Polimerlar


Download 21.19 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi21.19 Kb.
#1048130
Bog'liq
GLOSSARY1


GLOSSARY
Polimerlar -bir xil yoki har xil turdagi monomerlardan iborat ( grekcha: моно - bitta). Bir turdagi monomerlardan tashkil topgan polimerlarga gomopolimerlar deyiladi ( grekcha: гомо - teng), va har xil turdagi – sopolimerlar.
Polimerlar (yun. polymeres — koʻp qismlardan tashkil topgan) — molekulalari (makromolekulalar) bir yoki bir necha turli koʻp sonli takrorlanuvchi guruxlar (monomer zvenolari)dan tashkil topgan yuqori molekulyar massali (bir necha mingdan bir necha milliongacha) kimyoviy birikmalar. Makromolekula tarkibidagi atomlar bir-biri bilan asosiy yoki koordinatsion valentlik kuchi vositasida bogʻlangan.
Polimerlar kimyosi (makromolekulyar birikmalar kimyosi) - makromolekulyar birikmalarning kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalarini, sintez reaksiyalari va transformatsiyalarining usullari va qonuniyatlarini, shuningdek, olish uchun ishlatiladigan boshlang'ich reagentlarni ( monomerlar, oligomerlar ) o'rganadigan fan sohasi. ular. Sanoat ham sun'iy ( poliolefinlar, poliesterlar, poliamidlar va boshqa birikmalar) va tabiiy polimerlarni ( kraxmal, tsellyuloza, lignin ) o'rganadi.
Kimyoviy kinetika (yunoncha: κίνησις — harakatlanuvchi), kimyoviy reaksiyalar kinetikasi — fizik kimyoning kimyoviy reaksiyalarni vaqt mobaynida kechadigan jarayon sifatida oʻrganadigan boʻlimi. Bu jarayon mexanizmi uni amalga oshiradigan sharoitlarga bogʻliq. Kimyoviy kinetika kimyoviy reaksiyalarning tezligi, yoʻnalishi, oʻtkazish sharoitlari orasidagi oʻzaro bogʻliqlik qonuniyatlari va ularga taʼsir etuvchi omillarni tadqiq qiladi. Murakkab kimyoviy reaksiyalar mexanizmini oʻrganish kechayotgan jarayon qanday elementar bosqichlardan iboratligini va bu bosqichlar oʻzaro qay tarzda bogʻliqligini, qanday oraliq mahsulotlar hosil boʻlishini va boshqani aniqlashga imkon beradi.
Karl Ziegler (1898. 26.11, Xelze - 1973.11.8) - nemis kimyogari. Marburg universitetini tugatgan (1920). Geydelberg universiteti professor (1927— 36), Galladagi Kimyo instituti direktori (1936— 43). Myunxendagi koʻmirni oʻrganish boʻyicha Kayzer Vilgelm instituti (1943—69), ayni vaqtda 1947-yildan Axendagi Oliy texnika maktabi direktori. Asosiy ilmiy ishlari organik kimyo va yuqori molekulyar polimerlar kimyosiga oid. Dinitrillarni siklizatsiyalab makrotsiklik ketonlar olish usulini topgan (1933) (Sigler reaksiyasi). Litiy-alkillar bilan nitrillarning oʻzaro taʼsiri natijasida iminonitrillar hosil boʻlishini kashf etgan (1934). Kyoni-ga tuzi — glutamin aldegid hosilalaridan azulenlar olish usulini ishlab chiqqan (1955). Nobel mukofoti laureati (1963; J. Natta bilan hamkorlikda)
Viskozimetriya - fizikaning qovushoqlikni oʻlchash bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Gaz va suyuqliklarning qovushoqligini past va yuqori temperaturalar hamda bosimli sharoitlarda oʻlchashga toʻgʻri keladi. Mac, suyultirilgan gazlar, eritilgan metallar, yuqori bosimli suv bugi va boshqaning qovushoqligini oʻlchash ancha murakkab. V. ana shunday sharoitlarda qovushoqlikni oʻlchash masalalarini hal qilish bilan shugʻullanadi. Qovushoqlikni oʻlchashning 4 asosiy usuli: kapillyar, rotatsion, sharchali va ultratovush usullari keng tarqalgan. Bularning ishi tegishlicha Puazeyl qonuni, Stoke konuni va oʻqdosh silindrlar orasida suyuqlikning oqish qonuniyatlariga asoslangan
Kristallar (yun. krystallos — muz, togʻ billuri) — atomlari, ionlari va molekulalari maʼlum tartibda joylashib, fazoviy kristall panjarani tashqil etgan qattiq jismlar. K., koʻpincha, suyuq fazalar — eritmalardan hosil boʻladi va oʻsadi, baʼzan esa gaz holatini yoki qattiq jism holatini tashqil etadigan fazaviy oʻzgarishlar natijasidagiva hosil boʻladi. Bir turdagi kristall panjaraga ega yirik K. — monokristallar, mayda-mayda kristallchalardan tashqil topgan. K. — polikristallar, umuman kristall panjara tashqil etmagan qattiq jismlar — a m o r f jismlar deb yuritiladi. Boʻlardan tashqari suyuq K. maxsus guruhni tashkil etadi.

Kataliz katalizator, deb ataluvchi modda vositasida kimyoviy reaksiya tezligining oʻzgarishidir. Reaksiyada ishtirok etayotgan reagentlardan farqli oʻlaroq, katalizator reaksiyaga kirishmaydi. Reaksiyani tezlatuvchi katalizatorlar musbat katalizator, sekinlatuvchilari esa ingibitor deyiladi. Katalizator faolligini oshiruvchi moddalar promouter, kamaytiruvchi moddalar esa katalitik zahar, deb ataladi.
Poliamidlar — makromolekula-sining asosiy zanjirida takrorlanadigan — SO—NH— guruhi tutgan sintetik polimerlar. Kimyoviy tuzilishiga koʻra karbozanjirli va geterozanjirli boʻladi. Karbozanjirli P. makromolekulasining asosiy zanjiri fa-kat uglerod atomlaridan tuzilgan, amid guruxlari esa tarmoklarda joylashganligi sababli (mas, poliakril-amid) ularni, odatda, P.ga taalluq-li deb hisoblanmaydi. Geterozanjirli P. da CONH guruhi makromolekulaning asosiy zanjirida joylashgan boʻladi. Geterozanjirli P. muhim ahamiyatga ega. Ular polikondenslanshi yoki polimerlanish usullari bilan olinadi. Kimyoviy tuzilishiga koʻra, oqsillar va peptidlar ham P., ammo tuzilishi va xossalari "odatdagi" sintetik P.dan keskin farq qilganligi uchun ularni alohida sinfga ajratiladi.

Eritma — bu moddaning maʼlum temperatura taʼsiridagi suyultirilgan , erish va qaynash nuqtalari o‘rtasidagi holatdir.
Qoidaga ko‘ra, amaliyotda, eritmalar qatoriga, kimyoviy reaksiya natijasida suyuq agregat holatda, normal sharoitda esa asosan qattiq agregat holatida bo‘lgan moddalar kiritiladi. Masalan, suyuq suv va spirt, suyultirilgan gazlar garchi ular eritma atamasiga taʼrifda keltiriladiganidek fizik va kimyoviy xossalariga ko‘ra suyuq bo‘lsada, eritmalar qatoriga kiritilmaydi.
Download 21.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling