1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Ofitsiantga mutlaqo taqiqlanadi


Download 2.33 Mb.
bet34/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

Ofitsiantga mutlaqo taqiqlanadi:

  • bosh ofitsiant ruxsatisiz mijozlarni stolga taklif qilish va o‘zicha boshqa stolga o‘tqizish;

  • tayyorlanmagan stolga mijozlarni o‘tqazish;

  • mijozlar shikoyati va e’tirozlarini bosh ofitsiantsiz yoki direksiya xodimisiz muhokama qilish;

  • zalda chekish, o‘tirish, ovqat yeyish, qattiq gapirish, shuningdek servant, devorlar va boshqalarga suyanish;

  • restoran rahbariyatisiz, bosh ofitsiantsiz o‘zicha «stol band» yozuvini stolga qo‘yish;

  • oshpazdan sifati yomon, yaxshi shakllanmagan taom olish;

  • belgilangan me’yordan ortiq spirtli ichimliklar berish;

  • banket, to‘y va boshqa tadbirlar uchun bosh ofitsiantsiz buyurtmalar qabul qilish;

  • xizmat qilish jarayonida brigadir yoki bosh ofitsiant ruxsatisiz uzoq muddatga ketib qolish;

  • mijozlardan hisob-kitob varaqasida ko‘rsatilgandan tashqari pul olish.

Ofitsiantning ish texnikasi tizimiga xizmat qilishni tashkil qilish sohasi, stol yasatish, taom, ichimliklar keltirib berish va boshqalar kiradi.
Kasb mahoratini hisobga olgan holda ofitsiantlarga V—IV—III daraja (razryad) beriladi. Bu ixtisosligiga qarab hal qilinadi. Ixtisos harakteristikasi ikki bo‘limdan iborat bo‘ladi: «Ish bo‘yicha harakteristika» va «Bilishi kerak».
V razryadli ofitsiant
Ish bo‘yicha harakteristika:

  • yasatiladigan taomnomada idishlar, anjomlar, sochiq va boshqalar miqdorini hisobga olish;

  • turli usullar bilan taom va ichimliklar berish;

  • mijozlar ishtirokida taomlar tayyorlash, shakllantirish va narsalarga bo‘lish;

  • turli xil banketlarni tashkil qilish va o‘tkazish;

  • xorijiy turistlarga xizmatni tashkil qilish;

  • Shved stoli va boshqa mijozlarga xizmat qilishning progressiv shakllarini tashkil qilish;

  • mijozlar uchun maksimum qulaylik yaratish.

Bshishi kerak:

  • turli oshxona idish-tovoqlari, anjomlari va dasturxon sochiqlarini hisobga olish va saqlash;

  • stol yasatish qoidalari va turlari;

  • guldastani bezash qoidalari;

  • taomnomaning vazifasi, turlari va tuzilish tamoyillari;

  • oziq-ovqat tovarlari haqida qisqa ma’lumot;

  • oshpaz, ovqat harakteristikasi, taom va ichimliklar berish qoidasi va o‘ziga xos xususiyati;

  • fiziologiya va sanitariya asoslari;

  • psixologiya asoslari va professional etika;

  • mijozlarga xizmat qilish tartibi va banket turlari;

  • mijozlarga xizmat qilishning ilg‘or shakllari;

  • madaniy xizmat ko‘rsatkichlari va ularga baho berish usuli;

  • xorijiy turistlarga xizmat qilishni tashkil qilish.


Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling