Suyuq ovqat nomlari ishtirok etgan paremalarning etnolingvistik tadqiqi


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi0.58 Mb.
#1016401
1   2   3   4
II.1. Donli suyuq ovqatlar 
Yotar qursoq – yormadan aylansin. 
II.1.1. Yorma – 1. Oqlangan tuyilgan butun don, oqlangan g„alla mahsuloti. 2.Shunday 
mahsulotdan tayyorlangan ovqat [7,47]. Yorma – (крупа), yormabop (tariq, guruch, grechka, 
makkajo„xori), donli (arpa, suli, bug„doy) va dukkakli (no„xat, yasmiq (yasmiq – dukkaklilar 
oilasiga mansub o„simlik va uning doni) ekinlarining butun yoki maydalangan donidan 
tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari. Bodroq va shu kabi mahsulotlar ham yorma hisoblanadi 
[5,267]. Yorma – oqlab, bug„doy yo arpa donidan tayyorlangan suyuq ovqat [9,111]. Yorma – 
oqlab, tuyilgan dondan tayyorlangan ovqat [9,379]. Yorma – oziq-ovqat mahsuloti; ko„pincha 
sholi, bug„doy, suli, arpa, grechixa, makkajo„xori, no„xat singari donlarni maxsus mashinada 
oqlab (butun) yoki maydalab tayyorlanadi. Tariqdan oqlangan so„k, sholidan guruch (oqshoq), 
bug„doydan manniy yormasi, oqlangan bug„doy, arpadan oqlangan arpa (perlovka), oqlangan oq 
jo„xori, maydalangan makkajo„xori doni ko„p ishlatiladi [10]. Mazkur maqol bilan: “Ishlamay, 
bekor yotgan odam shu arzongina tushadigan ovqatga ham muhtoj bo„lib qoladi” yoxud 
“ishyoqmas, dangasaga shu arzimagan ovqat ham – hayf ” degan ma‟no ifodalangan [9,111]. 


Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 02 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2181-2608 
www.sciencebox.uz/ 
377 
Olim To„lqin Tog„ayevning tadqiqotida Alisher Navoiy asarlarida yormaning bug‘ro varianti 
ham qo„llanganligi qayd etiladi. Bug„ro. Bu taom turi hozirgi o„zbek tilida ishlatilmaydi. U 
tarixiy so„zga aylangan. Navoiy davrida ko„pchilik uchun tayyorlanadigan taom bo„lganligi 
anglashiladi: “Bir kun Gavharshodbegim madrasasi tolibi ilmlari bir bog„da suhbat tutib, bug„ro 
pishiradur ermishlar. “Navoiy asarlari lug„ati”da keltirilgan bu misolda manba “Xamsat ul-
mutahayyirin” ekanligi ko„rsatilgan va “bug„ro – bug„doyni oqlab pishiriladigan va katta 
yig„inda tortiladigan ovqat” deb izohlangan. Taxmin qilamizki, bu taom turi hozirgi yorma 
bo„lsa kerak. Yorma oqlab tuyilgan bug„doy yormasidan tayyorlanib, katta yig„inlarda, masalan, 
askar yigit armiyadan qaytganda, elga tortiladigan taom hisoblanadi. Samarqand, Qashqadaryo, 
Surxondaryo viloyatlari aholisi orasida hozirda ham iste‟mol qilib kelinadi [4,30] . 
Urganlari – ugra oshi, so„kkanlari – so‘k oshi

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling