1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Download 2.33 Mb.
bet4/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

X-XV asr.
O‘rta asrlarning boshida oddiy odamlarga mehmondorchilik xizmatini ko‘rsatish diniy muassasalar tomonidan amalga oshirilgan. O‘sha paytlarda sayohatchilarning safari yoki qirol saroyi, yoki cherkov bilan bog‘liq bo‘lardi. Asosiy sayohatchilar, missionerlar, ziyoratchilar muqaddas joylarni sayohat qiluvchilar edi. Shu sababli sayohatchilar to‘xtaydigan hovlilar, cherkovlar yaqinida qurila boshlagan. Yevropada Buyuk Karl VIII asrlardayoq sayohatchilar uchun maxsus uylar qurdirgan. Ronseval darajasidagi bunday uylardan biri sayohatchilar uchun juda chiroyli qabul uyushtirilgan. Bu yerda bepul non, etikdo‘z xizmati, abbatlik omboridan liva va yong‘oq shuningdek, kasallar uchun to‘shaklari bilan 2 ta shifoxona bor edi. Cherkovda ovqat oddiy, lekin boshqa joylarga nisbatan yuqori sifatli edi.
O‘rta asrlarda odamlarning sayohat qilishlari birmuncha ko‘paydi. Sharoitlarga kelsak, sayyohlar 1ta katta xonada polda yotgan va har kim o‘zi olib kelgan ovqatni yer edi (asosan non va chisnok). Yevropada birinchi bo‘lib mazali, to‘yimli ovqat va ichimliklardan bahra olganlar. Rimliklarning avlodi Italiyaliklar bo‘ladi. Italiya janubidagi savdo va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan ilk Italiya burjua vakillari Yevropa oshpazlik san’atining barpo bo‘lishiga asos bo‘lishdi. XIV asrning ikkinchi yarmida Yevropada kulinariya pazandalik san’ati Italiyadan Fransiyaga ko‘chdi. Fransiyada mazali ovqat tayyorlash masalasini hatto davlat ham qo‘llab quvvatladi. Fransuz qirollari o‘zlarini yaxshi oshxona tashkilotchilari sifatida ko‘rsatishdi.
1375-yilda Fransiyada Karl V ning oshpazi Guyole Tirel tomonidan yagona nusxada «1-oshpazlik kitobi yaratildi». Bu pazandalik san’ati olimida katta qadam bo‘ldi va pazandalikning shunchalik yuqori darajaga yetganini ko‘rsatdi. Vatikanda «1-oshpazlik kitobi» 100 yil o‘tgach, ya’ni 1470-yilda yaratildi. Uning muallifi nomalum Monax ruhoniy edi. Angliyada bunday kitob Tipografiya usuli bilan 1508- yilda yaratildi. 1571-yilda Fransiyada Karl IX ning saroyidagi ziyofat uchun o‘zida taomlar ro‘yxatini aks ettirgan «1-Menyu» ishlab chiqildi. Bu epizotik voqea bo‘lganligi sababli o‘sha paytda «Menyu» nomini olmadi. Haqiqiy menyu 100 yil o‘tgach, ya’ni XIV asrning 60- yillardagina Lyudovik XIV ning saroyida saroy oshxonasiga tushlik buyurtmasi uchun taomlar ro‘yxati sifatida ishlab chiqildi. Ko‘rinishi jihatidan ular qalin qog‘ozdan qilingan kartochkalar bo‘lib, ularda taomlar ro‘yxati yagona nusxada qirolga tayyorlangan.
Fransiyada «Menyu Alya kart» deb nomlangan menyudan foydalanilgan va mehmonlar o‘zlari xohlagan taomlarni tanlash huquqiga ega bo‘lganlar. Mahsulotlarni saqlash maqsadida konservalar va vaakumli qutilar yaratilgan.
Qirol saroyidagi bazmlarda yuzlab mehmonlar ishtirok etgan. Bu ziyofatlarda odamlarning darajasiga qarab har xil taomlar tortilgan, ya’ni yuqori darajali mehmonlarga eng tansiq taomlar berilgan. Oshxonalardagi sanitariya-gigiyena shoroiti yaxshi emasdi, idish-tovoqlar aralashib yotardi. Oshpazlar ham sanitariya-gigiyena haqida juda past tasavvurga ega edi. O‘sha paytlarda sanchqi nimaligi bilishmasdi. Aytishlaricha, qirolicha Ekaterina Medichi Fransuz saroyida sanchqidan foydalanishni o‘rgatishga harakat qilgan. Lekin sanchqidan keng foydalanish oradan 200 yil o‘tgach ommalashdi. Ungacha sanchqi o‘rnida odamlar qo‘llari bilan yeyishardi. Pichoqni ikki maqsadda ishlatishgan, kesish va yeyish uchun. O‘rta asr mutaxassislari mikrob, gigiyena haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasada, kechki taomlarda maxsus qoidalarga amal qilishgan:

  1. Taomni vaqtida tortish zarur, kech ham, erta ham emas.

  2. Taomni talabga javob beradigan joyda tortish kerak: xavfsiz, yoqimli va qulay.

  3. Ziyofat berayotgan odam chin dildan va xursandchilik bilan tashkil qilishi kerak.

  4. Tortiladigan taomlar har xil bo‘lishi lozim, chunki kimgadir bir taom yoqmasa boshqasini tanovul qilishi mumkin bo‘ladi.

  5. Stolda har xil ichimliklar bo‘lishi kerak.

  6. Xizmatchilar xushmuomala va odil bo‘lishlari kerak.

  7. Mehmonlar bir birlariga nisbatan yoqimli va mehribon bo‘lishlari kerak.

  8. Qo‘shiq va ko‘ylar xursandchilik muhitida tashkil qilinishi kerak.

  9. Xona yorug‘ bo‘lishi kerak.

  10. Har bir tortiladigan taom bir-biridan mazasi bilan ajralib turishi kerak.

  11. Mehmonlar taomlarni navbat bilan shoshilmasdan yeyishlari kerak.

  12. Har bir mehmon kechki ovqatdan keyin dam olishi kerak.

XVI asrda Angliyada oddiy xalq uchun ham tavernalar paydo bo‘ldi. Bunda ovqat umumiy stolga totilib, narxi esa chegaralangan. Asosiy ovqatga achchiq taomlar berilgan.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling