Suyuq ovqat nomlari ishtirok etgan paremalarning etnolingvistik tadqiqi
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.1.3. Go‘ja
II.1.2. So‘k oshi – tozalangan tariq. Xom so„k. Qovurilgan so„k. So„k oshi [6,96]. So„k –
tozalangan tariq. Eski o„zbek tilida ham shunday ma‟noni anglatgan bu ot сὂк tarzida talaffuz qilingan; hozirgi o„zbek tilida ὂ unlisining yumshoqlik belgisi yo„qolgan: сὂк> сок [3,312]. Kosiblar chorshanba (bozor) kuni tayyor bo„lgan kavsh-maxsi va etiklarini, bo„zchilar bo„z- alaklarini sotib, bir haftaga yetadigan ro„zg„orlarini bozordan g„amlab chiqib, payshanba kuni o„z oilalari va xalfa-shogirdlari uchun palov (yoki boshqa biror tansiq ovqat) qilardilar. “Qozoni quyuq qaynaydi” degani – shu. Boshqa begim kunlari esa moshxo„rda, so„k oshi, yovg„on sho„rva singari ovqatlar qilinardi [9,186]. Adashganga yulduz Oyday ko„rinar, Och qolganga go‘ja moyday ko„rinar. II.1.3. Go‘ja – go„ja osh o„g„irda tuyib oqlangan jo„xori yoki bug„doydan tayyorlangan suyuq ovqat [6,201]. Go„ja – qo„qonjo„xori (oq jo„xori) yoki qayroqi bug„doydan tayyorlanadigan suyuq taom. Go„ja tayyorlash uchun avvalo donga ishlov beriladi. Buning uchun oq jo„xori yoki bug„doy tozalanib, bir oz namlangach, yog„och kelida tuyib, yelpib, kepak va qipiqdan tozalanadi. Bu ish 2-3 marta takrorlanadi, so„ng yaxshilab yuviladi. Sutli go„ja, qatiqli go„ja, jazli go„ja, achitma go„ja kabi turlari bor [10]. Ma‟lumki, o„tmishda kompas bo„lmagan. Uzoq safarga chiqqan yo„lovchilar bepoyon dasht-biyobonlarda ketayotganlarida tun qorong„usida adashib qolmaslik uchun yulduzlarga qarab yo„l tanlaganlar. Mazkur maqolning birinchi qismida: “Adashgan odamga kichkinagina yulduz ham kattakon Oydek bo„lib ko„rinadi (ya‟ni son-sanoqsiz yulduzlar orasida u o„ziga kerakli yulduzni ko„rib qolsa, bu yulduz unga xaloskorday tuyuladi)” deyilmoqchi. Go„ja – oq jo„xori yoki bug„doydan tayyorlanadigan suyuq osh. Boshqa ovqatlarga nisbatan past sanaladigan bu taomni, asosan, kambag„allar iste‟mol qilishardi. Maqolning ikkinchi qismida: “Och odamning ko„ziga ana shu ovqat ham eng lazzatli ovqatday bo„lib ko„rinadi” deyilmoqchi [9,101]. Yog„ yog„ga tomar, moshovaga jaz ham yo„q. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling