1-Mavzu: Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi to‘g‘risida umumiy tushuncha


-Mavzu: Sezgilar klassifikatsiyasi va sezgilarning o‘zgaruvchan shakllari


Download 150.6 Kb.
bet6/19
Sana22.10.2023
Hajmi150.6 Kb.
#1715861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi t

2-Mavzu: Sezgilar klassifikatsiyasi va sezgilarning o‘zgaruvchan shakllari

Psixologiya fanida uchta katta guruh (turkum)ga ajratilgan sezgi-lar (ekstraretseptiv, prioretseptiv, interoretseptiv) o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi:


Ko‘rish sezgilari.
Eshitish sezgilari.
Hid bilish sezgilari. Ekstraretseptiv.
Taʼm bilish sezgilari.
Teri sezgilari.
Muskul-harakat (kinestetik).
Statik sezgilar. Propriotseptiv.
Organik sezgilar. Interotseptiv.
Ko‘rish sezgilari
Inson tomonidan rang va yorug‘likni sezish ko‘rish sezgilari tar-kibiga kirib, seziladigan ranglar esa xromatik va axromatik tur-larga bo‘linadi.
Psixofiziologik qonuniyatga binoan yorug‘lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o‘tib singanda hosil bo‘ladigan ranglar xromatik rang-lar deb atalib, ular kamalak ranglar hisoblanadi va tarkibiga qizil, zarg‘addoq, sariq, yashil, havorang, ko‘k, binafsha tuslarini qamrab ola-di. Biroq mazkur ranglarning turlari, ko‘rinishlari tabiatda xilma-xil va nihoyatda ko‘pdir. Odatda, oq rang, qora rang, kul rang va ularning turlicha ko‘rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi.
Ko‘rish sezgilarining organi — ko‘z hisoblanib, u ko‘z soqqasi va undan chiqib keladigan ko‘ruv nervlaridan tashkil topgandir. Ko‘z soqqasini tashqi tomirlari va to‘r pardalari o‘rab turadi. Tashqi pardaningtiniqbo‘lmagan oqqismi sklera yoki qotgan, qattiq parda deb nomlanadi, uning old tomoniga joylashgan bir muncha qavariq qismi tiniq muguzparda bo‘lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan, uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko‘z ko‘k, qora, sariq jilo beradi va ularni biz ko‘k ko‘z, qo‘y ko‘z, qora ko‘z va hokazo deb ataymiz. Rangdor pardaning o‘rta qismida yumaloqteshik mavjud bo‘lib, biz uni qorachig‘ deb ataymiz. Xuddi shu teshik orqali ko‘z ichiga yorug‘lik nurlari kiradi. Kelayot-gan, tushayotgan, ajrayotgan yorug‘likning ozligi yoki ko‘pligiga qarab, qorachig‘ kengayishi yoki torayishi jarayonlari hukm suradi.
Ko‘zlarning uchinchi pardasi to‘r parda deb nomlanib, u ko‘z soqqa-sining deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. Qorachig‘ bilan rang-dor pardaning orqasida ikki tomoni qavariq, tiniq jism ko‘z gav-hari joylashgan bo‘ladi, yorug‘lik nurlari unda to‘planib, so‘ng sinadi va to‘r pardaga narsa yoki jismning aksi, surati tushadi. Halqa shakl-dagi kipriksimon muskulninguzayishi yoki qisqarishi tufayli gav-har yo yassilanadi yoki qavariq holigi keladi (jism ko‘zdan uzoklash-tirilganda gavhar yassilanadi, ko‘zga yaqinlashtirilganda esa u shar shakliga kiradi). Ko‘z gavharining mazkur hosiyati tufayli xohuzoq-da, xohyaqinda bo‘lmasin, narsalarning aksi gavhardan o‘tib, so‘ngto‘r pardasiga tushaveradi.
Ko‘z soqqasining gavhar bilan to‘r parda o‘rtasidagi butun ichki yuza shishasimon jismi deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo‘ladi. To‘r parda rang va yorug‘likni sezish uchun mu-him ahamiyatga ega bo‘lib, unda ko‘ruv nervining tarmoklari joylash-gandir. Ushbu tarmoqlarning chekkada uchlarida tayoqchalar va kolbacha-lar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari mavjuddir. Inson ko‘zi-ning to‘r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xroma-tik (kunduzgi) ranglar ko‘riladi, xolos. Tayoqchalar yorug‘likni yaxshi sezuvchan bo‘lib, xira va qorong‘i paytlarda o‘z funksiyasini bajara-di, axromatik ranglarni aks ettiradi.
To‘r pardaning eng sezgir joyi sariqdog‘ning asosan kolbachalar bilan to‘lgan markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi shuni hammadan ravshanroq ko‘ramiz. Obʼektga tik qarash natijasida ko‘z muskullari unga qaratiladi va aks ettiriluv-chining surati sariq dog‘ga tushadi, bunday tarzdagi ko‘rish to‘g‘ridan ko‘rish deyiladi. Agarda narsalarning surati sariqdog‘dan tashqarida, yaʼni to‘r pardaning bir joyida bo‘lsa rang va yorug‘likni sezadi-gan tayoqchalar va kolbachalar mavjud emas, bu ko‘ruv nervining ko‘z soqqasidan chiqish joyi bo‘lib, u yoruglikdan taʼsirlanmaganligi uchun ko‘r dog‘ deb ataladi.
Odam ko‘zi ranglarni taxminan 380 millimikrondan 780 milli-mikrongacha uzunlikdagi to‘lqinlarning taʼsirida sezadi: 1) 780-610 qizil rang; 2) 610-590 zarg‘aldoq; 3) 590-575 sariq; 4) 560-510 yashil; 5) 480-470 havo rang; 6) 470-450 ko‘k rang; 7) 450-380 binaf-sha rang seziladi.
A) Ko‘rish sezgilarining xossalari:
Rangningtoni (150 ga yaqin tuslari).
Ochiqlik (qora bilan oq rangda 200 gacha tus ajratiladi).
Rangning ravshanligi (600 ga yaqin).
Rangning quyuqligi (tonning yaqqolligi).
Ranglarning aralashib ketishi (turli uzunliklardagi yorug‘lik nuri).
B) Ko‘rish sezgisi jarayoni: Uch rangli sezish nazariyasi:
1756 yilda M. V. Lomonosov asosiy qoidalarini bayon qilib bergan.
100 yildan keyin nemis fizigi G. Gelmgols uni to‘la isbot-lab bergan.
Ushbu nazariyaga binoan, to‘r pardaning kolbachalarida uchta aso-siy element mavjuddir, ulardan birining qo‘zg‘alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi birining qo‘zg‘alishi yashil rang sezgisi va uchinchi birining qo‘zg‘alishi binafsha rang sezgisi hosil qiladi. Nazariyaga ko‘ra, yorug‘lik to‘lqinlari birdaniga uchta elementni bir xilda qo‘zg‘at-sa, oq rang sezgisi vujudga keladi. Lekin yorug‘lik to‘lqinlari ikki yoki uch elementga taʼsir qilsa-yu, ammo bu taʼsir bir tekis kechmasa, u holda sezuvchi elementlardan har birining qanchalik qo‘zg‘alganli-giga qarab, har xil rang sezgilari namoyon bo‘ladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ranglarni sezish yolg‘iz to‘r parda-sidagi jarayonlar bilangina emas, balki miya po‘stida yuzaga keladi-gan boshqa jarayonlar bilan ham bog‘liq ekanligi to‘g‘risidagi maʼlu-mot mavjuddir. Zamonaviy maʼlumotlarga binoan, tayoqchalarda ko‘rish purpuri degan maxsus modda borligi isbotlangan. Ko‘zga yorug‘lik taʼ-sir etganda ko‘rish purpuri kimyoviy yo‘l bilan parchalanib, tarki-biy qismlarga bo‘linadi va mazkur jarayon ko‘rish nervini qo‘zg‘atib, yorug‘lik sezgisi hosil qiladi, qorong‘ilikda esa purpur o‘z funksio-nal holatini qayta tiklaydi.
V) Ko‘rish sezgilarida maxsus hodisalar.
Rang kontrast (kuchsizlanish tufayli).
Shapko‘rlik.
Rang ajrata olmaslik (traxoma) — kunduzgi va tungi hayvonlar.

Download 150.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling