1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


XIZMAT QILISHNING HOZIRGI ZAMON


Download 2.33 Mb.
bet91/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

XIZMAT QILISHNING HOZIRGI ZAMON SHAKLLARI


Restoranlarda xizmat qilishning hozirgi zamon shakl-lariga quyidagilar kiradi:

  • oldindan berilgan buyurtma bo‘yicha mehmonxonada yashayotgan mehmonlar uchun komplekt tushliklar berish;

  • zal-ekspress va stol-ekspress tashkil qilish;

  • oilaviy tushliklar tashkil qilish;

  • milliy pazandachilik bo‘yicha taomlarni yeb-sinab (degustatsiya) ko‘rish.

Xizmatning yuqorida aytilgan shakllari xizmat mada-niyatini oshirishga, xizmat tarmoklarining ko‘payishi, mahsulotlarni realizatsiya qilish miqdorining o‘sishiga olib keladi.
Taomlarni komplekt qilib berilganda vaqtdan yuti-ladi. Bu tushlik ovqatiga gazak, yarimta suyuq ovqat, ik-kinchisiga issiq ovqat va shirinlik. Taomnoma har bir kun uchun alohida-alohida tuziladi. Zalda komplekt ovqat uchun stol bo‘ladi. Mijozlarga kirishda bu haqda aytiladi yoki stolda bu haqda yozilgan qog‘oz bo‘ladi. Bu tushlik chek bo‘yicha beriladi. Zalga kirishda eshik oldida kassa mashinasi ishlaydi. Stolga tarelkalar, fujer, ziravor, kuldon, oshxona anjomlari (vilka, pichoq, qoshiq) qo‘yiladi.
Alohida zallar bo‘lganda ekspress-zallar uyushtirila-di. Bunda komplekt tushlik ovqat bo‘ladi. Ekspress-zalda har bir ofitsiantga to‘rt o‘rinlik 4—5 tadan stol to‘g‘ri keladi. Xizmat tezroq bo‘lishi uchun bu zallarda sovutgich shkaflari bo‘lishi zarur. Ekspress zalning hamma stol-lari oldindan mijozlarni kutishga tayyorlanadi. Tush-lik stollariga tarelkalar, fujerlar, ziravorlar, sal-fetkalar qo‘yiladi. Har bir stol ustida taomnoma bo‘li-shi shart. Ofitsiantlar oldindan chek yozdiradilar, sovuq gazak, shirin taomlarni zalga olib kirishadi. Non ham oldinroq keltiriladi. Xo‘randalar sovuq gazakdan tamaddi qilib turganda, ofitsiant katta idishda suyuq ovqat kelti-rib, o‘zining yordamchi stoliga qo‘yadi va mehmonlarga tar-qatadi. Ikkinchi taom berilgandan so‘ng, ofitsiant idish-tovoqlarni yig‘ishtiradi va mijozlar bilan hisob-ki-tob qiladi. Ekspress-zalda tushlik ovqat qilish uchun hammasi 20—25 daqiqa vaqt ketadi. Ekspress-zalda shu xizmat davrida ekspress-stollari ham bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, ekspress-stollar mehmonxonalar qoshidagi res-toranlarda, temir yo‘l vokzallari, aeroport restoranla-rida ko‘p uchraydi, chunki bu yerlarda hamma vaqt odamlar shoshilib yuradi. Restoran zalida stollar tayyorlanadi, shirin, sovuq taomlar, sut mahsulotlari, somsa, bulochka, pirojniylar qo‘yiladi. Ofitsiantlar birinchi va ikkin-chi taomlarni beradi.
Choy stollari ham alohida zalda bo‘ladi. Zal tegishli tartibda bezatiladi. Har bir stolda patnis ustiga elektr samovar qo‘yiladi. Bu yerda ofitsiantga bufet mahsulotla-ridan keltirish uchun buyurtma berish mumkin. Restoranda oilaviy taomlarni sinab ko‘rish tadbir-lari o‘tkaziladi.



Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling