1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja
-mavzu: Restoranda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni
Download 2.33 Mb.
|
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulotlarni realizatsiya qilishning tasniflanishi.
10-mavzu: Restoranda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni
tashkil etish Reja: 1. Mahsulotlarni realizatsiya qilishning tasniflanishi. 2. Xizmat ko‘rsatish usullari va shakllarining tavsifi. 3. Xizmat ko‘rsatish sifati ko‘rsatkichlarini majmuali baholash. Mahsulotlarni realizatsiya qilishning tasniflanishi. Restoran xizmatlarni realizatsiya kilish jarayonini bir necha bosqichga ajratish mumkin va asosiylari kuyidagilardan iborat: Restoran xizmatlari haqida ma’lumot berish; Joyni oldindan band qilish jarayoni; xizmatlarni realizatsiya qilish jarayoni; mehmonlarni kutib olish va joylashtirish; ko‘shimcha xizmatlar. Restoran xizmatlari o‘zaro va bir-biriga bog‘liq bo‘lib, birgalikda ular korxonaning sifat darajasini belgilaydilar. Restoranhaqida dastlabki ma’lumotlar mehmonxonaning nomi , inshootlarini holati va mehmonxonaning turkumidagi axborotda turadi. Boshqa turdagi ma’lumotni sayt, telefon, sayyohlik markazlari , reklama orqali olish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun turistiklar turoperatorlar, reklama turagentliklar yoki firmalardan olishlari mumkin. Mehmonxonada axborot xizmatlari hakida ma’lumot berish bosqichi eng kerakli va muhim bosqichdir. Ma’lumotlarni berish jarayonida kuyidagilarga e’tibor berish kerak: Restoran xizmatlari hakida ma’lumot mijozda qiziqish hosil kilishi, xohish uyg‘otish kerak va shu bilan u Restoranhaqida , xonalar, vaqti , bronlashtirish jarayonlarni amalga oshirishi kerak. Informatsion faoliyatni axloqiy tarzda, ehtiyotkorlik va professional amalga oshirish. Bronlashtirish jarayoni - bu mehmonxonada mijozlarning buyurtma jarayoni bilan bog‘liq o‘ziga xos foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhida ulardan foydalanish maqsadida ma’lum bir darajadagi xizmatlardir. So‘nggi yillarda bronlashtirish ınafaqat yirik guruhlarga, balki individual turistlarga ham amalga oshirilmoqda. Restoranmavjud o‘rinlarni turli shakllarda bronlashtirmoqda: • og‘zaki; • yozma; • telefon; Tovar realizatsiyani rejalashtirishda, korxonalar tanlagan tovar sotish uslublariga asoslanadi. Ular quyidagi 3 uslubdan biri bo‘lishi mumkin: - tovar ishlab chiqaruvchi vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining istemolchisi bilan bg‘lanishi: - tovarlarni mustaqil vositachi (firma) lar orqali sotish: - aralash usul, ishlab chiqaruvchi firma va vositachi savdo tashkiloti sarmoyalari qatnashishi orqali. Tovarlarning to‘g‘ridan- to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi tomonidan sotilishining yaxshi tomonlari va kamchiliklari ham bor. Firma o‘z mahsuloti savdosini to‘la nazorat qiladi. Undagi alohida qobilyat, bozorni o‘rganish, haridorlar bilan muloqotga kirishish va bozor muvozanatini ushlab turish kabilar tovar ishlab chiqaruvchilarga xos faoliyat emas. Firma tovar harakatini «marketing miks» jarayonida rejalashtirishda quyidagilarga ahamiyat beradi: - sotish siyosatini tovar harakatiga bog‘langan holda aniqlash; - tovar harakati usullaridan va turlaridan barcha tovarlar bozor segmentlariga mosini tanlash; - tovar harakati bo‘g‘inlari va umumiy masofani topish; - tovar harakatini tashkil etuvchi bosh bo‘g‘inini topish; - tovar harakati turlaridan eng samaralisini tanlash va bir necha xilini bog‘lab, bir-birini to‘ldirishini ko‘zda tutish. Tovar harakati qatnashuvchilar quyidagi vazifalarni bajaradi: Ishlab chiqarilgan mahsulotni taqsimlash va sotish; ishlab chiqarishga kerakli xom -ashyo va materiallar tayorlash; marketing tadqiqotlar o‘tkazish; tovarlar istemolchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish; oldi-sotdi qilish uchun shartnomalar tuzish jarayonini tayyorlash; tovarning istemolchisiga yetib borishini raqobatlantiruvchi siyosat yurgizish; tovar harakatini moliyaviy ta’minlash; sotilgan tovarlarga qo‘shimcha xizmat uyushtirish; tovarlarni tashish. Ana shu ko‘p qirrali vazifalarni maxsus savdo firmalarining bajarishi, tovar harakatidagi sarf- harajatlarning ancha yuqori samara berishini taminlaydi. Vositachi hamkorlarni tanlash hamma tovar ishlab chiqaruvchilar uchun muhim davr hisoblanadi. Eng avvalo shunga ahamiyat berish kerakki, tanlab olinayotgan vositachi bir vaqtning o‘zida sizning firmangizning bozordagi raqobatchisi bo‘lmasligi shart. Umumiy holatda vositachi firmalar ichidan sizning tovaringizni sotish bo‘yicha maxsuslashganini tanlash zarur. Yana vositachi firmaning bozordagi obro‘-e’tibori mavqeyiga ahamiyat beriladi. Uning asosiy belgilari - savdo shaxochalarining moddiy texnikasi, joylashishi, sotuvchi xodimlarning malakasi va boshqalar. Oldin sinash uchun biror yilga shartnoma tuzilardi va vositachi savdo firmasi faoliyati har tomonlama urganilardi. Tovar ishlab chiqaruvchi firma vakili, rahbar menejeri vositachini shaxsan urganadi va uning shaxobchalariga boradi. Vositachilar iloji boricha ko‘proq tanlanadi va ularni marketing-bozor dasturlariga ahamiyat beriladi. Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik vazifalarni bajaradi Ulgurjiga faoliyat kursatish xizmat ishlab chikaruvchilar , tijoratchi firmalar ,agent va brokerlar orkali amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi korxonalar ulgurji savdo faoliyatini maxsus bo‘lim yoki firmalar, agent va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Agent va brokerlar vositalik ishini bajaradilar, ammo modddiy javobgarlikni bo‘yinlariga olmaydilar. Savdodagi marketing bo‘yicha mutaxasis bozorni, tovarni, rentabellik masalalarini, foyda va boshqalarni yaxshi bilishi talab etiladi. Tovarni ishlab chikarish texnologiyasi va undagi o‘zgarishlarni bilishi kerak. Marchendayzer doimo o‘z oldida tovarni faqat bahosidagi farqdagina (ulgurjisiga olingan va chakanasiga sotilayotgan) foyda kelishi emas, balki uning ko‘proq aylanishidan va savdo maydonida o‘zluksiz bulishiga ham bog‘liq. Marketingdagi savdo siyosati doimo rivojlanib, yangi-yangi shakil va uslublarni yaratib turadi. Masalan, yaponiyada xoridorlar bilan ishlashga ko‘p ahamiyat beriladi. «Haridor- podisho, hamma xohishi bajarilishi shart» degan tilla qoidaga ko‘pchilik kampaniyalar rioya qiladilar. Tokiodagi «Matsuya» nomli unversal mollar do‘konida sotuvchi qizlar har bir kirib kelayotgan haridorga yarim egilib tazim qilishlari odatga kirgan. Zamonaviy haridor tovarni bozordagi sotish jarayonida va uning ishlatilishi davrida tug‘dirilgan qulayliklarga- servisga katta ahamiyat bermoqda. Rivojlangan mamlakatlarda yangidan-yangi sotish usullari vidio jurnallar, vidio magnitafonlar va kompyuterlar orqali «telemarket», «radiomarket» va telefonlar bilan savdo qilish kengayib bormoqda. Restoranxizmatlarini sotish har qanday mehmonxonaning asosiy vazifasidir. Shu sababli Restoranxizmatlarini sotish asosiy texnologiya jarayoni hisoblanadi. Asosiy texnologiya jarayoni quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: 1. Restoran xizmatlarini tavsiya qilish; 2. Haridorlarga maslahat berish; 3. Restoranxizmatlarini sotish; 4. Hisob -kitob qilish. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling