1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja
Download 2.33 Mb.
|
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja
Buyurtmalarni bajarish
Buyurtmalarni oshxonaga topshirish. Buyurtma qabul qilingandan so‘ng ofitsiant uni navbat bilan bajarishga kirishadi,ofitsiant idish-tovoq turadigan xonaga kirib kerakli narsalarni olib chiqadi. Sovuq taom va gazaklar uchun idishlar oladi, sovuq sexga olib kelib, o‘ziga qabul qilingan buyurtmani beradi. So‘ng issiq sexga kirib issiq taomlar buyuradi. Ba’zi restoranlarda buyurtmaning ancha murakkab usuli mavjud. Bir necha turli buyurtmalarni bajarishga to‘g‘ri kelib qolsa mijozlar guruhlarda 4 – 6 bo‘lsa buyurtmalarni bajarish boshqacha bo‘ladi. Boshqa taomlarni ham olib yordamchi stol ustiga qo‘yadi suv yoki pivani to‘g‘ridan to‘g‘ri stolga beradi. Bu payt buyurilgan sovuq gazak tayyor bo‘ladi. Ularni spirtli ichimliklar bilan stolga qo‘yiladi va issiq ovqat buyuriladi. Tarqatish joyida taomlarni olgan ofitsiant ularning har birini ko‘rikdan o‘tkazishi kerak. Bir xil shakllangan taomlarda har xil ko‘rinish bo‘lsa bir oz biri ko‘p bo‘lsa ofitsiant bunday taomlarni xo‘randa oldiga qo‘ymasligi lozim. Bunday hollarda bosh ofitsiant yoki ishlab chiqarish mudiri chaqiriladi, yo‘l qo‘yilgan xato tuzatiladi. Yaxshi shakllanmagan kuygan yoki sovuq holda taomni mijozga berish – restoran obro‘yiga putur yetkazadi. Buyurtmaga muvofiq stol ustiga dasturxon yasatish. Ofitsiant dasturxon yasatishda quyidagi qoidalarni bajarishi shart: oshxona anjomlari markazdagi tarelkadan o‘ng va so‘l tomoniga qo‘yiladi, pichoqning o‘tkir tomoni o‘ngga qaraladi, sanchqi chapga, uch tomoni yuqoriga qaratib qo‘yiladi; stol yasatish pichoqdan boshlanadi, u chapdan o‘ngga qarab qo‘yiladi; sanchqilar o‘ngdan chapga qaratiladi; stolga uch komplekt anjomlar qo‘yiladi, to‘rtinchisi gazak tariqasida salfetka ostiga turadi; sariyog‘ uchun ishlatiladigan pichoq somsa tarelkasining o‘ng tomoniga qo‘yiladi; shirin taomlar uchun anjomlar: pichoq, sanchqi, qoshiq va boshqalar ham qoidaga binoan teriladi; anjomlarni shunday qo‘yish kerakki, ular bir-biriga tegmasin. Stol bezatishda yuqorida aytilgan rumka, qadaq va fujerlar ichimliklar berilishi tarkibiga mos kelishi kerak. Alkogolsiz restoranlarda vino-aroq bo‘lmaydi, shuning uchun stolga faqat fujer(stakan) qo‘yiladi. Xizmat vaqtida qarab stol yasatilishi ham o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, nonushta paytida bir xil, tushlik va kechki ovqat paytida boshqa xil bo‘ladi. Xizmat jarayonida ham stol usti anjomlari o‘zgarib qolishi mumkin. Taomlarda baliqli va go‘shtli ovqatlar nazarda tutilsa, stolga faqat gazak anjomlari – ikkitadan pichoq va sachqi qo‘yiladi, issiq ovqat berilganda yana kerakli narsalar qo‘shiladi. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling