1-mavzu. Servis faoliyatini tushunchasi va mohiyati. Servis faoliyatini ahamiyati va rivojlanish istiqbollari reja
Download 17.33 Kb.
|
1 mavzu Servis faoliyatini tushunchasi va mohiyati Servis faol 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Fanning maqsadi va vazifalari. 3.Bizning iqtisodiyotimizni xizmatlar sektori. 4.Servis faoliyatini rivojlanish istiqbollari.
1-MAVZU. SERVIS FAOLIYATINI TUSHUNCHASI VA MOHIYATI. SERVIS FAOLIYATINI AHAMIYATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI Reja: 1.Xizmat nima? “Servis faoliyati”, “xizmat”, “xizmat iste’molchisi”, “xizmat bajaruvchisi”, “xizmat natijasi”, “xizmatlarni taqdim etish” va “xizmat ko‘rsatish” tushunchalarini mohiyati. 2.Fanning maqsadi va vazifalari. 3.Bizning iqtisodiyotimizni xizmatlar sektori. 4.Servis faoliyatini rivojlanish istiqbollari. 5.Servis faoliyatini mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati. 1.Xizmat nima? “Servis faoliyati”, “xizmat”, “xizmat iste’molchisi”, “xizmat bajaruvchisi”, “xizmat natijasi”, “xizmatlarni taqdim etish” va “xizmat ko‘rsatish” tushunchalarini mohiyati Xizmat deganda avvalo mehnat mahsulotini tushunish lozim. Ushbu mahsulotning asosiy belgilanishi bo‘lib, insonlarning aniq talablarini qondirish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda xizmat-bu insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. Servis faoliyati deganda yakka tartibdagi xizmatlarni ko‘rsatish orqali insonlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat turini tushunish lozim. Ushbu turdagi faoliyat bilan turli xildagi tashkilotlar shug‘ullanadi. Ular jumlasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar va turli mulk shakliga ega bo‘lgan servis korxonalari kiradi. Ular mehnatining natijasi bo‘lib xizmat hisoblanadi. Xizmat iste’molchisi-bu shaxsiy ehtiyoj uchun xizmatni oluvchi, buyurtma beruvchi yoki uni olish va buyurtma berish niyatida bo‘lgan fuqorodir. Xizmatni bajaruvchi-iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot yoki tadbirkor. Xizmatning natijasi bo‘lib, tovarning iste’mol xususiyatlarini qayta tiklash (o‘zgartirish, saqlash), buyurtmaga binoan yangi mahsulot yaratish, iste’mol sharoitlarini yaratish, sog‘liqni, shaxsning ma’naviy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash va boshqa bir qator muhim vazifalar hisoblanadi. Servis” tushunchasi (ingliz tilida service – xizmat, xizmat qilish), ingliz tilidagi ma’noni, ya’ni “xizmat ko’rsatish, turli xizmatlarni taqdim etish”ni anglatadi. Shu bilan birgalikda “servis” so’zini ma’nosi bizni oxirgi o’n yilliklardagi iqtisodiy amaliyotimizda aniq mohiyatga ega bo’ldi. 70-80 yillarda bizni mamlakatimizda servis zamonaviy talablarga javob beruvchi, mashhur firmalarni texnik yangiliklari va qimmatbaho tovarlari hayotini uzaytirish bo’yicha xizmatlar ko’rsatuvchi korxonalarda ishlovchi malakali ishchilar tomonidan bajarilgan xizmatlar kompleksi bilan bog’lanar edi. “Servis” tushunchasi bilan bir qatorda “xizmat” tushunchasi ham keng foydalanildiki, u boshqa kishiga foyda ne’mat yordam keltiruvchi harakatni anglatadi. Shunday qilib, servis faoliyati mohiyatini tushunish foyda, xizmat tushunchalari bilan bog’langan ekan. Umuman olganda, “xizmat” va “servis” tushunchalari bir xil ma’noga ega bo’lmoqda. Shu bilan birga ular zamonaviy xizmat ko’rsatish turini aks ettiruvchi “servis xizmati” so’z birikmasini ham hosil qilishi mumkin. Download 17.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling