1-mavzu. Servis faoliyatini tushunchasi va mohiyati. Servis faoliyatini ahamiyati va rivojlanish istiqbollari reja
Servis faoliyatini rivojlanish istiqbollari
Download 17.33 Kb.
|
1 mavzu Servis faoliyatini tushunchasi va mohiyati Servis faol 1
4.Servis faoliyatini rivojlanish istiqbollari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ushbu sohadagi kamchiliklarni bartaraf eti shva soha istiqbolini belgilashga qaratilgan. Qarorda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari etib quyidagilar belgilangan: - xizmatlar ko’rsatish sohasida tadbirkorlarning faolligini kuchaytirish uchun shart-sharoit yaratish va shu asosda 2010 yilgacha xizmatlarni yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 49 %ga yetkazish; - 2006-2010 yillarda xizmatlar ko’rsatish sohasida band bo’lgan aholi sonini 1,6 marta ko’paytirish; - qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar, birinchi navbatda, kommunal-maishiy, uy-joylarni ta’mirlash va qurish, suvdan foydalanish, veterinariya, qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlash va mashina traktor parklari sohasidagi xizmatlar hajmi va turlarini yanada oshirib borish; - an’anaviy xizmat turlari bilan bir qatorda yangi istiqbolli – yuridik, konsalting, bank, moliya, sug’urta, lizing va baholash xizmat turlarini jadal rivojlantirish; - mamlakatimiz korxonalarining xalqaro bozordagi xizmatlari darajasi va sifatini oshirish hamda shu asosda xizmatlar eksportini ko’paytirish; - xizmatlar ko’rsatish va servis sohasida ishlaydigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlash. Servis tashkilotlari iste’molchilar uchun qattiq raqobat jangini olib borishmoqda va bunda iste’molchilar talabiga mos keluvchi xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar yutib chiqishadi. Xizmat ko’rsatish tashkilotlari xizmat ko’rsatish shakl va usullarini, xizmat ko’rsatish texnikasini taraqqiy ettirib iste’molchilarni o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga intilishadi. Tovar va xizmatlar iste’molini globallashuvi servis tashkilotlaridan xizmatlarni xalqaro sifat standartlari talabiga moslashtirishni talab qiladi. Bu maqsadlarga erishish uchun servis tashkilotlariga servis faoliyatini tashkil eta olishga qobiliyatli va iste’molchilarga zamonaviy, qulay va xavfsiz xizmat ko’rsatishni ta’minlay oluvchi bilimli va ruhiy tayyorlangan personal kerak bo’ladi. Servis sifatini oshirishda xizmat ko’rsatish sharoiti va xizmat ko’rsatish zonasidagi muhit (servis tashkiloti joylashgan bino interyeri, mebellashganligi, jihozlari, xona mikroklimati, xizmat ko’rsatuvchi personalni tashqi ko’rinishi va uni malakaviy mahorati) muhim rol o’ynaydi. Servis tashkilotini ish sifati xizmat ko’rsatishni saviyali loyihalashtirish va tashkillashtirishga ham bog’liq. Zamonaviy xizmat ko’rsatish jarayoni odamlarni yakka xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini tahlil etishga, xizmat ko’rsatish jarayonini, material obyektlarni va xizmatlarni diagnostika va modellashtirishga asoslanadi. Servis tashkilotlarini raqobatbardoshligi buyurtmachilar ehtiyojlarini, jinsga, yoshga, iste’molchilarni yakka xususiyatlariga bog’liq holda xizmatlarga bo’lgan talab xususiyatlarini xizmat ko’rsatish jarayonini ruhiy omillarini, modda ruhiyati, reklamani ta’sir etish ruhiyati masalalarini tahlil etishga asoslanadi. Download 17.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling