1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Download 2.33 Mb.
bet81/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

Temir idishlarning turg‘unligi kuchli emas, oksidlanishga tez beriluvchan bo‘ladi, oqsid taomdagi oz miqdordagi kislotada ham eruvchan bo‘ladi. Oqsidlanish natijasida temir tuzi taomning rangini qoraytirib yuborishi mumkin. Temir tuzi vitaminlarni ham yemirishi mumkin. Shuning uchun temir idishlardan, agar sirlanmagan bo‘lsa, oziq-ovqatda foydalanish mumkin emas. Taom sirtidagi yog‘ qatlami havodagi kislorod ta’sirini to‘sadi, metallning zanglashini cheklaydi.
Melxior va neyzilber idishlar asosan stol bezatishda ishlatiladi. Melxior (niqel va mis eritmasi) silliq va mustaxqamligi bilan farq qiladi. Neyzilber (mis va qalayi qushilmasi) sifati jixatidan melxiorga o‘xshaydi. Bularning har ikkalasi ham o‘z xususiyatlari bo‘yicha yumshoq shiles berishga qulay, bulardan chiroyli shakldagi idishlar yasash mumkin. Sirlanmagan idishlar faqat manzarali bezatishlar uchungina ishlatiladi. Buyumlarning ichki va tashqi qismi qumush suvi yoki nikel bilan qoplanadi. Tirnalishlarga yul qo‘ymaslik uchun bu idishlarni po‘lat buyumlar bilan birga saqlash tavsiya qilinmaydi.
Yemallangan idishlar — bu po‘lat, temir, cho‘yandan yasalgan ichki va sirtqi tomonidan emallangan kastryulkalar, chelak, choynaqlar, togora va boshqalar. Emal mustaxqam, issiqbardosh, yuqori haroratga chidamli, yorilmaydigan, ko‘chib ketmaydigan bo‘lishi kerak. U zararsiz, taomga biron ziyon yetqazadigan bo‘lishi mumkin emas. Keyingi yillarda ishlab chiqarilayotgan emallar kimyoviy, mexanik, termik ta’sirlarga oliy darajada chidamliligi bilan aj-ralib turadi. Bu turdagi emallar bilan qoplangan idish­lar yaxshi gigiyeniq sifatlarga ega: U organik kislota, tuzlar, ishqor ta’siriga chidamli, yuvilishi oson, taomlar tayyorlash va ularni uzoq muddat saqlash mumkin. Ammo ularda ikkinchi taomlar pishirish tavsiya etilmaydi, chunki shavla pishirilganda tagi kuyib ketishi va emal ishdan chiqishi mumkin. Emalli idishlarni yuvishda osh sodasidan, sovundan foydalanish yaxshi natija beradi. Emal idishlarni qattiq poroshoklar bilan yuvish, metall cho‘tka bilan tozalash yaramaydi, emali ko‘chib ketadi. Qozon tagiga olsa, uni ivitib qo‘yiladi va yuviladi.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling