O’lchashlar anqligini baholashda qo’llaniladigan mezonlar
Geodeziyada bajarilgan o’lchashlar sifatini baholashda o’rtacha xatolik (θ), ehtimoliy xatolik (r), o’rta kvadratik xatolik (m), mutlaq (absolyut) va nisbiy xatoliklar qo’llaniladi. Tasodifiy xatoliklar absolyut qiymatlarining arifmetik o’rtachasi o’rtacha xatolik deyiladi.
74 Mavzu Elektr jihozlarni rele himoyasi tashkil etish va rejalash
Reja;
1 Elektr o’lchov asboblariga texnik xizmat ko’rsatish
2 Elektr o’lchov asboblariga texnik xizmat ta’mirlash
O‘lchov asboblarini ishlatish davomida ular, elektr jihozlarning xuddi 20 boshqa
elementlari kabi, tashqi muhit ta’sirida bo‘ladi. Buning natijasida ularda nosozliklar paydo bo‘lib, oqibatda o‘lchangan kattaliklarning qiymati haqiqiy qiymatlaridan farq qilishi mumkin. Jihozlarning ish rejimlari to‘g‘risida axborot bilan ta’minlovchi elektr o‘lchov asboblari yaxshi qarovni talab qiladi, chunki ishlatish davomida ularning korpusi ifloslanadi, titrash natijasida mahkamlangan joylari va elektr kontaktlari bo‘shashib qoladi. Bundan tashqari, mexanik qismlarining tabiiy yeyilishi, g‘altaklarining o‘ta yuklanishi (natijada izolatsiya yeyiladi va shikastlanadi), elektr zanjirlaridagi uzilish yoki qisqa tutashuvlar, asboblar qismlarining mexanik shikastlanishi va boshqa sabablar tufayli nosozliklar paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish qurilmalarining elektr jihozlarini ishlatish jarayonida ta’mirchi xodimlar asboblarning tashqi sirtlarini chang va ifloslikdan tozalashadi, ularning mexanik mahkamlangan joylari va elektr o‘tkazgichlari ulangan joylarini tekshirishadi.
Ishdan chiqqan asboblarni maxsus muassasalar ta’mirlaydi. Har xil turdagi
elektr o‘lchov asboblari ko‘p miqdorda bo‘lgan yirik korxonalarda ana shu apparatlarni ta’mirlash, rostlash va tekshirishga ixtisoslashgan bo‘limlar tashkil qilinadi. Odatda bu ishlar elektr o‘lchash laboratoriyasida bajariladi, buning uchun u maxsus asboblar, stendlar va namuna asboblar to‘plami bilan jihozlanadi. Laboratoriya xodimlari elektr o‘lchov asboblarini
2.2-rasm. Kuchlanishning vaqtga bog‘liqligi (a) va raqamli elektr o‘lchov asbobining blokli sxemasi (b).
21 ta’mirlash bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tishadi. Elektr o‘lchash
laboratoriyasi uchun ajratiladigan xonalarga nisbatan alohida talablar qo‘yiladi. Ular titramasligi, yaxshi tabiiy yoritilishi hamda qo‘shni xonalar va ko‘chadan chang so‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydigan ventilatsiya bilan ta’minlanishi kerak. Asboblar ta’mirga keltirilganda va ta’mirdan chiqqanda maxsus hujjatlar rasmiylashtiriladi. Ta’mirdan chiqqan asboblarning aniq ko‘rsatishi tekshirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |