Suyuq ovqat nomlari ishtirok etgan paremalarning etnolingvistik tadqiqi
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so`zlar
Journal of Advanced Research and Stability Volume: 02 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2181-2608 www.sciencebox.uz/ 376 SUYUQ OVQAT NOMLARI ISHTIROK ETGAN PAREMALARNING ETNOLINGVISTIK TADQIQI Nurova Yulduz Ubaydullayevna Buxoro davlat universiteti Annotatsiya: O‘tmishda suyuq ovqatlarning ham turlari juda ko‘p ekanligi o‘zbek xalq paremalarida ko‘zga tashlanadi. O‘zbeklarda suyuq taomlar jazlab yoki jazlanmay pishiriladi. Bularni asli go‘sht, suyak, ayrim joylarda (Xorazm va Qoraqalpog‘istonda) baliq sho‘rvasidan, ba’zan faqat sabzavotning o‘zidan ham pishiradilar. Suyuq oshga ba’zan go‘shtli quyuq taomlar tayyorlashdan qolgan sho‘rvalar ham ishlatiladi. Milliy suyuq ovqat tayyorlashda piyoz, sabzi, sholg‘om, karam, bulg‘or qalampiri, baqlajon kabilardan foylaniladi. An’anaviy suyuq taomlardan jazsiz pishiriladigan no‘xat sho‘rva, sholg‘om sho‘rva, kalla sho‘rva, darmon sho‘rva, kifta sho‘rva, chuchvara sho‘rva, po‘stdumba sho‘rva, chumchuq sho‘rva, tovuq sho‘rva, dumbul sho‘rva, mastava, piyova, ugra, manchiza, moshxo‘rda, umoch oshi, go‘ja, yorma, loviya oshi kabilar milliy taomlar naqadar boy va lazzatli ekanligini isbotlaydi [1,165]. Kalit so`zlar: Donli suyuq ovqatlar, UN mahsulotlaridan tayyorlangan suyuq ovqatlar, sutli suyuq ovqatlar, suvli suyuq ovqatlar, piyova, ugra, manchiza, moshhorda, umoch oshi. Xalq paremalarida suyuq taom nomlaridan yorma, ugra, so‘k oshi, umoch, yovg‘on, ashava, go‘ja, moshova kabi leksik birliklar ko„zga tashlanadi. O„zbek xalq paremalarida ishtirok etgan suyuq ovqat nomlarini, o„z navbatida, uchga ajratish mumkin: II.1. Donli suyuq ovqatlar. II.2. Un mahsulotlaridan tayyorlangan suyuq ovqatlar. II.3. Sutli suyuq ovqatlar. II.4. Suvli suyuq ovqatlar. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling