1-Mavzu: raqamli qurilmalarning mantiqiy va arifmetik asosi reja


Download 204.38 Kb.
bet1/10
Sana21.10.2023
Hajmi204.38 Kb.
#1714488
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Мавзу


1-Mavzu: RAQAMLI QURILMALARNING MANTIQIY VA ARIFMETIK ASOSI
Reja:

  1. Raqamli texnikaning tarixi va rivojlanishi

  2. Raqamli elektronikaning asosiy tamoyillari va avzalliklari

  3. Bul algebrasining asoslari

  4. Sanoq tizimlari

  5. Ikkilik kodida sonlar bilan arifmetik operatsiyalarni bajarish.

Tayanch so’z va iboralar: Elektronika, mikroelektronika, signal, integral sxema, tebranish, yarim o’tkazgich, mantiqiy funksiyalar, Bul algebrasi, mantiqiy ifoda, haqiqiylik jadvali, mantiqiy elementlar.

  1. Raqamli texnikaning tarixi va rivojlanishi

Hozirgi kunda telekommunikatsiya va axborotlashtirish tizimining rivojlanish darajasi tom ma’noda mikroelektronika va nanoelektronika maxsulotlarining ularda qo‘llanilish darajasiga bog‘liq.
Birinchi IMSlar 1958 - yilda yaratildi. IMSlarning hajmi ihcham, og‘irligi kam, energiya sarfi kichik, ishonchliligi yuqori bo‘lib, hozirgi kunda uch konstruktiv-texnologik variantlarda yaratilmoqda: qalin va yupqa pardali, yarimo‘tkazgichli va gibrid.
Mikroelektronikaning qariyb yarim asrlik rivojlanish davri mobaynida IMSlarning keng nomenklaturasi ishlab chiqildi. Telekommunikatsiya va axborot-kommunikatsiya tizimlarini loyihalovchi va ekspluatatsiya qiluvchi mutaxassislar uchun zamonaviy mikroelektron element bazaning imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish muhim.
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari murakkab tizimlar sinfiga mansub bo‘lib, ular turli murakkablikdagi raqamli integral mirosxemalardan tashkil topgan. Shuning uchun ushbu tizimlarni shakllantiruvchi raqamli qurilmalarni o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. “Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fani axborot va kommunikatsiya texnologiyalarida ishlatiladigan raqamli qurilmalar turlarini, xarakteristikalarini, ularning tuzilishi, ishlash mexanizimlari va ular yordamida yaratiladigan murakkab qurilmalarning texnologik va sxemotexnik xususiyatlarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga oladi.

5

Axborotni ikki usulda ifodalash mumkin: analog (uzluksiz) va raqamli (diskret). Birinchi usulda ifodalanayotgan kattalik, unga proporsional bo‘lgan bir signal korinishida, ikkinchi usulda esa, har biri berilgan kattalikning bitta raqamiga mos keluvchi bir nechta signallar ketma-ketligi korinishida ifodalanadi.
Bundan tashqari ushbu fan talabalarga maxsus fanlarni o‘zlashtirishda va keyinchalik esa ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak bo‘ladigan asosiy negiz tushunchalarni o‘rgatadi.
Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish fan va texnika sohasi bo‘lib, axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlashga ishlatiladigan raqamli qurilmalarni loyihalashtirish usullarini o‘rganish hamda ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Raqamli yoki diskret axborotlarni murakab sistemalarda qayta ishlashda alohida elementar operatsiyalarni ketma-ket bajarish orqali erishiladi. Bunday elementar operatsiyalarni EHMlarning operatsion elementlari yoki uzellari bajaradi. Bu operatsion elementlar yoki uzellar kombinatsion va ketma-ket tuzilgan mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Operatsion elementlar tomonidan bajariladigan elementar operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
O‘rnatish-ma’lum konstantali ikkilik kodni operatsion elementga yozish. Misol: hisoblagichning barcha razryadlariga «0» ni o‘rnatish, yoki tezkor xotiraga «1» ni yozish.

Download 204.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling