1-Mavzu: Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi to‘g‘risida umumiy tushuncha


Sezgining neyrofiziologik asoslari


Download 150.6 Kb.
bet5/19
Sana22.10.2023
Hajmi150.6 Kb.
#1715861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi t

5. Sezgining neyrofiziologik asoslari
Bilish jarayonlarni, xususan, sezgilarni o‘rganishdan avval shaxs psixikasining barcha tomonlari bilan uzviy bog‘likligini anglash, tushunish lozim. Chunki sezgilar idrok jarayoniningtarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘lsa, idrok insonning hayotiy tajribasi, uning xotirasi bilan bevosita bog‘liqsir.
Psixologiya fanida va falsafada bilishning ikki bosqichi, yaʼni uning hissiy (sezgi, idrok, tasavvur) va akliy (ratsional) pog‘onala-ri mavjud ekanligi mumtoz xususiyat kasb etgandir. Aqliy bosqich xotira, tafakkur, xayol jarayonlarini qamrab olgan bo‘lib, o‘zining mukammalligi, yuksakligi, mahsuldorligi, ijodiyligi bilan oldingi bosqichdan keskin ajralib turadi. Biroq bugungi kunda bilish bos-qichlarining miqdori, tavsifi psixologiya fani oldida turgan za-rur vazifalarni bajarishga qurbi yetmaydi, ong darajalari xususi-yatlariga ko‘ra bilish qo‘shimcha bosqichlarga nisbatan kuchli ehtiyoj sezadi. Xuddi shu bois bilishning harakatli hissiy, aqliy, ijodiy, tarixiy bosqichlarga (tabaqalashtirish bizniki — E. G‘.) ajratibtad-qiqot qilish maqsadga muvofiqdir (E. G‘oziyev). Harakatli hissiy bosqich nutqqacha davrda ustuvorlik qilish bilan boshqa bilish ko‘ri-nishlaridan keskin tafovutlanib turadi. Hissiy va aqliy bosqich-lar barcha insonlarga xos bo‘lib, ular ontogenezning turli davrlari-da hukm surishi mumkin va aks ettirish imkoniyati boshqalarga qara-ganda mahsuldorroq, samaraliroqdir. Ijodiy-tarxiy bilish bosqi-chi yangilik yaratish, kashfiyot qilish, muayyan sifat o‘zgarishlarini vujudga keltirish, u yoki bu xossalarni takomillashtirish bilan tav-siflanadi.
Jahon psixologiyasi fani maʼlumotlariga qaraganda, sezgilar biz uchun atrof-muhit to‘g‘risida va o‘zimiz haqimizda yagona bilish man-bai sifatida xizmat qiladi. Sezgilar shunday bir informatsion kanalki, ular tashqi olamdan va ichki tana aʼzolaridan keladigan barcha holatlar, taassurotlar aynan xuddi shu yo‘llar orqali miya po‘sti-ga yetib boradi, insonga taʼsirlarga nisbatan to‘g‘ri javob reaksiya-lari qaytarishga yordam beradi.
His etish yoki sezishning filogenetik taraqqiyoti shuni ko‘rsata-diki, hayvonlarda maʼlum bir narsani sezish, his etish ularning biologik jihatdan zaruriyat, ehtiyoj ekanligiga qarab rivojlangan.
Bu holatlar ko‘pgina chet el olimlari tomonidan izchil ravishda o‘rganilgan o‘ziga xos omillar, mexanizmlar mavjudligi taʼkidlab o‘tilgan. Masalan, Frish asalari xatti-harakatlarini kuzatganda, u quyidagi ishni amalga oshirgan: gulga o‘xshash murakkab geometrik shaklga nisbatan asalarining differensirovkasi (farklashi) oson kechgan. Agarda shu murakkab geometrik shakl botanikaga oid bo‘lmasa, u holda arida differensirovka juda qiyinlik bilan vujudga kel-gan. Tadqiqotchi Botsning kuzatishicha, jonivorlar, qurt-qumursqa-larga xos bo‘lgan tovushlarga nisbatan xuddi shu turdagi hasharotlar befarqlik bildirmagan, mabodo tovushlar qattiq va tez surʼatda kechsa, u takdirda ularga hech qanday eʼtibor bermagan. Ushbu vaziyatni o‘zicha baholagan olim biologik shartlanganlikdan kelib chiqqan, tabiiy ehtiyoj, instinkt bilan uzviy bog‘langan.
Tadqiqotchi Boytendayk o‘z kuzatishlarida shu narsani taʼkidlay-diki, jumladan, itlar organik kislotalarning hidini yaxshi his etadilar, ammo ular hayvonlarning tanasini, xushbo‘y gullar, o‘tlar hidini esa aniq sezish, his etish imkoniyatiga ega emas ekanlar.
Yuqoridagi maʼlumotlardan ko‘rinib turibdiki, qo‘zg‘atuvchilar-ning biologik jihatdan aynan mosligi (adekvatligi) ularning fi-ziologik rivojlanishi uchun moddiy negiz, tabiiy ehtiyoj, zarurat mohiyati bilan bog‘likligi alohida taʼkidlab o‘tiladi. Shu narsani alohida taʼkidlab o‘tish joizki, insondagi aniq sezgilarning shu darajada taraqqiy etishiga ijtimoiy muhit, jarayon muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Chunki ayrim individlarning sezuvchanligi ularning kundalik faoliyatidan kelib chiqqan holda, biologik shart-langan xususiyatlar bilan jips aloqada rivojlanishi ham mumkin. Jumladan, tadqiqotchi Reussa maʼlumotiga ko‘ra: tikuvchilar, bo‘yoq sexida ishlovchilar qora rangning 40 (qirq) xilini bir-biridan farqlash imkoniyatiga ega ekanlar, umuman boshqa sohada faoliyat ko‘rsatadigan odam darhol bunday rangning ikki turini farklab olar ekan, xolos. Bundan tashqari, degustatorlarda taʼm bilish sezgilari juda ham aniq va yaxshi rivojlangan bo‘lar ekan. Chunki sezgining o‘sishi ko‘zg‘atuvchilarning retseptorga taʼsiri natijasida yuzaga ke-ladi, yaʼni retseptorlar rivojlanishi bilan bog‘liq.
Retseptor — bu qo‘zg‘atkich yoki qo‘zg‘atuvchini qabul qilishga mo‘ljal-langan nerv tolalaridan tashkil topgandir. Retseptorlarning aso-siy xususiyatlaridan biri — uning ixtisoslashgan biologik apparat ekanligidir, xuddi shu boisdan u juda seziluvchan qo‘zg‘alishni qabul qiladi. Har bir retseptor maʼlum bir xususiyatli qo‘zg‘atuvchinigina qabul qiladi, binobarin, retseptorlar o‘sha «tanish” qo‘zg‘atuvchilar-ning taʼsir etishi natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi.
Bizga maʼlumki, inson o‘zining tana aʼzolariga taʼsir etayotgan rang, issiklik yoki sovuklik taʼsirini, hidlarning o‘ziga xosligi-ni sezadi hamda aks ettiradi. Ana shu vaziyat natijasida analizator-larning periferik qismlarida javob reaksiya hosil bo‘ladi. Misol uchun ko‘z qorachig‘i qisqaradi, kengayadi, qo‘l esa issiqliqdan seska-nadi va boshqalar. Harakatlarni qabul qiluvchi tana aʼzolaridan bosh miya po‘stiga harakat to‘g‘risida qayta signal beradi, qayta aloqa orqali ichki tana aʼzolari va boshqa apparatlari ish bajaradi.
Sezgilar aks ettirishning xususiyati va retseptorlarning joyla-shishiga qarab, ingliz psixologi Ch. Sherrington ularni uch katta guruhga ajratadi.
1. Tashqi olamdagi narsalar va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi hamda tananing yuza qismida retseptorlari joy-lashgan ekstratseptiv sezgilar.
Tananing ichki aʼzolarida (o‘pka, yurak, jigar va hokazo) va to‘qimalarida joylashgan hamda ichki tana aʼzolarining holatini aks ettiruvchi retseptorlar bilan mujassamlashgan interotseptiv sez-gilar.
Inson gavdasining harakati va holati haqida maʼlumot berib turuvchi, retseptorlari mushaklarida, paylarda propriotseptiv sez-gilar.
Psixologiya fanida harakatni sezuvchan propriotseptiv sezgi turi kinesteziya deb atalib, unga tegishli retseptorlar esa kinestezik yoki kinestetik tushunchasi bilan nomlanadi. Ekstratseptorlar o‘z navba-tida kontakt va distant retseptorlariga ajratiladi, goho sezgilar tushunchasi “his-tuyg‘u” atamasi bilan ham yuritiladi. Odatda, dis-tant retseptorlar muayyan masofadagi obʼektdan keladigan qo‘zg‘atuv-chilarni qabul qilib, so‘ngularni nerv yo‘llari orqali markazga uza-tadi. Ko‘rish, hid bilish sezgilari bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Ekstratseptiv, yaʼni tashqi sezgilar to‘g‘risidagi dastlabki maʼlu-mot qadimgi yunon olimi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi 384— 322 yillarda yashab, faoliyat ko‘rsatgan), tomonidan tavsiflanib be-rilgan bo‘lib, u sezgilarni ko‘rish, eshitish, hid bilish, maza, taʼm turlariga ajratgan edi. Psixologik maʼlumotlarga qaraganda, sezgilar goho o‘zaro bog‘lanib boshqa sezgi turlarini yuzaga keltirishi mumkin: masalan, paypaslab ko‘rish natijasida sezish tarkibida tak-til teri-tuyush sezgilar bilan bir qatorda sezgilarning tamomlay boshqa turi, yaʼni harorat sezgisi ham kiradi. Xuddi shunga o‘xshash voqelik, hodisataktil va eshitish sezgilariga nisbatan oraliqo‘rin-ni vibratsion sezgi egallashi mumkin.
Muvozanat sezgisi murakkab vestibulyar apparati, vestibulyar nervlarini hamda ko‘z po‘stosti qismlarini o‘zida birlashtiradi. Tur-li analizatorlar uchun umumiy hisoblangan og‘riq sezgilari qo‘zg‘a-tuvchilarning taʼsir kuchi haddan tashqari kuchli ekanligidan dalo-lat beradi. Shuni alohida taʼkidlash o‘rinliki, insonningtana aʼzo-larida retseptorlarning joylashuv darajasi har xildir, jumladan, barmoq uchlarida retseptorlar zich, yelka qismida esa juda siyrak joylashgandir. Hozirgi zamonda sezgilar ichki va tashqi turlarga qariyb ajratilmaydi va ular harorat, og‘riq, maza, vibratsion, sta-tik, dinamik sezgilar deb yuritiladi.
S. V. Kravkov (1893—1951) maʼlumotlariga ko‘ra, bir sezgi aʼzo-sining faoliyati ikkinchisining taʼsiri tufayli o‘zgaradi, tovush asosan kurish sezgisining yorug‘lik sezuvchanligini orttiradi. Shun-ga o‘xshash turli hidlar ham yorug‘lik va hid bilishga nisbatan sezgir-likni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bunday o‘zaro taʼsir sa-babli miya ustuni yuqori qismi va ko‘rish bo‘rtiklarigategishli o‘sim-talarning yaqin joylashganligi tufayli boshqasiga o‘tishi osonroq amalga oshadi.
Bundan tashqari, sezgilarning o‘zaro qo‘zg‘alishi va tormozlani-shini o‘rganish ham alohida ahamiyatga egadir, chunki ayrim hollarda avtomatik boshqarilish tufayli tungi uchishda sunʼiy sezgirlikni pasayish yoki ortish zaruriyati tug‘iladi. I. P. Pavlov tomonidan analizatorning murakkab o‘zaro taʼsir shakllari mavjud ekanligi qayd etilgandir. Ular bevosita bosh miya po‘stida namoyon bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ko‘rayotgan jismni, eshitilayotgan tovushni, kelayotgan hidni sezishimizda o‘z ifodasini topadi. Bu bosh miya po‘stida kecha-digan fiziologik jarayonlarni bosib o‘tishi zarur bo‘lgan zonalar perikritik zonalar deb nomlanadi. Sezgilarning klassifikatsiyasi ularningturli spetsifik tavsiflariga, yaʼni modalligiga qarab emas, balki tashkil etilishining har xil darajalariga qarab ham oshiri-ladi.
Ingliz nevrologi Xed sezgilarni protopatik va epokritik nom-lar bilan ikkita darajaga bo‘lgan. Protopatik sodda tuzilishiga ega degani uchun unda ko‘proq haqiqiy holat bilan emotsional holatni ajratib bo‘lmaydi. Murakkab epokritik darajasi akliy bosqich tar-kiblari (elementlari) ishtirok etishi mumkin, jumladan, ko‘rish sezgisi bunga yaqqol misoldir. Maʼlumotlarning ko‘rsatishicha, bi-rinchi protopatik sezgilar, keyinchalik esa epokritik sezgilar tiklanadi.
Sezgilarni obʼektiv yo‘nalishi bo‘yicha YE. N. Sokolov, Vinogra-dovlar tekshirganlar va ular passiv jarayon emasligi, vegetativ ele-mentlar fiziologik nafas olish tizimida o‘zgarishga sabab bo‘lishi tushuntirilib berilgan. Ushbu vakt reflektor o‘zgarishlarni sezgi-ning obʼektiv ko‘rsatkichi sifatida ishlashga imkoniyat yaratadi. Maʼlumki, sezgini paydo qiluvchi har bir qo‘zg‘atuvchi, yaʼni qo‘zg‘at-gich, reflektor jihatdan yuzaga keluvchi jarayonlarni chaqiradi, chu-nonchi, tomirlarning torayishi, teri-galvanik reflektorlarning paydo bo‘lishi (teri qarshiligining o‘zgarishi), miyaning elektr ak-tivligining o‘zgarishi, ko‘zlarning qo‘zg‘atgich tomon burilishi kabi-lar. Bularning hammasi sezgi jarayonining paydo bo‘lishidagina ishga tushadi, xuddi shu sababdan ular sezgilarning obʼektiv ko‘rsatkichla-ri tariqasida xizmat qila oladi.
Tajribalarda shu narsa qayd etilganki, qo‘zg‘atuvchilar intensiv-ligi oshgan sari javob reaksiyasi ham intensivroqbo‘lib borar ekan. Bu esa sezgilarning intensivligini asos sifatida ishlatishga mu-him negiz hozirlaydi. Tomir va elektrofiziologik reaksiyalar che-garalarga odatdagi qo‘zg‘atuvchilarga qaraganda yaqin qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan keskinroq bo‘ladi.
I. P. Pavlov, keyin uning shogirdlari analizatorlarning o‘zaro bog‘likligini konvergensiya asosida tadqiq qilganlar. P. P. Laze-rev (1878—1942) teri ultrabinafsha nurlar bilan nurlanishi nati-jasida ko‘rish sezuvchanligining susayishini aniqlagan. Bu holat boshqa analizatorlarga quyi chegaradagi qo‘zg‘atuvchilarning taʼsir etishida ham biron-bir analizatorning sezuvchanligi o‘zgarishi mum-kin degan umumiy xulosa chiqarishga olib keladi.
YE. N. Sokolovning tajribalarida qo‘zg‘atuvchiga nisbatan muvo-fiqlashuvchi reaksiyaning susayishi yuzasidan dalolat beruvchi da-lillar to‘plangan edi. Nerv tizimi sezgi aʼzolariga taʼsir qilgan holda ularning xususiyatlarini nafisroq namoyon etadi. Bunda mo-dellar tanlab taʼsir qiluvchi filtrlik vazifasini bajaradi. Mu-ayyan paytda retseptorga taʼsir qiluvchi qo‘zg‘atuvchi ilgari tarkib top-gan nerv modeli bilan muvofiq kelmaganda taxminiy taʼsirotni hosil qiluvchi muvofiqlashtirish signallari vujudga kelishi mum-kin. Va aksincha, ilgari tajribalarda qo‘llanilgan qo‘zg‘atuvchi tax-miniy taʼsirotni yo‘qotib qo‘yishi ehtimoli bor.
Chet el psixologlari va fiziologlari sezgirlikni Mendelning qonuniyatiga asoslangan holda nasl, yaʼni irsiyat bilan bog‘liq shaklda tadqiq qilganlar. Speyder taʼm bilish naslga bog‘liq degan xulosa chiqaradi va 100 oilada buni sinab ko‘radi. Olingan maʼlumotlarga qaraganda, ota-onalar bilmagan taʼmni bolalari ham payqamaganli-gi namoyon bo‘lgan.
I. P. Pavlovning shogirdi P. K. Anoxin o‘zining qirq yillik faoliyati davomida organizm integrativ faoliyatining nozik mexa-nizmlarini o‘rgangan. Muallif o‘zining bir qator asarlarida funk-sional tizim nazariyasi mohiyatini bayon qiladi, yaʼni organizm-ning faoliyat tizimi mavjud bo‘lib, u yopiq, takrorlanuvchi fiziolo-gik siklik tuzilmasidan iboratdir. Muallifning fikricha, orga-nizmning funksional tizimi organizm xatti-harakati reaksiyala-rining fiziologik mexanizmining prinsipial sxemasidan iborat-dir. Organizmning barcha jarayonlari, xatti-harakatlari, vegetativ aktivlar agarda foydali samara bilan tugallansa, u holda uch bosqich orqali bajariladi. Mazkur bosqichlar afferent, sintez, qaror qabul qilinish bajarilishi uchun zarur bo‘lgan harakatlar natijasi, yaʼni modelini hosil qilish yo‘li bilan oldindan aks ettirishdan ibo-rat. Afferent, sintez bosqichi har qanday xatti-harakat aktining rivojlanishi boshlang‘ich pog‘onasidir. Ushbu bosqich tugagach, muayyan xatti-harakat akti - shakllanishning navbatdagi bosqichi boshlana-di. Aynan xuddi shu bosqichda organizm xatti-harakatining uch asosiy masalasi, yaʼni nima? qanday? va qachon? bajarilishi hal qilinadi.
Afferent sintez bosqich, asosan to‘rt jabha (komponent) negizida sodir bo‘lishi tajribalarda sinab ko‘rilgan. Uning asosiy jabhala-ri, eng avvalo, dominant motivatsiya (o‘ta xohish) va unga hamrohhisob-langan ning kuchliligi hamda barqarorligida namoyon bo‘ladi:
Organizmga qo‘zg‘atuvchilarning maʼlum bir taʼsiri.
Yo‘naltiruvchi afferentatsiyaning mavjudligi.
Afferentatsiyaning muayyan shart-sharoitlari.
Xotira apparatlari va mexanizmlari.
Bularning o‘zaro taʼsiri uchta neyrodinamik omil orqali ba-jariladi: a) yo‘nalganligi; b) neyronlarda qo‘zg‘alishning konver-gensiyasi (to‘yinishi); v) qo‘zg‘alishning po‘stloq va po‘stloqosti tu-zilmalarda qayta hosil bo‘lishi, tiklanishi.
Bu mexanizmlar asab tizimida turli qo‘zg‘alishlarni to‘plashga, birlashtirishga, solishtirishga va mazkur muhitda eng qulay xatti-harakat aktini bajarish uchun qaror qabul qilishga olib keladi.
Miya po‘stloq hujayralarida qo‘zg‘alishning konvergensiyasi va ularni solishtirish jarayoni butun miya miqyosida bu o‘zaro taʼsir natijalarining intefatsiyasi harakat maqsadining shakllanishiga hamda uni unumliroq qaror tanlash sari yetaklaydi.
Katta yarim sharlarning murakkab integrativ faoliyatining bosh-lang‘ich bosqichini turli qo‘zg‘atuvchilari bir neyrondagina konver-gensiyasi deb qarash mumkin.
Katta yarim sharlarda maxsus neyronlar guruhi borligi tufayli ular turli-tuman qo‘zg‘alishlargina qayta qabul qilish bilan cheklan-may, balki miya po‘stlog‘ining piramida hujayralaridan akson orqa-li keluvchi efferent qo‘zg‘alishlarni ham qabul qiladi. Bu esa orqa miya po‘stloqosti va po‘stloqdagi ko‘plab aksonlar neyronlarning va-zifasi siklik qo‘zg‘alishni ko‘pincha saqlab turish, o‘ziga xos «ku-tish” to‘plamini saklashdan iborat. Shu bilan bir vaqtda periferik ishchi aʼzolariga yuboriladigan buyruq nusxasini butun miyaga tar-qalishini taʼminlaydi. Bir neyronning o‘zidagi efferent qo‘zg‘a-lish konvergensiyasi periferik retseptorlardan keluvchi afferent qo‘zg‘alish bilan aksonga uzatilgan buyruq nusxasi olingan natija-larni baholash uchun shart-sharoitlar yaratadi. Evolyusiya jarayonida hosil bo‘lganligi bilishning neyrodinamik mexanizmlarining kashf etilishi har qanday bo‘lajak hodisalarningtahlil qilinishiga maq-sadli omillarni oldindan bilishga asos bo‘ladi.
Ko‘rish analizatori o‘zaro bir-biri bilan alohida bo‘lgan o‘tka-zuvchan periferik qismdan, po‘stloqosti va bosh miya yarim sharlari-dagi ko‘rish markazlaridan iboratdir. Eshitish analizatori havo to‘lqinlariningtebranishini qabul qiladi, ularning mexanik ener-giyasini nerv hujayrasining qo‘zg‘alishiga aylantiradi.
Shunday qilib, sezgilarning neyrofiziologik asosi juda mu-rakkab bo‘lganligi tufayli uni o‘rganish bir talay qiyinchiliklar-ni vujudga keltirar ekan.

Download 150.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling