamlarining geologik tasnifi jihatidan O„rta Osiyo shuningdek Shanidar, Palegavra, Gari Kamarband va boshqa O„rta Osiyo hamda Yaqin Sharqdagi boshqa mashhur 34 yodgorliklar bilan taqqoslash asosida ilk mezolit davri bilan sanalanishi mumkin. Bu yodgorlikning sanasi mil.avv. X-IX ming yilliklar bilan belgilangan. Biroq, G.F.Korobkovaning ta‟kidlashicha, I.Islomov tomonidan keltirilgan Qo„shilish yodgorligining sanasi biroz qadimiylashtirib yuborilgan. Bu birinchidan, I.Islomov o„zi ta‟kidlaganidek, madaniy qatlamning ustida yotgan uch metrlik lyoss, agar ushbu hududda lyos hosil bo„lishi tezligini hisobga olsak, yodgorlikning qadimiyligini belgilashi shart emas. Ikkinchidan, Qo„shilishning industriyasida so„nggi mezolit davri xarakteriga ega bo„lgan buyumlar ko„p uchraydi: mitti uchburchak qurollar, plastinalarning uchida ishlangan yon qirralarida retushsiz qirg„ichchalar. Uchirindilardan ishlangan yumaloq qirg„ichchalarning ko„pligi, o„yib-kertib ishlangan qurollarning, kesgichlarning, uchlari yo„nilgan qurollarning hamda yupqa va qalamsimon nukleuslarning yo„qligi so„nggi mezolitga xos belgilardir. Uchinchidan, Qo„shilish industriyasi uchirindilardan ishlangan ko„plab yumaloq qirg„ichchalarga, pakki-pichoqsimon o„tkir tig„li qurollar va ayrim mitti geometrik mikrolitlarga ega bo„lgan Markaziy Farg„ona so„nggi mezoliti bilan davriy taqqoslanishi mumkin. Yodgorlikni Shanidar, Palegavra va Gari Kamarband bilan taqqoslash esa hech qanday asosga ega emas. To„rtinchidan, Qo„shilishning qatlamidan topilgan xonaki ho„kizning suyak qoldiqlari O„rta Osiyoda ancha keyingi davrlarda uchraydigan hodisadir. Yuqorida ta‟kidlangan dalillar Qo„shilishni so„nggi mezolit bilan sanalashga asos bo„la oladi. Yodgorlikning genezisi masalasi ham munozaralidir. Masalaning murakkabligiga qaramasdan, I.Islomov uning ildizlarini mahalliy levallua muste hamda so„nggi paleolit madaniyatlarida, deb hisoblaydi va uni Toshkent variantiga kiritadi. Hozirda Qo„shilish makoni materiallarini ular juda kam sonli bo„lganligi sababli O„rta Osiyoning boshqa yodgorliklari bilan taqqoslashning imkoni yo„q va uning genezisi masalasini ko„tarib chiqishga asos yo„q, deb hisoblaymiz.3. Markaziy Osiyo ko‟hna sa‟natning muhim qismi joylashgan mintaqa hisoblanadi. G‟arbiy Tyanshanda qadimiy surat va qoyatosh yozuvlari eng ko‟p tarqalgan tarixiy obidalardir. Bugungacha topilgan qoyatoshlarga bitilgan surat va yozuv namunalarining umumiy soni o‟n mingdan oshib ketgan. Bu bebaho moddiy boyliklar nafaqat son jihatidan, balki xronologik qamrovi, mavzuning rang –barangligi, har bir tasvirning o‟zigaa xosligi, badiiy darajasi va mahobati bilan ajralib turadi. Toshkent atrofidagi ayrim qoyatosh suratlari Markaziy Osiyoning ko‟pgina hududlarida topilgan petrogliflar orasida ko‟rinishi va tasvirlarning o‟ziga zosligi bilan ajralib turadi va betakror hisoblanadi. Olimlar bu hududdan ham umumiy va o‟ziga xos jihatlarga ega qadimiy qoyatosh suratlarining boy manbalaarini aniqlaashgan. Bular jumlasiga Xo‟jakent, Qoraqiyasoy, Boshqizilsoy, Chotqol, Parokandasoy, Ohangaron va boshqa hududlardan topilgan petrogliflar shular jumlasiga kiradi. Toshkent vohasidan, G‟arbiy Tyanshnadan topilgan qadimiy qoyatosh yozuv va suratlar XX asrning 50-yillari boshida Chirchiq daryosining yuqori oqimida olib borilgan arxeologik ishlanishlar paytida topilgan.Tadqiqotchi – arxeolog X.Alpisboyev mahalliy aholi vakillaridan xalifa Alining afsonaviy oti – Duldulning izlari qoyatoshlar qolib ketgan degan afsonalarni eshitib, qoyatosh suratlarini o‟rganishga kirishadi. Qoyatosh suratlarida tasvirlangan hayvon tog‟ qo‟yi yani arxarning burama shohlarining izi ekanlini aniqlaydi. Mazkur izlanishlar natijasida olim bu yerda topilgan 23 ta suratni qayd etadi. Bu suratlarni boshqa topilmalar bilan qiyoslab, ushbu topilmalar miloddan avvalgi I asrga mansubligini aytib o‟tadi. Olimning Xo‟jakentda olib borgan izlanishlari yakuniga etmagaan. Shunga qaramasdan Xo‟jakent qoyatosh suratlari ilk bor shu tariqa kashf etilgan. 1958 yili Toshkent viloyati Bo‟stonliq tumanidan T.A‟zamxo‟jayev tomonidan ulkan petrogliflar to‟plami topilgan. Ushbu topilma haqida muallif tomonidan berilgan ma‟lumotga ko‟ra, Uzunsoy daryosining yuqori oqimida joylashgan Chimboyliq qishlog‟idan 18 -20 kilometr shimoldagi tog‟ning tepasi va janubiy yon bag‟rida tog‟ qo‟ylari, tog‟ echkilari, bug‟ular, itlar, yirtqich hayvonlar, otlar kabi hayvonlar aks ettirilgan 250 dan oshiq qoyatosh – lavhalar topilgan. Ushbu topilgan qoyatosh – lavhalarda turli hayvonlardan tashqari ov, mol haydash, yirtqichlar hujumi kabi boshqa holatlar ham tasvirlangan. Tadqiqotchi tomonidan shunday lavhalar aks ettirilgan 30 dan ortiq qoyatoshlar o‟rganib chiqilgan va ularni suratga olib borgan. Qoyatosh suratlarining paydo bo‟lish davri haqida T.A‟zamxo‟jayev “Dastlabki ma‟lumotlarga ko‟ra, biz o‟rgangan suratlar bronza va ilk saklar yashagan davrga , ya‟ni miloddan avvalgi II asr oxirlari – I asr boshlariga to‟g‟ri keladi” – degan fikrlarni aytib o‟tadi.Toshkent vohasidagi tarixiy yodgorliklarni o‟rganish ehtiyojidan kelib chiqib, XX asrning 60-yillarida arxeologik ekpeditsiyalar tashkil etiladi. Ushbu ekspeditsiya tomonidan Piskom, Ko‟ksuv, Chotqol, Chimyon daryol ari havzasida, shuningdek, Qorasuv, Kungara tog‟larida, Ohangaron, Arashansoy vodiysi hamda Toshkent viloyatining boshqa hududlarida ko‟plab qoyatosh suratlari ishlangan joylar qayd etilgan.
- Qang’-Qang‟ davlati miloddan avvalgi III asr boshlarida Sirdaryoning o‟rta oqimida ko‟chmanchi chorvador Sak qabilalari ittifoqi asosida tashkil topgan. Tarixda bu davlat “Qang‟”, “Qanqa”, “Qanha” nomlari bilan yuritilgan. Qadimgi Xitoy manbalarida bu davlat “Kangyuy”, “Kandzyuy”, “Yuni”, rus manbalarida “Kangyuy” degan nomlar bilan tilga olingan. Aholisi qang‟ar, qayg‟arlik, qang‟li, qanqali, qani kabi nomlar bilan yuritilgan. Qang‟ davlatining dastlabki hududiga qadimgi Choch (Toshkent) vohasi, Talos vodiysi va Chu daryosining quyi oqimi kirgan. Qang‟ yabg‟ularining yozgi qarorgohi Qorako‟l (Issiqko‟l)da Beshqoq degan yaylovda (hozirgi Bishkek yaqinida), qishki qarorgohi esa Ohangaron vodiysida Bitan xitoycha Bityan deb atalgan joyda bo‟lgan. Xitoy manbalarida Qang„ davlati Kanguy yoki Kansuy deb atalgan. Xitoytarixchisi Si Ma Syan o„z xotiralarida kanguylarning joylashishi, harbiy kuchi, urfodati, ularga qo„shni xalqlar haqida qisqacha ma‟lumot beradi. Kanguylar haqida batafsil ma‟lumot Ban Gu asarida va boshqa Xitoy mualliflarining asarlarida berilgan.Kanguylarning xo„jaligi, madaniyati va turmush tarzi haqida arxeolog olimlarning qovunchi madaniyatiga oid yodgorliklarda olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari taxsinga sazovar. Qanguy davlati va uning tashkil topgan hududi masalasida yaqingacha S.P.Tolstov fikriga suyangan holda O„zbekiston tarixida noto„g„ri tasavvurlar hukmron bo„lib keldi. Ammo, keyingi yillarda Toshkent vohasi va Janubiy Qozoqistonda olib borilgan keng ko„lamli arxeologik qazishmalar Kanguy davlatining joylashgan hududi haqida tarixiy haqiqatni yuzaga chiqardi. Bu masalada Ya.G„.G„ulomov, S.G.Klyashtorniy, Yu.F.Buryakov, K.Sh.SHoniyozov, M.I.Filanovich va boshqalar katta ish qildilar.Avestoda Kanxa, Ptolemeyda “kandar” (qang„ar), “Shohnoma”da turlar deb nomlangan qabila aslida saklar edi. Turon podsholarining bosh shahri Qang„diz –hozirgi Toshkent viloyatining Oqqo„rg„on tumanida joylashgan Qang„a shahar xarobasi ekanligi aniqlandi. Xitoy manbalariga ko„ra, qang„arlarda davlat bo„lganligi haqida ma‟lumotlar bor. Iskandar harbiy yurishlaridan keyin O„rta Osiyoning qadimgi erksevar ko„chmanchi qabilalari janubda Yunon-Baqtriya davlati tashkil topgach, darhol shimolda ko„chmanchi qabilalar va o„troq aholi mahalliy hokimliklari ittifoqi asosida o„z davlatini tuzadilar. Bu davlat yarim o„troq, yarim ko„chmanchi qabilalar konfederatsiyasi sifatida tashkil topgan Qang„ davlati edi. Muntazam harbiy kuchga ega bo„lgan bu davlat O„rta Osiyo janubida tarkib topgan yunonlar hukmronligiga qarshi qaratilgan edi.Shunisi alohida tahsinga sazovarki, bu davlat aholisi ikki tilda (sug„diy va turkiy) so„zlashuvchi qabila va elatlardan tashkil topgan bo„lib, bu zaminda yashovchi qadimgi eroniy tillarda so„zlashuvchi tub joyli xalqlarning Janubiy Sibir, Oltoy, janubiy-sharqiy O„ralorti, Sharqiy Turkiston va Ettisuv viloyatlarida yashavchi turkiy qabilalar bilan aloqalari, yaqinlashish jarayonlari jadallashadi.Natijada, miloddan avvalgi III–asrdan boshlab Sirdaryoning o„rta oqimi rayonlarida turkiy tilda so„zlashuvchi yangi etnos vujudga kela boshlaydi.Milodning boshlariga kelganda bu yangi etnos son jihatidan ko„payib, O„rta Osiyoning ikki azim daryolari oralig„ida va ularning tevarak-atrof rayonlarida o„z ustunligini ta‟minlaydi va ular alohida qang„ar elati bo„lib shakllanadi. Ana shu elat birligi asosida tarkib topgan siyosiy uyushma, ya‟ni o„zbek davlatchilik tizimining boshlangich kurtagi mana shu Qang„ davlati edi.Qadimgi manbalarda Qang„ davlatining qanday idora qilinganligi, davlat tuzilishi qanday bo„lganligi to„g„risida ma‟lumotlar etib kelmagan. Ammo,to„ng„ich Xan sulolasi tarixida (miloddan avvalgi II-I asrlarda) Kanguy podshosi o„z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutishi haqida eslab o„tiladi. Osiyocha ishlab chiqarish prinsiplari asosida tashkil topgan Qang„ davlatida oqsoqollar kengashi katta rol o„ynagan. Bu kengashda qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol qatnashib, muhim davlat ahamiyatiga molik masalalar hal etilgan. Podsho hokimiyati maslahat majlisi (anchumana) bilan hamnafaslikda ish yuritgan.Bunday boshqaruv uslubi tarixda harbiy demokratiya prinsiplari asosida tashkil topgan davlat tizimi deb nom olgan.Qang„ davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlardan tashkil topgan edi.Ular agar chorvador qabilalarga tegishli mintaqalar bo„lsa, ularni boshqarish jabg„u (yabg„u)larga topshirilgan. Qang„ hoqonlari mamlakatni ana shu jabg„ularga tayanib boshqarar ekan, ular, odatda, hoqonlarga yaqin kishilardan, ularning qavmu-qorindoshlaridan, yirik urug„ va qabila boshliqlaridan tayinlangan. Qang„ davlati tarkibida bo„lgan o„troq aholi viloyatlarini boshqarish esa mahalliy hokimliklar tasarrufida qoldirilib, ular hoqon tomonidan tayinlangan tudunlar nazoratida markaziy hokimiyatga muntazam ravishda soliq (boj) to„lab turgan. Ana shunday tobe viloyatlarga qadimgi Xorazm, Sug„d viloyatlari, O„rol tog„oldi rayonlari (alanlar, yan qabilalari) kirgan.Qadimgi Xitoy manbalarida Qang„ davlatining chegaralari aniq ko„rsatilmasada, ammo, miloddan avvalgi II-asrda Qang„ davlati Dovonning shimoliy-g„arbida bo„lganligi eslatib o„tiladi, ya‟ni “Kanguy Davan bilan chegaradosh” deyilgan. Milodiy I-III asrlarga oid kichik Xan sulolasi tarixida esa Sharqiy Turkiston viloyati shimolda “kang„uylar bilan chegaradosh” deyilgan.Xitoy elchisi Chjan Syan bergan ma‟lumotlarda g„arbiy meridional yo„li haqida gap ketganda, bu yo„l avval Davandan, so„ngra Kanguydan o„tib, Yansay (alanlar)yeriga o„tib boradi, deyilgan. Xitoy manbalariga ko„ra, Qang„ davlatining asosiy yerlari Toshkent vohasi, Janubiy Qozoqiston, Talos vodiysi, Chu daryosining quyi oqimlari, undan to Sarisuv daryosigacha bo„lgan hududlarni o„z ichiga olgan. Si Ma Syanning “Tarixiy xotiralar“ asarida yozilishicha Qang„ davlatining poytaxti ikkita bo„lgan. Manbada habar berilishicha, Kanguyning poytaxti Bityanda bo„lgan deyiladi. S.P.Tolstov ularni dastlab qadimgi Xorazmdan qidirdi. Ammo, yozmamanbalarni arxeologik yodgorliklar bilan qiyosiy o„rganish natijasida olimlar Bityan (Qang„diz) Xorazmda emas, balki Toshkent vohasida joylashganligini isbotladilar. Darhaqiqat, Qang„ davlatining qishki poytaxti sifatida Bityan aynan Toshkent viloyatining Oqqo„rg„on tumanida joylashgan Kankatepa shahar harobasi ekanligi aniqlandi.Qanqa, ya‟ni qadimgi Qang„diz (Bityan) qadimgi ipak yo„li yo„nalishida joylashgan, miloddan avvalgi III-asrda qad ko„targan yirik shahar bo„lib, uning bizgacha saqlanib qolgan maydoni 150 ga. Uning atrofi mudofaa devorlari bilan o„rab olingan. Shahar maydonida Qang„ hoqonining o„rdasi, shahar ibodatxonasi,savdo-sotiq va hunarmandchilik mavzelari, yo„llar, hovuzlar, bozor maydonlari,
turor-joy massivlari ochib o„rganilgan. V asr o„rtalariga kelib Qang„ davlati parchalanib ketadi, Qanqa esa endi Choch maliklarining poytaxti bo„lib qoladi.Bunday xulosaga kelishga guvohlik beruvchi qo„limizda ashyoviy dalillar bor,ya‟ni Qanqadan V asrga oid Choch malikalarining rasmi tushirilgan tangalar, loyga Choch malikalarining sur‟ati bosilgan buyumlar topilgan. Xitoy manbalarida Qang„ davlati hoqonlarining qishki poytaxti Bityandan boshqa yozgi qarorgohi ham bo„lgan deyiladi. Qang„ davlatining yozgi qarorgohi manbalarda eslatib o„tilgan Tarband (hozirgi O„tror shahri harobasi) shahri edi. Tarband toponimi VIII asrga oid turkiy tosh yozuvida “Qang„u-Tarband” deb eslatiladi. Tarband (O„tror) Qang„ davlati parchalanib ketgach (V asr o„rtalari), Choch davlatining tarkibida qoladi.Shunday qilib, Qang„ davlatining ikkita markazi bo„lgan. Ulardan biri Qanqa(Qang„diz) bo„lib, u Toshkent vohasida, Sirdaryoga yaqin yerda joylashgan. Bushahar arxeologik tadqiqot natijalariga ko„ra, miloddan avvalgi III–asrda bunyod etilgan bo„lib, u Qang„ podsholarining doimiy qarorgohi bo„lgan. Aris daryosining quyi oqimida joylashgan O„tror (Tarband) esa Qang„ davlati hoqonlarining yozgiqarorgohi bo„lgan. Qadimgi Xitoy manbalarida qang„arlarga qarashli 5 ta viloyat tilga olinadi. Ular Susie, Fumu, Yuni, Gi, Yuegan bo„lib, bu nomlar Xitoy tarixchilari tomonidan berilgan mahalliy nomlarning xitoycha tarjimalaridir.Tarixiy joylar va shaharlar nomlarini xitoylashtirish (shunday holat yunon tarixchilarida ham uchraydi) xansularga xos ulug„ Xitoy shovinizmining asosiy maqsadi edi. Afsuski, mahalliy nomlar bizgacha etib kelmagan. Ular haqidagi ma‟lumotlar xitoycha nom bilan qadimgi xitoy manbalarida uchraydi.Miloddan avvalgi I asr o„rtalarida to„ng„ich Xan sulolasiga mansub Xitoy imperatorlari Buyuk ipak yo„lining barcha bo„g„inlarida o„z nazoratini o„rnatish maqsadida avvalo xunlarni, so„ngra usunlarni o„ziga bo„y sundirish yo„lida siyosat yuritadilar. Miloddan avvalgi 59 yilga kelib, ular Tyanshan orqali o„tgan shimoliy yo„lning Yorkentgacha bo„lgan qismini egallaydilar. Xuddi shu kezlarda usun va xun munosabatlari keskinlashgan edi. Bundan foydalangan Xitoy usunlarni o„ziga ittifoqchi qiladi. Qang„arlar esa xunlar bilan ittifoqda bo„lib, usunlar ustiga qo„shin tortib boradi. Natijada Xitoy-Qanguy munosabatlari yanada yomonlashadi. Chunki bu adovat miloddan avvalgi II asr oxiridan boshlangan, ya‟ni Qang„ davlati o„z tashqi siyosatida Xitoyning Dovonga uyushtirgan (miloddan avvalgi 104 va 101 yillar) har ikki yurishida Dovonga madad bo„lib turgan. Miloddan avvalgi 65 yilgi Yorkent qo„zg„olonchilariga ham qang„arlar yordam qiladilar. O„sha kezlarda qang„arlarga xalqaro maydonda og„ir yillar bo„ldi. Keyinroq qang„arlar bilan xunlar o„rtasidagi do„stlik ittifoqiga zil ketadi. Bunga xun hukmdorining parfyanlar bilan do„stlik ahdini tuzilishi sabab bo„ladi. Chunki parfyanlar bilan qang„arlar o„rtasidagi aloqa yomon edi. Natijada xunlar qang„arlarning ashaddiy dushmaniga aylanadi. Endi qang„arlar Xitoyga yaqinlashish yo„lini axtaradi. Ammo, Qanguyga kelgan Xitoy elchisiga ko„rsatilgan munosabatni eslab, Xitoy siysatdonlari Xitoy Qang„ o„rtasida do„stlik aloqalarini tiklashga yo„l qo„ymaydilar. Hatto ular qang„arlarning xunlar bilan ittifoqini ham buzishga muyassar bo„ladilar. Xitoy imperatorlarining qang„arlarga nisbatan tashqi siyosati zaminida qudratli Qang„ davlatining xalqaro mavqeini zaiflashtirishga qaratilgan edi. Buni yaxshi tushungan qang„ar aslzodalari xitoyliklarning bosqinchilik tashqi siyosatiga doima qarshi turadilar. Milodiy asrning 80 yillarida Xitoy qo„shinlari Qang„ va Dovonni egallash uchun yurish boshlaydi. Dovonliklar Qang„ podsholariga yordam so„rab murojat qiladilar. Qang„ harbiy qo„shinlari dushmanni Qashg„arda kutib oladi va orada qattiq janglar bo„ladi. Jangda qang„arlarning qo„li baland keladi. Sarosimaga tushgan Xitoy darhol yordam so„rab kushonlarga chopar yuboradi. Huddi shu kezlarda qang„arlar kushonlarga xiroj to„lar edilar. Ushbu majoraga kushonlar aralashgach, qang„arlar Qashg„arni tashlab chiqib ketadilar. Xitoy esa sharmandalikdan qutilib qoladi. Birinchi asrda qang„arlar Buxoro va Xorazmni egallaydi. Ammo, bu viloyatlar tezda Qang„ davlati ta‟siridan chiqib,Kushon saltanati tarkibiga o„tadi. G„arbda esa qang„arlar Parfiyaning kuchsizlanib qolishidan foydalanib, Yansayni (alanlar yurtini) egallaydi. Qang„ davlatini iqtisodiy hayotiga kelsak, Xitoy tarixchisi Si Ma Syan uni ko„chmanchilar davlati deb yozadi. Ammo, milodning boshlariga oid to„ng„ich Xan sulolasining tarixida kanguylarni o„troq xalq ekanligiga ishora qilinadi. Qanguylarda qora mol va qo„ylar ko„p bo„lgan, ular zotli otlarni ko„plab etishtirganlar, chorva mollarining ko„pchilligi Qang„ podsholari va ularning yaqinlariga qaragan, deb eslatiladi Xitoy manbalarida. Shuning uchun bo„lsa kerak,Qang„ hoqoni va uning urug„lari bahor kelishi bilan qishqi qarorgohdan yozgi qarorgohga ko„chib yurgan. Chorvasi kam ovam aholi esa vohadan chiqib ketaolmagan. Bu vaziyat qang„arlarning qambag„al qismini o„troq yoki yarim o„troq hayot kechirishga majbur etgan. Xitoy manbalari tahliliga asoslangan bunday xulosalar Qovunchi madaniyatlari yodgorliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bilan ham tasdiqlanadi. Atoqli olim K.Shoniyozovning fikricha, Qang„ davlati sharqda Farg„ona (Davan, Dayyuan), shimoli-sharqda Usun (Uyshun) davlatlari, shimoli-g„arbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaralangan. Xitoy manbalariga ko„ra, Qang„ davlati hududiga Toshkent vohasi, Talos va Chu daryolari vodiysi kirgan. Ayrim davrlarda hozirgi Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo„rg„on, Urganch shahri va atroflari ham qaragan bo„lib, chegarasi Amudaryogacha borgan. Aholisi esa taxminan 120 ming oila yoki 600 ming kishidan iborat bo „lgan.Ba‟zi manbalarda u Kengaras davlati ham deb qayd etilgan. Ammo olimlar bu so„z “Qang„ar-as”, ya‟ni Qang„ davlati ahli degan ma‟noni bildiradi, deydilar. O„zbek urug„lari ichidagi “kenagas”lar nomi o„sha qabila nomi bilan bog„liq, degan taxminlar bor. Ko„k tangriga e‟tiqod qilgan bu davlat aholisini asosan qangli, kengaras, qipchoq, bajnoq urug„lari tashkil etgan. Shuningdek, bu hududda qarluq va o„g„uz qabilalari ham yashagan. Turkiy yozuv amalda bo„lgan.Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati bilan Qang„ davlatining janubiy chegaralari o„zgargan. Uning qishgi poytaxt shaharlari Xitoy solnomalarida Bityan va Sushie deb ko„rsatilgan. K.Shoniyozovning fikricha, Bityan qadimgi sharq manbalarida uchraydigan Qanxa shahri bo„lib, u Sirdaryoning o„ng irmoqlaridan biri – Ohangaron (hozirgi Angren) daryosining quyi oqimida joylashgan. Mo„g„ullar davridagi manbalarda bu daryo Ilek deb atalgan. Sushie esa hozirgi Parkent tumanidagi So„qoq (Sukeeke) o„rnida bo„lgan degan taxminlar bor. Davlatning yozgi qarorgohlari Issiqko„l sohilida, hozirgi Qoraqo„l (Prjevalsk) yonida bo„lgan.Qang„ davlatining qo„shini 80-90 ming jangchidan iborat bo„lgan. Bu davlat aholisining urf-odatlari xunlarnikiga o„xshash bo„lgan. Qang„ davlati hukmdori va Xun hoqonligi tangriquti o„rtasida qudachilik munosabatlari o„rnatilgan. Shu tufayli xitoylar xunlar ustidan g„olib chiqib, ularni o„z joyidan siqib chiqarganida,xun hoqoni o„z avlodi bilan Qang„ davlatiga ko„chib kelgan.Qang„ davlatining ko„chmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida yashagan o„troq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug„ullangan.Milodiy V asrning 2-yarmida Qang„ davlati parchalanib, uning hududida Shosh (Xitoy manbalarida Shi), Samarqand (Kan), Maymurg„ (Mi), Shahrisabz (Shi), Kattaqo„rg„on (Xe), Usrushona (Sao) kabi kichik davlatlar tashkil topgan. Bu hudud asta-sekin Eftaliylar davlati tarkibiga qo„shib olingan.VIII va IX asr boshlarida qarluq, o„g„uzlar tazyiqi va arab istilosi natijasida qang„li qabila ittifoqi batamom emirilib, bir necha qismga bo„linib ketadi. Bir qismi shimoli sharqqa - Talos va Chu daryolari oralig„iga kelib joylashadi. Ikkinchi qismi Kaspiy dengizining shimolidagi Yoyiq (Ural) daryosi atrofidagi yaylovlardan makon topadi. Uchinchi qismi esa Orol dengizining janubi sharqiy sohillarida, Sirdaryoning quyi oqimlarida qolib, o„g„uzlarga tobe bo„ladilar.XII-XIII asrlarda qang„lilar Xorazmning siyosiy hayotida muhim rol o„ynaganlar. Shu davrda Talos va Chu vodiylarida yashovchi qang„lilardan 60 ming kishi Xorazmga ko„chib keladi. Mo„g„ullar bosqini arafasida Xorazmda qang„lilardan tuzilgan qo„shinning soni 90 mingga etgan. Xorazmshoh Tekesh qang„li beklaridan birining qizi - Turkon xotunga uylanadi. Keyinchalik bu ayolning mamlakat siyosiy hayotiga aralashuvi, kaltabinligi mo„g„ul bosqiniga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga to„sqinlik qilgan.Qanglilarning bir guruhi XII-XIII asrlarda Sibir yerlariga borib o„rnashadi hamda bu yerdagi Oltoy, Enisey turklari va yoqutlarga aralashib ketadi. Ikkinchi bir qismi Zarafshon vodiysiga ko„chib keladi. Mo„g„ullar hujumi arafasida Samarqandda 30 ming qangli bo„lgan.Keyingi asrlarda qang„lilar o„zbek, qozoq va qoraqalpoq xalqlari tarkibiga kirgan. Xorazm, Qoraqalpog„iston, Toshkent, Qashqadaryo va boshqa viloyatlardagi “qang„li” so„zi bilan bog„liq etnotoponimlar bu fikrni tasdiqlaydi.Qang„ davlati davriga oid yodgorliklar Xorazm vohasidagi Jonbosqal‟a, Qo„yqirilgan qal‟a, Kichik Qirqqiz, Qo„narli qal‟a, Oq tepa va boshqa qal‟alar qazilmalaridan topilgan.
- Shoshtepa- Shoshtepaning qadimgi aholisi chorvachi lik (qoramolchi lik, yi lqichi lik,qoʻychi lik hamda tuyachi lik) bi lan shugʻullangan. Qadimgi shoshtepaliklar jez va temi rdan qurol- yarogʻ va asboblar yasashni , kulolchi lik hamda toʻqimachi likni yaxshi bi lgan. Shubhasiz,bu qishloqlarda, keyinchalik Toshkent vohasida shahar madaniyati saqllanib,qadimgi Toshkentning asta- sekin qad koʻ tarishiga zamin boʻ ldi .Mi l. av . 2—1- asrlarda Shoshtepada qadimgi shahar belgi lari paydo boʻddi .Qadimgi qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bi lan oʻ rab olingan doi ra shaklidagi qalʼa (qoʻ rgʻon) qad koʻ tardi . Mi l. 1—2- asrlarda suyakdan yasalgan yozuv tayoqchasi (sti l) qadimgi Shoshda yasalib ishlati lgan. 15 smli bu suyak qalamning bi r tomoni yozish uchun uchli qi lib, ikkinchi oʻchi rgich tomoni esa qiyshiq koʻp burchak shaklida kurakcha qi lib yasalgan. Bu topi lma mi lod boshlaridayoq Toshkent vohasida ham xattotlik mavjudligidan guvohlik beradi . Shoshtepadagi arxeologik obidalar shaharning mustahkam mudofaa devori , hashamatli meʼmoriy majmuoti , hunarmandchi lik buyumlari , xatsavod va savdodan dalolat beruvchi topi lmalar mi lod boʻsagʻasida Toshkent vohasida shahar madaniyati rivoj lanib, Shoshtepadagi qadimgi qishloq shahar qiyofasini ola boshlaganini koʻ rsatadi .Shoshtepani oʻ rganish Toshkent hududidan shahar madaniyati tarixi huddi shu davrdan boshlangan, yaʼni uning yoshi 23 asrdan kam emas deb baholashga imkon berdi .
- Choch- Qadimgi Turonning ikkinchi yirik suv manbai hisoblangan Sirdaryoning o‘rta havzasida shakllangan Choch – qadimda O‘rta Osiyoning shimoli-sharqiy hududlaridagi yirik mulklardan biri bo‘lgan. Chirchiq va Ohangaron vohasidagi unumdor yerlarni o‘z ichiga olgan Toshkent vohasi uning markazi edi. Bu voha uch tomondan, shimoli-g‘arb, sharq va janub tomondan G‘arbiy Tyanshan, Chotqol va Qurama tog‘lari bilan o‘ralgan. Chochning tog‘lari turli qimmatbaho ma’danlarga boy bo‘lishi bilan birga chorvachilikning rivoji uchun ham qulay edi.Geografik jihatdan Choch Markaziy Osiyo xalqlarining savdo-iqtisodiy va madaniy-etnik chorrahasidagi qulay joyda joylashgan bo‘lib, bu hudud ziroatkor ellatlar va ko‘chmanchi qabilalar yashaydigan dashtlari yaqinidagi faol aloqalar zonasi edi. Ikkinchi tomondan, Chotqol, Qurama va Qoramozor tog‘laridan qazib olinadigan ma’danlarning, avvalo, qimmatbaho toshlarning ko‘pligi ham vohaga xos xususiyat edi. Chunonchi, oltin, kumush va feruza Chochning Sharq va Yevropa mamlakatlariga chiqazadigan asosiy xom ashyosi hisoblangan.Choch-Iloq vohasining qadimgi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu yerda dastlabki ziroatkorlar taxminan bundan uch ming yil ilgari paydo bo‘ladi. Mil. avv. IX-VII asrlarda hozirgi Tuyabo‘g‘iz suv ombori o‘rnida ilk dehqonlarning manzilgohlari mavjud edi. Ularning moddiy madaniyati Burgulik (Burkanlik) soy bo‘yidan ilk marotaba aniqlanib, shu nom ostidagi madaniyat sifatida fanga kiritilgan.Ilk yozma manbalar Sirdaryo-Yaksart havzasini dehqonchilik aholisi va ko‘chmanchilar o‘rtasidagi chegara sifatida izohlaydi. Strabonning ma’lumot berishicha, Yaksart sug‘diylar va ko‘chmanchilarni ajratib turadi. Dionisiy Periget esa Sug‘diyona ortida Yaksart oqimi bo‘ylab saklar joylashganligi haqida yozadi.Mil. avv. I mingyillik Toshkent vohasidagi ko‘chmanchi aholi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lsak-da, Ohangaron va Chirchiq vohalarida Burgulik madaniyati misolida o‘troqlashgan chorvadorlar maskanlari kuzatiladi. Bu madaniyatga oid turarjoylar yerto‘la va yarim yerto‘lalardan iborat bo‘lsa, moddiy madaniyat buyumlari qo‘lda ishlangan sopol idishlar, bronza mehnat qurollari, jangovar qurollar va taqinchoqlardan iborat. Ularning moddiy madaniyati g‘arbda Sirdaryoning chap qirg‘og‘i, sharqda Yettisuv, Oltoy va Sibirgacha bo‘lgan hududlardagi madaniyat bilan o‘xshashlik topadi.Burgulik madaniyatining so‘nggi bosqichida Toshkent vohasining janubi-g‘arbidagi yarim yerto‘lalar o‘rnida mustahkam qal’a va qal’a devorlariga ega bo‘lgan shahar qad ko‘taradi. Ushbu ko‘hna shaharning devorlari va minoralari kvadrat shaklidagi g‘ishtlar va paxsalardan bunyod etiladi. Ko‘hna shaharning rejaviy tuzilishi, mudofaa inshootlari uslublari va bu qatlamdan topilgan sopol buyumlar qadimgi dehqonchilik madaniyatining G‘arb antik me’morchilik an’analarini eslatadi. Bundan xulosa chiqargan Yu.F. Buryakov, ushbu ko‘hna shaharni manbalarda eslatilgan va mil. avv. IV-III asrlar qal’asi Yaksart orti Antioxiyasi bilan bog‘laydi.Yuqorida eslatganimizdek, antik davr mualliflari Yaksart-Sirdaryoni sug‘diylar va saklar o‘rtasidagi chegara sifatida tasvirlab, o‘troq sug‘diylardan farq qilgan holda, saklarning ko‘chmanchi turmush tarzida hayot kechirganligini ta’kidlaydilar. Arxeologik ma’lumotlar natijalariga ko‘ra, ko‘chmanchi saklar o‘troqlashib, Burgulik madaniyatiga asos soladilar. Ammo, mil. avv. III asrga kelib, bu madaniyat qishloqlari bo‘shab qoladi. Chunki aynan mana shu davrda Yevroosiyo dashtlaridagi xalqlarning katta ko‘chishlari (migratsiya) bo‘lib o‘tadi va bu migratsiya jarayonlari O‘rta Osiyo hududlariga yangi qabilalarning kirib kelishiga sabab bo‘ladi.Yozma manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryo-Yaksartning yuqori oqimi bo‘ylab Toshkent vohasiga qadimgi dunyoning kuchli uyushmalaridan biri bo‘lgan dahlar konfederatsiyasiga kiruvchi qabilalar guruhi kirib keladi. Bu konfederatsiyaga kiruvchi ayrim qabilalar Sirdaryoning quyi oqimlarida, Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi ta’sirida bo‘lmagani bois, mil. avv. IV-II asrlardayoq ular shahar madaniyatidan xabardor edilar. Tadqiqotchilarning fikricha, Toshkent vohasiga kirib kelgan ko‘chmanchilar to‘lqini Burgulik madaniyati qishloqlariga chek qo‘yadi. Shu bilan birgalikda, bu hududlarda ko‘p sonli aholining o‘z madaniyati, dehqon-chorvachilik ko‘rinishidagi an’analari asosidagi o‘troqlashuv jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Bu vohaga ilk shaharsozlikni Sirdaryo-Yaksartning quyi oqimlaridan chiqqan, o‘zlari bilan xom g‘isht va paxsa qurilishi an’analariga ega aholi olib keldi. Nisbatan qadimgi shaharlardan biri Sirdaryo-Yaksartdan 80 km uzoqlikda, uning o‘ng qirg‘og‘ida bunyod etilgan Qanqa shahridir. Ayrim tadqiqotchilar bu ko‘hna shaharni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida deb hisoblaydilar. Hozirgi Toshkent shahri hududlarida ham mil. avv. II asrga kelib, shahar – manzilgohiga asos solinadi. Toshkent hududidagi halqa devorlar bilan o‘rab olingan Shoshtepa aynan mil. avv. II asrga oiddir.Xitoy manbalaridan “Katta Xan sulolasi tarixi” ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vohasi Yuni yoki Yuynichen nomi ostida tilga olinadi. Yosha (Yaksart) daryosi bo‘yidagi bu mulk yarim ko‘chmanchi Qang‘ ittifoqining beshta kichik mulki tarkibida bo‘lgan. Qang‘ tarkibida Yuni ko‘plab mustahkamlangan qishloqlari va shaharlari bo‘lgan urbanizatsiyalashgan mulklardan biri hisoblangan.Toshkent vohasining Qang‘ tarkibida bo‘lishi ichki iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga turtki bo‘lgan bo‘lsa, uning karvon savdo yo‘llari tutashgan joyda joylashganligi urbanizatsiya jarayonlarining rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu yo‘l Xitoy va Sharqiy Turkistondan O‘rta Osiyo vohalari orqali Yaqin Sharq, Kavkaz, Janubiy va Sharqiy Yevropaga olib borgan. Ilk bosqichlarda asosiy trassalar O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida shakllangan bo‘lsa-da, ayni vaqtda, o‘sha ilk shakllangan davrdan boshlaboq, savdo yo‘lining tarmoqlaridan biri Sirdaryo orqali o‘tgan. Bu yo‘llar madaniyatlar almashinuvi va iqtisodiy aloqalarda katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu holatni Toshkent vohasidagi urbanizatsiya jarayonlarida ham kuzatishimiz mumkin.Urbanizatsiyaning ilk bosqichlarida Yuni mulkining nisbatan yirik ilk shaharlari Qanqa, Shohruhiya kabilar bunyod etiladi. Yuni mulkining poytaxti Yuynichen shahrini ayrim tadqiqotchilar hozirgi Toshkent o‘rnida joylashtirsalar, ayrimlari YoshaYaksart vohasidagi Qanqa o‘rnida deb biladilar. Fikrimizcha, ikkinchi taxmin to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Chunki yozma manbalar ham bu davrga oid shu hududlardagi yagona shahar markazi haqida ma’lumotlar beradi. Aynan mil. avv. I asrdan boshlab, bu ko‘hna shahar kengayib boradi va Qovunchi madaniyati davriga kelib, maydoni 150 gektarga yetadi. Qanqa Baqtriya va Sug‘dning shaharlari kabi chunonchi, quyi va o‘rta Sirdaryo havzasidagi eng yirik shaharlardan biri edi.Ayrim tadqiqotchilar Qanhani Qang‘ hukmdorlarining qishki qarorgohi bo‘lgan deb hisoblaydilar. Xan sulolasi Xitoy solnomalari ma’lumot berishicha, “Qang‘ hukmdori Qanqaga tez-tez tashrif buyurishdan mamnun bo‘lgan”.Sosoniylar davri manbalarida Toshkent vohasi Choch (Chochiston) nomi bilan tilga olinadi. Bu voha ko‘p qirrali iqtisodiyot va urbanizatsiya jarayonlarining rivoji uchun qulay hudud hisoblangan. Shu bilan birga muhim savdo-iqtisodiy aloqalar va etnik ko‘chishlar chorrahasida joylashgan. Mintaqa tog‘lari turli foydali qazilmalar va ma’danlarga, avvalo, oltin va kumush hamda foydali minerallarga nihoyatda boy edi.Arxeolog M.I. Filanovich yozma va moddiy ma’lumotlarni qiyosiy o‘rganishi asosida mil. avv. I asr oxirlarida Toshkent o‘rnida shahar mavjud bo‘lganligi haqida xulosa chiqaradi. Uning fikricha, bu davrda shahar Mingo‘rik hududlaridan chiqib, ancha kengayadi. Poytaxt ko‘chishining asosiy sabablaridan biri – Buyuk ipak yo‘li asosiy tarmoqlaridan biri yo‘nalishining shimol tomonga o‘zgarishi hisoblanadi. Xitoy manbalarida hozirgi Toshkent o‘rnidagi shahar Shi nomi bilan tilga olinadi. Manbalardan ma’lumki, bu mulk kelib chiqishi mahalliy qabilalardan bo‘lgan zodagonlar tomonidan boshqarilgan.Shi dastavval Qang‘ tarkibiga kirgan bo‘lib, III-VI asrning boshlarida bu davlat kichik mulklarga bo‘linib ketgach, Shi-Choch uncha katta bo‘lmagan mustaqil davlatga aylanadi. Ammo, oradan ko‘p o‘tmasdan O‘rta Osiyo hududlarida ulkan davlatga asos solgan eftalitlar tomonidan bosib olinadi.Choch vohasining qadimgi ajralmas qismi va mulki Ohangaron vodiysidagi Iloq edi. Mustaqil siyosiy uyushma sifatida Iloq ilk o‘rta asrlar, ya’ni VII asrga oid manbalarda eslatiladi. 630 yilda Choch orqali o‘tgan Xitoy missioner-buddaviysi SyuanTSzyanning ma’lumot berishicha, Iloqda “o‘z harbiy guruhlariga ega bo‘lgan zodagonlar vakillari ko‘p, ular o‘zaro urushlar olib boradilar va asosan Turk xoqoniga bo‘ysunadilar”. Aftidan, aynan mana shu davrdan boshlab, Iloqdagi “hukmron dehqon”larning salohiyati iqtisodiy hayotda, birinchi galda, oltin va kumush konlariga safarbar etiladi. Ilk o‘rta asrlar Ohangaron vodiysida tog‘-kon ishlarining jadal rivojlanishi shaharsozlik madaniyatiga ham ta’sir etdi.Ta’kidlash lozimki, ma’danlar qazib olishning keng ko‘lamda bo‘lishi Arab xalifaligi uchun ham muhim edi. Chunki arablar Movarounnahrni fath qilgach, VIII asrdayoq mulklardan markaziy hokimiyat foydasiga maxsus soliqlar joriy etilgan. Qizig‘i shundaki, ushbu mulklar orasida Choch-Iloq va uning kumush konlari alohida soliq to‘lovchi mulk sifatida ajratilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Choch mulki 180 ming dirham soliq to‘lagan bo‘lsa, uning konlari uch marta ortiqcha, 607 ming dirhamgacha soliq to‘lagan.Asosiy konlar Ohangaron daryosi havzasida joylashgan bo‘lib, ulardagi qazilmalar Iloq tog‘-kon hunarmandchiligining asosini tashkil etgan.IX-X asrlarga oid arab geograflarining asarlarida Iloqning Chochdan mustaqil siyosiy viloyat bo‘lganligi nisbatan aniqroq kuzatiladi. Ammo, har ikkala viloyat ushbu manbalarda birgalikda, yagona tarixiy-madaniy va siyosiy uyushma sifatida eslatiladi. Bular orasida X asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan yirik arab geograflaridan biri Istaxriyning ma’lumotlari ayniqsa, diqqatga sazovordir. Uning ta’kidlashicha, Movarounnahrda Choch va Iloq viloyatlari mavjud bo‘lib, har ikkala viloyatning hududi 2-3 kunlik yo‘l va “butun Movarounnahrda aholi soniga ko‘ra bu viloyatlarga teng keladigan viloyat yo‘q”. Istaxriy asarining arab tilidagi matnida berilishicha, “bu viloyatlarda qishloqlar, o‘zlashtirilgan yerlar va jome’ masjidlari (arablarda machitlar shaharlarning asosiy belgilari hisoblangan – M.M.) juda ko‘p va ular tekislikda joylashmagan, yaylovlari va chorvalari ham juda ko‘p. Chochda (arabchada – Shosh) va Iloqda darvozalari, devorlari rabotlari va qal’alari bo‘lgan shaharlar ko‘p, kanallar shaharlar ichidan oqib o‘tadi”.Istaxriy o‘z asarida har ikkala viloyatning umumiy chegaralarini berib, barcha shaharlarni sanab o‘tadi va Turkistonda Shoshdan katta viloyat yo‘qligini ta’kidlaydi. Uning yozishicha, “Shosh va Iloq qo‘shilgan bo‘lib, ular o‘rtasida hech qanday bo‘linish yo‘q. Qurilishlar, bog‘lar, bo‘stonlar Iloqdan to Choch vohasigacha (fors matnida) uzluksiz cho‘zilib boradi. Iloqda oltin va kumush konlari joylashgan”.Oradan yarim asr o‘tgach, bu mintaqani yaxshi bilgan yana bir arab geografi Abulqosim ibn Havqal Istaxriy ma’lumotlarini deyarli to‘liq takrorlaydi.
Choch va Iloq haqida gapirar ekan Ibn Havqal bu viloyatlarda boy shaharlar ko‘pligini ta’kidlaydi. Choch-Iloqning shahar madaniyati rivoji asosan, tog‘-kon metallurgiyasi ishlab chiqarishi bilan bog‘lanadi. Vohadagi shaharlarning nisbatan to‘liq ro‘yxati va ularning tasnifi, shahar madaniyatining gullab-yashnashi X asr geograflari tomonidan (10 dan 17 tagacha shahar markazlari) eslatiladi.Tadqiqotchilar tomonidan ayrim shahar markazlari Tunket, Abrlig‘, Namudlig‘, Kuxisim kabilarni o‘rganish bo‘yicha maxsus tadqiqotlar o‘tkazilgan.Ayrim shaharlar tadqiqotchi mintaqadagi kon markazlari haqida olingan yangi ma’lumotlar natijasida Iloq shaharsozligini yangi asoslarda o‘rganish va uni Choch – Iloq urbanizatsiyasi rivojlanishidagi o‘rnini belgilash imkonini berdi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, vohada ilk shaharsozlik Sirdaryoning madaniy zonasida shakllanadi: Bu siyosiy-iqtisodiy hamda etnomadaniy aloqalarda katta ahamiyat kasb etadi. Chirchiq va Ohangaronning o‘rta oqimlarida Choch va Iloqning asosi bo‘lgan shaharsozlik madaniyati jadal rivojlanishida tog‘ sohasi bilan bog‘liq hunarmandchilik va vohadagi ziroatchilik muhim o‘rin tutgan.

Download 42.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling