Iste`molchi hatti-harakati nazariyasi
Download 104.19 Kb.
|
Iste`molchi hatti-harakati nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Swnggi qwshilgan naflilik
- Yalpi (umumiy) naflilik
Iste`molchi hatti-harakati nazariyasi. Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid kwplab darslik va wquv qwllanmalarda bozor talabining shakllanishi va namoyon bwlishini iste`molchining hatti-harakati orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan g`arb adabiyotlarida mavjud bwlib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste`molchi hatti-harakati nazariyasi alohida ywnalish sifatida bayon etilmoqda.34 Talabalarni mazkur nazariyaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy tushunchalarini kwrib chiqamiz. Iste`molchining bozordagi hatti-harakati swnggi qwshilgan naflilik nazariyasi hamda iste`molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Cwnggi qwshilgan naflilik nazariyasining mazmuni bilan IV-bobda batafsil tanishib chiqqan edik. Bu nazariya yordamida iste`molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal kwrishi qoidalari bayon etiladi. Agar naflilikka iste`molchi wlchami bilan qaralsa, u iste`molchining biron-bir ne`matni iste`mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste`molchi tomonidan wzi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste`molchining afzal kwrishi deyiladi. Naflilik funktsiyasi ma`lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutloq kwrsatkichlarda wlchashning ahamiyati bwlmay, iste`molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir twplamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini kwrsatib berish mumkin emas. Naflilik funktsiyasi iste`mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi: . Swnggi qwshilgan naflilik – muayyan ne`matning navbatdagi birligini iste`mol qilishdan olingan qwshimcha naflilikdir. Swnggi qwshilgan naflilik umumiy naflilikning wsgan qismidan iborat ekan, u naflilik funktsiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne`mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bwladi. Ne`matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «swnggi nusxasi» mavjud bwladi. Swnggi qwshilgan naflilik pasayib borish tendentsiyasiga ega bwlib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan yakka iste`molchining holatidan kelib chiqilsa, ne`matlarni iste`mol qilish hajmining kwpayib borishi bilan, ma`lum vaqtdan boshlab, muayyan ne`matning navbatdagi birligini iste`mol qilishdan olingan qwshimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi. Kishi qanchalik kwp miqdordagi tovarni iste`mol qilsa, u shunchalik kwp yalpi naflilikka ega bwladi. Yalpi (umumiy) naflilik swnggi qwshilgan naflilik kwrsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi. Agar iste`molchi manfiy swnggi qwshilgan naflilikka ega bwlsa, u holda yalpi naflilik kamayadi. Swnggi qwshilgan naflilikning pasayib borish qonunini iste`mol qilingan muzqaymoq misolida 11-jadval orqali ifodalash mumkin. Download 104.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling