1-mavzu seminar. Quldorlikning umumiy ahvoli qanday ?
Download 28.5 Kb.
|
1 seminar. jahon tarixi
1-mavzu seminar. 1. Quldorlikning umumiy ahvoli qanday ? Qullik - ekspluatatsiyaning tarixan dastlabki va eng qoʻpol shakli, unda qullar quldorlarning mulki hisoblangan. Quldorlikning manbai urush yoki qaroqchilik boʻlgan. Yoki qarzlarini toʻlay olmagan qabiladoshlar shuningdek qullarning tabiiy koʻpayishi ham misol boʻla oladi. Yaqin va oʻrta sharq mamlakatlarida quldorlik birmuncha keng tarqalgan. Islom dini musulmonlarni qul qilishni taqiqalagani uchun qullarning asosiy qismini urushlar paytida asir tushganlar yoki Yevropa , Afrika va Osiyo mamlakatlaridagi gʻayridinlar tashkil etgan. Yevropada esa antik davrda ayniqsa quldorlik rivoj topdi. Rim imperiyasi va Yunon davlarida shuningdek, imperiya parchalangach tashkil topgan qirolliklar va Vizantiya imperiyasida ham quldorlik avjiga chiqqan edi. 2. Emfitevsis bu ? Prekariy , patronit ,kommendansiya va kolonit atamalariga izoh bering ? Emfitevsis - antik davrda yer ijarasi muddati oʻzgarib, uzoq muddatli ijaradan abadiy ijaraga oʻtish bosqichi. Prekariy - ( soʻzma soʻz "iltimosga berilgan yer " ) bu yer egaligida yer egasi hech qanday majburiyat bajarmagan , yer egasi yerdan foydalanotganligidan kifoya qilib, prekariychining majburiyatlarini bajargan. Istalgan vaqtda prekariychi prekariy egasi yerdan ancha vaqt foydalanganligiga qaramasdan, uni quvib yubora olishi mumkin boʻlgan. Prekariy egasi yer egasi emas, undan maʼlum muddat foydalanadigan odam boʻlgan. Kommendansiya- bu doim ham oʻz hohishi bilan boʻlmasada , ammo bir fuqaroning boshqa bir ancha boyroq fuqaro homiyligiga oʻtishi. Patronat - III - IV asrlarda mayda va oʻrta yer egalarining yirik yer egalariga shaxsiy qaramligidir. Turli xil yovuzliklar qarshiligidan qutulishga intilish patronatga kirayotgan kishining oxir oqibat yerga boʻlgan egaligidan mosuvo etgan. Patronat tizimi yirik yer egalarining ( feodallar) ning shaxsiy hukmronligini keltirib chiqargan va imperatorlarga qarshi qilib qoʻygan. Kolonat - Antik davrda kolonat yer egaligi ham muhim rol oʻynagan. Kolon bu koʻchib keluvchi boʻlgan va keyinchalik dehqon boʻlgan. I asrga kelganda turli maqomdagi mayda ijarachilar mahsulot obrogi va toʻlov bilan kolanatga aylangan. 3.III - IV asrlarda iqtisodiy tanazzulning sabablari. Iqtisodiy tanazzul imperiyadagi siyosiy beqarorlik sababli vujudga keladi. Iqtisodiy tanazzul avvalo obikor yerlarning qisqarib ketishida , hosildorlikning kamayishida , shahar qurilishlari va savdo tashuvlarining qisqarishida namoyon boʻldi.Pul munosabati hali ham mahalliy va mintaqaviy savdo sotiqda muhim rol oʻynagan boʻlsada bu davrda tanazzul sababli iqtisodiy munosabat sustlashadi. 4. Moliyaviy islohotlarning asosiy koʻrinishlari. Dominat davrida soliq tizimida ham keskin oʻzgarishlar kuzatila boshlandi. III asrda Rim fuqarolari toʻgʻridan toʻgʻri olinadigan doimiy soliqlardan ozod qilingan. Iqtisodiy tanazzuldan chiqish uchun Rim jamiyati davlat moliya tizimini tartibga solishga harakat qildi. Bu yoʻlda ilk va dadil qadam tashlab imperator Diokletian (284-305) boshqaruvida tashlandi. U tangalardagi nodir metallar miqdorini kamaytirib, tarixda ilk marta asosiy mahsulot va xizmatlarni narxini tartibga soldi. Bundan tashqari yangi hisob birligidan - jugum capitatio dam foydalanilgan. Bu hisob yerning hisob koʻrsatkichi va ishchi kuchini baholash uchun foydalanilgan. ( Jugum - boʻyinturuq, caput - bosh ). 5. Rim jamiyatidagi inqiroz sabablari Shaharlarning oʻzini oʻzi boshqaruvidagi imperatorlar tomonidan cheklashlar , soliqlarga koʻproq tortlish oqibatida shahar jamoalaridan fuqarolarning qochib ketishi avj ola boshladi. Avval Diokletian, keyinchalik esa Konstantin shaharliklarning shahardan chiqib ketishini taqiqallab qoʻygan boʻlishsada lekin bu hol rim mafkuraviy inqirozini oldini ola olmadi. Soʻnggi antik jamiyatdagi inqiroz alohida kishining va umuman fuqarolar jamoasining qiziqishlaridagi uygʻunlik haqida tushunchalardan borgan sari uzoqlashib ketishida namoyon boʻldi. Ayni paytda klassik davrdagi boshqa mafkuraviy qarashlarda ham oʻzgarishlar kuzatildi. Kishilarni erkin va qullar toifasiga boʻlinishi oʻz ahamiyatini yoʻqota boshladi. 6. Imperiyaning xristianlashuvi oqibatlari. Imperiyaning xristianlashuvi dastlab yaxshi kutib olingan boʻlsa da lekin keyinchalik avval boshda oʻz taʼsiri bilan , keyinchalik oʻz boyligi bilan xristianlar jamoasi davlatga va uning mafkurasiga qarshi tura boshladi. Shuning uchun ilk xristianlar jamoasi hukmdorlar tomonidan taqibga olinadi. Ayniqsa Diokletian davrida ularni quvgʻin qilish avjiga chiqadi . Lekin bu taqib aks taʼsir koʻrsatadi va ularning hukumatga qarshi birlashuviga olib keladi. Shundan soʻng imperator xristianlikni kuch bilan yengib boʻlmaydi deb hisoblaydi va ular bn murosa qiladi. 313- yilda imperator Lisiniy va Konstantin mashhur boʻlgan Milan ediktini imzolangan. Unga koʻra imperatorlar xristianlar jamoasiga erkin ibodat qilish huquqini beradi. 7. Xalq ommasining ijtimoiy noroziliklari va uning oqibatlari. Eski koʻrinishdagi qarshilik harakati boʻlgan qullikdan qochish , davlat amaldorlari ga soliq toʻlashdan qochish , turli majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish bilan birga endi kurashning nisbatan boshqa koʻrinishlari avj oladi. Bunday qoʻzgʻolonlarning eng yirigi bagautlar qoʻzgʻaloni boʻlib, bu harakat Galliyaning shimoliy gʻarbiy qismida va Amorika va Ispaniya da avj olardi. Shodiyev Oʻlmas. 205- guruh. Download 28.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling