1-mavzu. Sementobeton qorishmalarini ishlab chiqarish zavodlari. Reja


Download 71.74 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi71.74 Kb.
#1490071
  1   2
Bog'liq
1 mavzu (1)


1-MAVZU. SEMENTOBETON QORISHMALARINI
ISHLAB CHIQARISH ZAVODLARI.
REJA:

  1. Zavodlar tasnifi va maxsulotlarni tayyorlash texnologiyalari.

  2. Sementbeton zavodi bosh rejasi.

  3. Sementbeton qorishmalarini tayyorlashning texnologik jarayonlari.

  4. Beton aralashtirgich uskunalar.

  5. Sement va tosh materiallari omborlarini tashkil qilishning o‘ziga xos tomonlari.

  6. Sementbeton qorishmalarini tayyorlash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish.

  7. Sementbeton zavodida mehnatni va atrof muhitni muxofaza qilish.

Zavodlarda sementbeton qorishmalar ishlab chiqarishda qator transport ombor va texnologik operatsiyalar bajariladi: qum, chaqiqtosh, shag‘al, sement qo‘shimchalarni ortish va omborda saqlash; to‘ldiruvchilar sement va qo‘shimchalarni qorishtiruvchi uskunalarning tarqatuvchi bunkerlari va siloslariga transportda tashish; to‘ldirgichlar sement, suv, qo‘shimchalarni dozalash; tarkibiga kiruvchi materiallarni aralashtirish; tayyor qorishmani avtosamosvallar, avtobeton tashigichlar, avtobeton qorishtirgichlarga ag‘darib berish. Zamonaviy zavodlarning mexanizmlar bilan ta’minlanganligi va uskunalar nomenklatura sermehnat jarayonlarning aksariyat qismini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga imkon beradi.


Beton qorishmalar, asosan, zavodning beton qorish sexida tayyorlanadi. Sexning texnologik uskunalari ish unumdorligiga ko‘ra chaqiqtosh, qum, sement omborlarining sig‘diruvchanligi va uskunalari zavod ichidagi transport, ortish-tushirish mashinalari va boshqa uskunalar hisoblab topiladi.
Xossalarga ega, talab darajasidagi beton qorishmalar olishga quyidagi omillar sabab bo‘ladi: boshlang‘ich materiallarning sifati va ishonchli ishlaydigan texnologik uskunalar.
Qorishtirish sexi uskunalarini tanlash. Qorishtirish sexining asosiy texnologik uskunalari dozator va betonqorishtirgich.
Dozator beton qorishmaning tarkibiy qismlarini tortib o‘lchashda ishlatiladi. Davlat standartlariga muvofiq, faqat massa bo‘yicha dozalashga ruxsat beriladi; xatolik sement va suvda +2% dan va to‘ldirgichlarda +3% oshmasligi kerak.
Beton qorishtirgichlar dozalangan tarkiblardan beton qorishma tayyorlashga mo‘ljallangan: bog‘lovchi (sement), suv va to‘ldirgichlar (yirik-shag‘al va mayda-qum). Zamonaviy beton qorishtirgichlardan komponentlarni jadal qorishtirish talab qilinadi.
Beton qorishtirgich tanlanganda quruq qorishma bilan tayyor qorishma hajmidagi farqni beton chiqish koeffitsienti hisobga olish zarur. Bu koeffitsient doim birdan kichik bo‘ladi (taxminan 0.67), aralashtirilganda mayda donalar yirik donalar orasidagi bo‘sh joylarni to‘ldiradi.

Download 71.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling