1 mavzu savollarga javob


Download 17.4 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi17.4 Kb.
#144333
Bog'liq
1 mavzu. lit


1 mavzu savollarga javob

Jahon xalqlari adabiyotining asosiy maqsadi Er yuzidagi katta-kichik xalq, millat, elatlardan etishib chiqib, yuksak talant bilan asar yaratgan adabiyot kishilarining ijodini tahlil qilish, yutuqlarini belgilab berish, ma’lum bir xududdagi adabiyotlar o‘rtasidagi mushtaraklikni aniqlab, jahon adabiyotida ro‘y berayotgan umumiy va xususiy o‘zgarishlarni qayd qilishdir. Ayni vaqtda ana shu o‘zgarishlar asosida umumadabiyotning qonun-qoidalarini keltirib chiqarishga, uning taraqqiyot tendentsiyalarini belgilab olishga ham yordam berishdir.

Biz ushbu fanni o‘rganish jarayonida jahondagi turli xalqlarning adabiyoti, san’ati bilan tanishamiz, ulardan etishib chiqqan yozuvchi, shoir va dramaturglar asarlarini tahlil qilish bilan jahon tsivilizatsiyasining tarixi va taraqqiyot bosqichlari bilan ham tanishamiz.

2.Jahon xalqlari adabiyoti fani umumadabiyotni o`rganishni ma`lum bir tizimga solish uchun, avvalo, uni xududlarga asoslangan holda bo`lib chiqadi. Bunday xududiy bo‘linish quyidagichadir.

1. Sharq adabiyoti: Xindixitoy xalqlari adabiyoti. Yapon adabiyoti. Avstraliya, Zellandiya va Okeaniya xalqlari adabiyoti. O`rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari adabiyoti. Kavkaz xalqlari adabiyoti.

2. G‘arb adabiyoti: Evropa xalqlari adabiyoti. Skandinaviya xalqlari adabiyoti.

3. Afrika xalqlari adabiyoti.

4. Arab xalqlari adabiyoti.

5. Amerika xalqlari adabiyoti.

3.Jahon adabiyotining tarixiy taraqqiyoti eng avvalo quyidagi katta davrlardan iborat:

1. Antik adabiyot. Bu davr adabiyoti eramizdan avvalgi yillardan to yangi eraning boshlarigacha bo‘lgan badiiy asarlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, qadimgi yunon adabiyoti.

2. Yangi davr adabiyoti. Bu davr adabiyoti esa eramiznging birinchi asridan boshlab, to XVII-XIX asrlargacha bo‘lgan adabiy xayotni qamrab olgan.

3. O‘rta asrlar adabiyoti. Bu davr adabiyoti XVII asrdan XIX asrning oxirigacha bo‘lgan davrda yaratilgan jahon adabiyoti namunalarini o‘zida jamlagan.

4. Zamonaviy davr adabiyoti. Bu adabiyot XX asr boshlaridan to shu kungacha bo‘lgan jahon xalqlari adabiyotining eng yaxshi namunalarini o‘z ichiga oladi.

Ushbu katta davrlar ham o‘z navbatida yana yangi bosqichlardan iborat bo‘lib, unda ikki xil manzarani ko‘ramiz: umumjahon adabiyotiga xos taraqqiyot bosqichlari, alohida olingan millat adabiyotining taraqqiyot bosqichlari.

4. Xududiy bo‘linishlar o‘sha xalqlarning o‘rnashgan joyi, etnik yaqinligi, ijtimoiy-siyosiy, madaniy taraqqiyot bosqichlaridagi rivojning yaqinligi bilan belgilanadi. Bu bo‘linishlar o‘z navbatida yana kichik-kichik qismlarga bo‘linib boradiki, bu masalani keyingi mavzularda hal qilib boriladi. Masalan, O‘rta Osiyo va qozog‘iston xalqlari adabiyoti: o‘zbek adabiyoti, qirg‘iz adabiyoti, qozoq adabiyoti, tojik adabiyoti, qoraqalpoq adabiyotidan iborat. Xududiy bo‘linishning ilmiy afzaligi shundaki, har bir o‘quvchi jahon xalqlari adabiyotini o‘rganar ekan, turli-tuman millat adabiyotini bir-biri bilan adashtirib yubormaydi, ularni bir-biriga qiyoslay oladi va har bir katta xududiy adabiyotning o‘ziga xos tomonlarini o‘zlashtira oladi.



5 .G‘AZAL (arab. — ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda bo‘lish) — 1) Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr. «G‘azal» atamasi dastlab 6—7-a. larda arab she’riyatida paydo bo‘lgan. So‘ng O‘rta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga o‘tib, 13—14-a. lardato‘la shakllangan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli G‘azal namunasi ham uch-raydi. Aa, ba, va, ga, da va h. k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matla’ yoki m a b d a ’, oxirgisi m a qt a’ deb ataladi. Agar ikkinchi baytning mis-ralari ham o‘zaro qofiyalansa, zebi mat-la’yoki husni matla’ deyiladi. G‘azalning paydo bo‘lishi va rivojlanishi musiqa san’ati bilan chambarchas bog‘liq. Dastlab G‘azalga taxallus qo‘yilmagan, bu keyinchalik an’anaga aylangan. G‘azal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan bo‘lsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mav’iza (pandnasihat) va hajviy G‘azallar yuzaga keldi. G‘azal tuzilishiga ko‘ra 4 mustaqil turga ajraladi: mus-taqil baytlardan tuzilgan (parokan-da) G‘azal ; yakpora G‘azal ; voqeaband G‘azal ; musalsal G‘. Ma’no jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona G‘azal larga bo‘linadi. Fors so‘z san’atida G‘azal dastlab rudakiy ijodida uchrasa-da, Sa’diy ijodida u to‘la shakllanib, she’riyatning asosiy janrlaridan biriga aylandi, keyin Hofiz uni yuksak darajaga ko‘tardi: u o‘zigacha tasavvufiy va dunyoviy yo‘nalishda rivojlanib kelgan g‘azalchilikni o‘zaro omuxta qildi. Xusrav Dehlaviy, kamoliddin Isfahoniy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Xoju Kirmoniy, Salmon Sovajiy, Abdu-rahmon Jomiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi shoirlar G‘azal taraqqiyotida katta rolь o‘ynaganlar. O‘zbek adabiyo-tida G‘azalning ilk namunalari Rabg‘u-ziining «Qisasi Rabg‘uziy», Xorazmiyning «Muhabbatnoma»sida uchraydi; keyinchalik Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Ubaydiy, Mashrab, Mujrim-Obid, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Avaz O‘tar va b. ijodida rivojlantirildi.

DOSTON, poema — liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. O‘zbek xalq, og‘zaki ijodi va o‘zbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. Dostonda muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Unda hayot, voqelik keng ko‘lamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa ko‘p bo‘ladi. Ilk dostonlar Yunonistonda paydo bo‘ldi. Ularda afsonaviy qahramonlarning jasorati, xudolarning karomati haqida kuylangan. Gomerning «Iliada» va «Odisseya», Dantening «Ilohiy komediya», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlari Doston janrining kad. namunalaridir. Dostonlar, o‘z mohiyatiga ko‘ra, qahramonlik («Alpomish», «Farhod va Shirin»), sarguzasht-detektiv («Sabbai sayyor»), ishqiy-romantik («Tohir va Zuhra», «Layli va Majnun»), jangnoma («Yusuf va Ahmad», «Saddi Iskandariy»), tarixiy-memuar («Shayboniynoma», «Jizzax qo‘zg‘oloni»), falsafiy («Hayrat ul-abror»), fantastik-allegorik («Lison uttayr»), didaktik («Qutadg‘u bilig») turga bo‘linadi. Qahramonlik Doston larida xalq, jamiyat takdiri tasvirlansa, ishqiy-romantik Doston larda oshiq-ma’shuklarning sarguzashti bosh o‘rinda turadi. Tarixiy-memuar yoxud tarixiy-biografik Doston larda biror tarixiy shaxslar ramziylashtirilib, bo‘rttirib tasvirlanadi. Umuman, Doston larda ideallashtirish, mubolag‘ali tasvir ustun bo‘ladi, ularda turli afsonalar, asotirlar, hikoyatlar, dev, parilar, xizr, ajdar, ajabtovur otlar («Alpomish»dagi Boychibor), sehr-jodu ko‘p ishtirok etadi. Xalq Doston lari baxshi, dostonchi va xalq shoirlari tomonidan dutor, do‘mbira va xalq cholg‘u asboblari jo‘rligida ijro etiladi.
Download 17.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling