1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Mehmonlarga xizmat qilish


Download 2.33 Mb.
bet108/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

Mehmonlarga xizmat qilish. Zalga kirishda mehmon-larni banket tashkilotchilari kutib oladi. Mehmonlar-dan birinchisining zalda ko‘rinishi bilan ofitsiantlar xizmat qilishni boshlaydi.
Xizmat boshlanishida zalda qancha odam borligiga qarab, ofitsiantlar zalga chiqishadi. Oldin xizmat xona-sidan patnisda ichimliklar ko‘targan ofitsiantlar, so‘ngra ular orqasidan gazaklar bilan ikkinchi guruh ofitsiant-lar chiqadi. Patnislar chap qo‘lda tirsak barobarida bo‘la-di. Ular har bir mehmon oldiga kelib ichimlik va gazak-lar tavsiya etadi. Bir mehmon xoxdagan ichimlik, gazak olishi yoki hozircha olmasligi mumkin, u chog‘da ofitsiant ikkinchi mehmonga yondashadi va ichimlik taklif qiladi. Shunday holat ham bo‘lishi mumkin: mehmon sharbat ichish-ni xohlaydi, ammo ofitsiantda bu ichimlik yo‘q, bufetda bor. Ofitsiant uzr so‘rab bufetdan mehmon talab qilgan ichimlikni keltirib beradi.
Bordiyu, mehmon istagan ichimlik bufetda ham bo‘lma-sa, ofitsiant mehmonga yuzlashib, «kechirasiz, bu ichim-lik yo‘q ekan, apelsin sharbati bor, marhamat» deb pat-nisni tutishi kerak.
Ofitsiant patnisidagi ichimliklar tugab qolsa yoki oz qismi qolsa, u bufetga boradi, yetishmaydigan ichim-liklar bilan patnisni to‘ldiradi yoki tayyorlab qo‘yilgan
patnisni ko‘tarib zalga kiradi. Ba’zi mehmonlar bo‘sha-gan ryumka, qadahlarini patnisga qo‘yish xohoshini bil-dirsalar, ofitsiant patnisni tutadi yoki yaxshisi, ryum-kani o‘ng qo‘li bilan olib eng yaqin yordamchi stolga qo‘yadi. Ofitsiant ichimliklar tarqatar ekan, qaysi ichimlikka ehtiyoj ko‘proqligini bilishi va bufetchiga aytishi lo-zim, o‘z navbatida o‘sha ichimlikdan ko‘proq ryumka, qadah-
larga quyib turadi.
Mehmonlar ichimliklar ichgach, ikkinchi ofitsiant qo‘lida patnis bilan gazaklar tavsiya qiladi. Gazakdan bo‘shagan yoki ozgina qolganlari bilan idishlar yordamchi xonalarga keltiriladi, bu yerda idishlar to‘ldirilib, yana
zalga olib chiqiladi.
Issiq gazaklar banket egalari, bosh ofitsiant bilan kelishilgan holda beriladi. Qizitilgan metall yoki chin-ni idishlarga gazaklar solinadi, vilkalar o‘rniga yog‘och yoki plastmassadan qilingan sanchgichlar qo‘yiladi. Gazak-lar bo‘lakchalarga bo‘lingan bo‘lsa, har bir bo‘lakchaga bit-tadan alohida sanchgich sanchilgan bo‘ladi, mehmonlar be-malol olib iste’mol qilaveradi. Gazaklar idishga uyib solinadigan bo‘lsa, tepa qatordagi har bir bo‘lakka sanch-gich sanchib qo‘yilgan bo‘ladi, boshqa sanchgichlar stakanda gazak yoniga qo‘yiladi.
Sanchgichning ikkinchi uchi mehmonlar olishi uchun qulay bo‘ladigan qilib stakandan 10—20 mm tashqariga chiqib turadi. Gazak bilan mehmonlar atrofida yurgan ofitsiant patnisni chap qo‘lida, o‘ng qo‘lida esa, bo‘shagan sanchgichlar solinishi uchun tarelka bo‘ladi. Ofitsiantlar mehmonlar kelganidan boshlab to oxirgi mehmon qolgun-cha uzluksiz xizmat kiladi.
Kokteyl-banketlar tashkil qilishda ryumka, qadahlarga banket zalida ham ichimliklar quyilsa bo‘laveradi. Bu-ning uchun qulayroq joylarda — burchaklarda, chekkaroq joylarda, banket zalining tinchroq devorlari yaqinida barlar uyushtiriladi. Bularning miqdori mehmonlar so-niga va banket zalining maydoniga bog‘liq. Maxsus bu-fet moslamalari bo‘lmasa, bunday barlar uchun odatdagi stollar qo‘yiladi. Ular ustiga qalin mato va dasturxon solinadi. Furshet-banket stollari kabi yasatiladi. Bun-day stollar uzunligi 2—4 m, eni 1—1,5 m bo‘ladi. Bar-
s toli markaziga vitrina o‘rnatiladi, shishalar etiketka-si zalga qaratilgan ichimliklar qo‘yiladi. Muz solingan idish, banka va shisha ochqichlar, salfetka, patnis bo‘ladi.
Stol-barda ryumka, qadahlar to‘p-to‘p qilib qo‘yiladi. Bo‘yi uzun idishlar stol chetida ichimliklar quyuvchiga yaqinroq, bo‘yi pastroqlari markazda turadi. Barda tur-gan bufetchi ichimliklar quyadi. Ishni yaxshi tashkil qilish uchun uning o‘ng tomonida shisha, ko‘zachalarda ichimliklar bo‘ladi. Stolga qo‘yilgan yashik, qutilarda ichimlik zahi-ralari mavjud. Bo‘sh shishalar ham shu yerga keltiriladi. Banket boshlanishiga 20—30 daqiqa qolganda bar har ji-hatdan to‘la tayyor bo‘lishi shart.
Mehmonlar kelishiga 10—20 daqiqa qolganda bar so-hibi ichimliklar quyishni boshlaydi.
Banketda ko‘p miqdordagi mehmonlarga xizmat qilish zaruriyati tug‘ilsa, bar sohibiga yordamchi beriladi. Uning vazifasi — barga toza idishlar keltirish, foydalanil-ganlarini yig‘ishtirib olish, barga ichimliklar kelti-rish, ehtiyoj tug‘ilganda mehmonlarga patnisda kerakli ichimliklar olib borib berish, shuningdek bar sohibiga ichimliklarni ryumkalarga quyishda yordamlashish.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling