Aksiyadorlik jamiyati (AJ) – muassislar (aksiyadorlar)ning ixtiyoriy hissalari asosida tashkil etilgan biznes yuritish shakli. Yani Ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati deb e’tirof etiladi.
AKSIYADORLIK JAMIYATI TURLARI:
Ochiq aksiyadorlik jamiyati – muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir.
Ishtirokchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz sotib olish va ularni erkin sotish huquqiga ega bo‘lgan jamiyat ochiq aksiyadorlik jamiyati deyiladi
Yopiq aksiyadorlik jamiyati – muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadi. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan oshmasligi zarur.
Aksiyalari faqat uning ta’sischilari yoki oldindan belgilangan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanuvchi jamiyat yopiq aksiyadorlik jamiyati deyiladi.
Xususiy korxona(XK)- yagona mulkdor, yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkiloti. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir. Xususiy korxona yagona mulkdor tomonidan tuziladi. Mulkdor xususiy korxonaga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi.
Xususiy korxona ta’sischisi faqat jismoniy shaxs bo‘ladi. Bu bir shaxs tomonidan yaratilgan tashkilot bo‘lib, biznes faoliyati ta’sischining o‘z mulklari asosida amalga oshirilad
Korhonalarning minimal ustav fondlari miqdori
Do'stlaringiz bilan baham: |