1-Mavzu: Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi to‘g‘risida umumiy tushuncha
Download 150.6 Kb.
|
1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar
4-MAVZU: Idrok fenomenlari
Psixologiyada ko‘rish illyuziyalarining o‘rganilishi muayyan o‘zi-ning tadqiqot tarixiga ega. Baʼzi qollarda narsalar noto‘g‘ri, yang-lish idrok etilishi mumkin. Narsa va hodisalarning bu tariqa no-to‘g‘ri idrok qilinishi illyuziya deyiladi. Masalan, agarda biz quyi-dagi rasmda ko‘rsatilganidek ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarimizni chalishtirsak, no‘xat yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan hol-dagi ikkala barmog‘imizning uchi bilan bosib turib, shuningdek, ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizningtagida bitta emas, balki ikkita no‘xat bordek his qilamiz. Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bo‘lib sezilishi Aristotel (Arastu) illyuziyasi deb ataladi. Og‘irligi aynan teng, ammo kattaligi har xil ko‘rinishdagi ikki buyumni ketma-ket tarzda ush-lab turilsa, uning kattasi yengilroq ikkinchisi og‘irroqdek tuyula-di. Go‘yoki metalldan yasalgan 1 kg tarozi toshi xuddi shu vazndagi paxtadan og‘irroqsek inson tomonidan his qilinadi. Bunday psixo-logik hodisaga geometrik illyuziyalar deb nom berilgan. Masalan, uzunligi bap-baravar bo‘lgan ikki chizikdi chetlariga ikki xil bur-chaklar chizilsa, u holda illyuziya hodisasi yuz beradi, yaʼni burchakla-ri ichkariga yo‘naltirilgan chiziq kaltaroq bo‘lib ko‘rinishi mum-kin. Bir nechta parallel chiziqlar ustidan qiya chiziqlar chizilsa, bu chiziqlar parallel emasdek tuyuladi, go‘yoki har xil tomonga yoyilib ketgan chiziqlardek idrok qilinadi. 1-rasm Illyuziyaning yuqorida keltirilgan namunalari har qanday aqli raso (mukammal) insonlarda sodir bo‘ladigan illyuziyalardan hisob-lanadi. Bunday tarzdagi illyuziyalarning muayyan darajadagi qonu-niyatlari mavjud. Masalan, yuqorida keltirib o‘tilgan Arastu illyu-ziyasi paydo bo‘lishining asosiy sababi shundan iboratki, bunda bitta narsa barmoquchlarimizningterisi yuzasidagi shunday ikki nuqtaga tegadi, odatda, esa tabiiy sharoitda bitta narsa xuddi shu ikki nuq-taga hech qachon bir davrning o‘zida tegib turmaydi. Shuningdek, og‘ir-ligi barobar, ammo kattaligi har xil bo‘lgan buyumlardan kichikrog‘i kattarog‘iga qaraganda og‘irroq ko‘rinishining sababi shundaki, shaxs hajmi kattaroq buyumning hajmi kichikroq buyumdan og‘ir ekanligi-ni o‘z tajribasida hamisha sinab kelgan, binobarin, hajmi har xil narsalarni ko‘z bilan idrok qilganda beixtiyor shu shaxsiy tajribaga tayanadi-da, kattaroq buyumni ushlaganda kattaroq zo‘r beradi, ki-chikroq jismni qo‘lga olganida esa unchalik zo‘r bermaydi. Buning natijasida og‘irligi barobar bo‘lganligi bilan zo‘r berishi yoki mus-kullarning qarshilik ko‘rsatishi tufayli sarf qilingan kuch-quvva-ti har xil ekanligi sababli kichikroqbuyum og‘irroqsek his qilina-di. Idrok qiluvchi shaxsning psixikasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar bilan yuzaga keladigan tasodifiy illyuziyalar ham mavjuddir. Masa-lan, sahroda cho‘llagan inson uzokda yarqirab turgan sho‘rxok yerni ko‘l deb idrok qilishi, lekin bu illyuziyani sarobdan farq qila olishi joiz yoki o‘rmondagi to‘nka qo‘rqoq insonning ko‘ziga bironta yirtqich hayvonga o‘xshab ko‘rinishi xuddi shu illyuziyalar jumlasidandir. 2-rasm Odatda, illyuziyani gallyusinatsiyadan farqqila olish lozim. Il-lyuziya shu lahzalarda shaxsning sezgi aʼzolariga taʼsir etib turgan biror narsani yanglish, noto‘g‘ri idrok qilish jarayoni bo‘lsa, gallyu-sinatsiya yo‘q, mavjud emas narsalarni «tashqi taassurotsiz” idrok qilinishidir. Masalan, yo‘q narsalarning ko‘zga bordek ko‘rinishi, yo‘q ovozlarning quloqqa eshitilishi, yo‘q hidlarning dimoqqa uri-lishi va hokazolar gallyusinatsiyaning mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Gallyusinatsiya shaxsning biror narsa va holatni ko‘rgandek, eshit-gandek, ushlagandek, hid bilgandek kabi tasavvurlarning aks etishi-dir, xolos. Gallyusinatsiya hodisasi ko‘pincha kasallikdan (isitma, alahlashdan) darak beruvchi alomatdir, u nerv sistemasini buzadigan kasalliklarning oqibatida ro‘y berishi mumkin. Mabodo, jismning chetlari orasidagi masofani ko‘rish illyuziya-sini anikdash maqsadida A.L.Yarbus tajribasini tahpil qiladigan bo‘lsak, u holda quyidagilarni ko‘rib chiqish ayni muddaodir. Maz-kur tadqiqot oldiga qo‘yiladigan maqsad jismlarning chekkalari orasidagi masofani solishtirish va ko‘z bilan kuzatish (chamalash) orqali baholash jarayonida paydo bo‘ladigan qator optik illyuziya-larni tushuntirib berishdan iboratdir. Masalan, quyidagi illyuzi-yani ko‘zdan kechirishni ushbu toifaga taallukdi ekanligini taʼkid-lab o‘tish mumkin. 3-rasm Bu rasmda sxematik tarzda aks ettirilgan qaldirg‘ochlar shunday joylashtirilganki, bunda birinchi va ikkinchi qaldirg‘och tumshuq-larining chetlari (uchlari) orasidagi masofa (oraliq) va ikkinchi hamda uchinchi qaldirg‘och tumshuqlari uchlari (chetlari) o‘rtasidagi masofa obʼektiv ravishda bir xil o‘lchamga ega. Lekin bu masofa ak-sariyat hollarda har xil ko‘rinishiga egadek idrok qilinadi, yaʼni birinchi rasm ikkinchisidan kichikrokdek tuyuladi. Shunga o‘xshash boshqa illyuziyalarda bu omil (fakt) umumiy bo‘lib qolaveradi, yaʼni jism (predmet) chekkalari (uchlari) orasidagi ma-sofa, agarda ularning qolgan qismlari uning chetlari ichkari to-monda joylashgan bo‘lsa, u holda kichik deb shaxs idrok qiladi. Yuqoridagi mulohazalar shunday taxminga olib kelishi mumkin-ki, mazkur holatda idrokda shunday tendensiya mavjudki, bunda pred-metlarning chetlari orasidagi masofa emas, balki predmetlarning o‘rtasidagi masofa belgilanadi. Ushbu ilmiy farazni quyidagicha isbot qilish mumkin. Shuning uchun 4-rasmdan o‘ziga xos voqelik kelib chiqadiki, bunda idrokda berilgan vertikal to‘g‘ri chiziqbilan aylana o‘rtasidagi ma-sofaning kattalashishi, odatda, ushbu holatda aylananing mavjudli-gi bilan shartlangandir. Endi idrok qilishdagi ikki aylananing ular orasidagi masofa-gataʼsirini ko‘zdan kechiramiz. 5-rasmda ikkita vertikal to‘g‘ri chiziq bilan ikkita aylana berilgan. 4-rasm
Ikkita vertikal to‘g‘ri chiziqlar, orasidagi masofani ko‘z bilan kuzatib (chamalab) aniqlanishida, mabodo yaqin o‘rtada boshqa chiziq yoki shakl mavjud bo‘lmasa, u holda idrok buzilishidan holidir. Bun-ga gorizontal bo‘laklar va ular bilan baravar masofadagi vertikal to‘g‘ri chiziqlar orasidagi masofani o‘zaro taqqoslash orqali iqror bo‘lishimiz mumkin. Masalan, 5-rasm
To‘rtinchi va beshinchi rasmlarda aylanalar baholanayotgan maso-fadan tashqarida joylashganligi tufayli idrok qilishda aylanalar orasidagi haqiqiy masofa (oraliq) kattalashgan holda ko‘rinishga ega bo‘ladi. Agarda biz aylanalarni shu masofaning ichkari tomoniga joylashtirsak, aksil holatga duch kelamiz. Idrok qilishda masofa-larning haqiqiy o‘lchamlari kichikroq ko‘rinishi yuzaga keladi. Bu holat 6- va 7-rasmlarda tasvir qilingan. 6-rasm Bu yerda vetikal to‘g‘ri chiziklar va vertikal to‘g‘ri chiziq bilan aylananing tashqi cheti orasidagi masofa 6-rasm hamda 7-rasmdagi vertikal to‘g‘ri chiziqlar va aylanalarningtashqi chetlari (sirtlari) orasidagi masofa bir xil, yaʼni x ga tengdir. 7-rasm Vertikal to‘g‘ri chiziq va aylananing tashqi sirti orasidagi maso-fani idrok qilishda x—x deb olamiz (6-rasm). Shunga mos tarzda 7-rasm uchun ikkita aylana tashqi sirtlari orasidagi masofa idrok qilishda x—2x shakliga keladi. Biz idrok qilishda masofalarni baholashda aylanalarning taʼ-sirini mazkur masofalarning ular uchun obʼektiv tarzda bir xil ekanligini inobatga olgan holda taqqoslab aniqlashimiz mumkin. Odatda, idrok qilinayotgan jism (buyum, shakl) sirtlari orasidagi masofani biz idrokdagi haqiqiy va o‘zgarmas masofalar bilan taq-qoslash imkoniyati yo‘q holatlarda, baʼzan esa ularningbilinar yoki bilinmas taʼsirini hisobga olishimiz zarur. Filogenezda jismlar (buyumlar) va ularning orasidagi masofa-ni baholash ko‘rsatkichi ustunlik qiladi. Alohida jism sirtlari orasidagi masofani solishtirish va aniq-lash zaruriyati inson rivojlanishining keyingi bosqichlarida pay-do bo‘lgan. Ushbu zaruriyat qachon inson xo‘jalik buyumlari va mehnat-ning murakkab qurollarini ishlatsagina yuzaga keladi. Shaxs ijti-moiy-tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida ko‘z bilan chamalash bilan aniklanadigan masofani mukammallashtirmasdan turib, un-dan foydalanish mumkin emasligiga iqror bo‘la boshlagan. Masofa-ni ko‘z bilan chamalash (kuzatish)ning o‘rniga dastavvaliga o‘lchami bir xil buyumlarni bevosita solishtirish orqali, keyinchalik esa uzunlikning tasodifiy mezonlari (etalonlari) yordamida aniklash mujudga kelgan. Insonlar tomonidan foydalana boshlangan o‘lchamlar davr o‘tishi bilan ko‘z bilan chamalab (kuzatish orqali) baholangan buyumlar (jism-lar) sirtlari orasidagi masofani mukammal o‘lchashga to‘sqinlik qila borgan. Illyuziya fenomenlarini tadqiq etish yuzasidan bir qancha naza-riyalar paydo bo‘lgan va ular ichida geshtaltnazariya alohida ahamiyat kasb etadi. Geshtaltpsixologiya maktabi boshqalardan farqli o‘laroq ko‘proq inson idrok qilayotgan narsalardan stimullarning o‘zaro alo-qasinyng ahamiyatliligini alohida taʼkidlaydi hamda konstantlik gipotezasi (farazi)ning xato ekanligini ko‘rsatib beradi. Aynan xuddi shu nazariya umumiy taʼlimot sifatida illyuziyalarni o‘rga-nish jarayonida muayyan darajada yaroqli hisoblanadi. Maʼlumki, shaxs tomonidan idrok qilinayotgan narsa va hodisa faqatgina alohida (yakka) stimulga bog‘liq bo‘lmaydi, albatta. Shu-ningdek, ko‘rish maydoniga kiruvchi boshqa stimullarga ham bog‘liq-dir, chunki illyuziya qandaydir anomal yoki kutilmagandek bo‘lib ko‘rinmaydi, binobarin, u oldindan kutilayotgan illyuziyadir. Masa-lan, neytral yorug‘lik boshqa intensiv (jadal) ravishda qo‘shni ruhiy maydonlar (bo‘linmalar) bilan munosabatlarga asoslanadigan bo‘lsa, u holda kontrast (qarama-qarshi) illyuzor bo‘lishiga qaramasdan, uni oldindan aytib berish mumkin yoki idrok qilanayotgan tezlik koor-dinatalar tizimiga nisbatan aniqlanadi. Agarda harakatning mut-laq tezligi mavjud bo‘lmasa, u taqdirda uni o‘lchamlarining o‘zgari-shi koordinatalar tizimida kuchli tezlik illyuziyasini keltirib chiqarishi mumkin. • Psixologiyada ko‘z harakatlari nazariyasi bir qator tadqiqotchi-lar tomonidan muayyan darajada o‘rganilgan. Jumladan, Myuller — Layer illyuziyasida monometrning tashqariga yo‘nalgan uchi boshqa strelkaga qaraganda uzunroq tuyuladi va buning oqibatida mazkur strelkalar turlicha uzun-likda degan noto‘g‘ri idrok qilinadi, yaʼni illyuziya-lanish hodisasi yuzaga ke-ladi. 8-rasm Darhaqiqat strelka uchlarining o‘tkirligi ko‘z harakatlariga taʼ-sir qilishi haqida maʼlum darajada dalillar mavjud. Shuningdek, shu narsani alohida taʼkidlash joizki, ko‘zlarning vertikal-gori-zontal harakatlaridagi vertikal harakatningtahlili shuni ko‘rsata-diki, uzunlik qisman ko‘z harakatiga sarflangan zo‘r berishga bog‘-liqdir. Myuller-Layer illyuziyasi va ko‘zning vertikal-gorizontal illyuziyasini kuzatish juda ham qisqa vaqt oralig‘ida sodir etiladi. Ushbu nazariyaning XX asr variantiga ko‘ra illyuziyani ko‘z haraka-ti keltirib chiqarmaydi, balki taradudlanish yoki ko‘z muskullariga berilgan xato kuchlanishidan boruvchi asab tizimi buyrug‘iga bog‘liq-dir. Nazariyaning variantiga, shuningdek, ko‘z harakatlari amalga oshmagan davrda, yaʼni qisqa muddatli kuzatuvda illyuziyaning hosil bo‘lishi kabi omillar ham go‘yoki qarama-qarshi kelmaydi. Baʼzi bir psixologlarning mulohazasicha, joyni, uzunlikni va shaklni idrok etishdagi ko‘z harakatlari stimul konfiguratsiyasininghar bir bo‘lin-masini qayd qilish (fiksatsiyasi) uchun talab qilinadi, deb taxmin etiladi. Xuddi shu bois bu nuqtai nazarga binoan ko‘z burchagi bilan ajratilgan strelka egallagan katta maydonda harakatlantirishda Myuller-Layer illyuziyasiga ko‘ra uchlarini birlashtiruvchi strelka band qilgan maydon bo‘yicha harakatlantirilganda birmuncha kamroq uzunlik tasavvurini yuzaga keltiradi. Myuller-Layer illyuziyasida mantiqiy jihatdan yopiqaylana mav-jud emas, chunki hamma shakl qismlarninguzunligi turlichadir. Ushbu nazariyaningtasdig‘i sifatida tajribada quyidagi narsa tekshiril-gan, yaʼni kuzatuvchi shakllarni solishtirish imkoniyatiga ega bo‘lganda uning ko‘z muskullariga beradigan efferent buyrukdari (komandala-ri) noadekvat ekanligini anglaydi, shuningdek, u ixtiyoriy harakat-lar amplitudasi (tebranishi)ning shaklini tashkil etuvchi tarkib-lari masshtabi bilan moslashtirishga harakat qiladi. Buning nati-jasida illyuzion hodisa kamayishi sodir bo‘ladi. Garchi voqelik shunday tarzda namoyon bo‘lsa-da, tadqiqotchilar shu narsani tan ola-dilarki, ko‘z harakatidagi bunday o‘zgarish uzoq muddatli ekspozitsiya oqibatida yuz beradi. Lekin nima uchun ko‘z harakatlari avval boshi-dan boshlab noaniqbo‘lganligi to‘g‘risidagi savol yoki muammo to hozir-gi davrgacha javobsiz qolib kelmokda. Shunday qilib, nazariyaning ushbu varianti ham umuman olganda, javobi qidirilayotgan, oldin-dan mavjudligi aniq illyuziyani taxminlashga xizmat qiladi. Psixologiyada kontrast (qarama-qarshi) va assimilyasiya nazariya-si ham alohida ahamiyat kasb etadi. Garchi kontrastlik tushuntirish imkoniyati zaif fenomen sifatida talqin qilinsa-da, lekin bir qator psixologlar ayrim illyuziyalarni kontrast samarasiga yaqin-lashtiradi. Bu holatga mutlaqo mos tushuvchi misol tariqasida Eb-bingauz illyuziyasini tahlil qilish mumkin. 9-rasm Kontrastga binoan kichik induksiyalovchi aylanalar bilan o‘ral-gan o‘ng tomondagi markaziy shakl yoki «test aylanasi” aslidagiga qaraganda kattaroq ko‘rinadi. Shu bilan bir davrda chap tomondagi markaziy aylana induksiyalovchi katta aylanalar bilan o‘ralganligi tufayli aslidagidan kichikroq, noto‘g‘ri idrok qilinadi. Buning natijasida ikkita markaziy aylana turli xil kattalikda singari tuyuladi. Bu fenomen to‘g‘risida yana shuni aytish mumkinki, 10-rasmda tas-virlangan markaziy chiziq induksiyalovchi egri chiziqlar sababli egri bo‘lib ko‘rinadi. Chap tomondagi shaklda markaziy chiziqning egriligi induksiyalovchi egri chiziqlar efiligidan ortikdigi tufayli o‘ng tomondagi markaziy efi chizikdan efirokdigi sababli markaziy chiziq chap tomondagidan kamroq egri ekanligi idrok qilinadi. Shuning uchun mazkur chizikdar bir xil egilmaganidek bo‘lib tuyuladi. Bizning mulohaza yuritishimizda shu narsa ahamiyatliki, uch o‘lcham-li fazoviy baʼzi illyuziyalarda test (sinash) chizikdarining induk-siyasi chizikdar tekisligidan ajralish samarasi kelib chiqadi. Bu tarzlagi holatga shaffof plastinkaga bir qator chiziqlarni chizib va u orqali uning ortida joylashgan boshqa chizikdar qatorini ko‘zdan kechirsak, ular stereoskopik tarzda tasvirlansa, bunda Ebbingauz va Ponzo illyuziyalari kabi illyuziyalar bir xil sharoitlarda kamayadi yoki butunlay yo‘qoladi. Boshqa tekisliklarning perseptiv bo‘lini-shida ham kontrast kamayish ehtimoli mavjud. Bunga yaqqol misol tariqasidi neytral ranglarning o‘zaro birgalikdagi harakatini kel-tirish joiz. 10-rasm Kontrast tushunchasini perseptiv fenomenlarining stimulli munosabatlari determinatsiyasiga muhim ahamiyat qaratuvchi nazariya nuqtai nazaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, u illyuziya nazariyasi si-fatida muayyan muvaffaqiyatga erishadi. Shuning bilan birga yana shu narsani taʼkidlash lozimki, ko‘pgina illyuziyalarni bu tarzdagi nazariya bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Psixologiyada qorishiq yoki noto‘g‘ri qiyoslash nazariyasi ham mav-jud bo‘lib, u mazkur fenomenni to‘g‘ri tushuntirishga xizmat qiladi. Sog‘lom fikrlash nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, bunday illyuziyada shunday holat yuzaga keladiki, kuzatuvchi faqatgina noto‘g‘ri qiyoslaydi. Haqiqatan esa u talabga binoan kesmalarning uzunligi-ni taqqoslash lozim. Lekin u shaklni butunligicha (yaxlit) taqqoslay boshlaydi. Yuqorida taxdil qilib o‘tilgan tajriba natijalari ushbu nazar to‘g‘ri ekanligini tasdikdaydi. Agarda biz 11-rasmni ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, u holda o‘ng to-mondagisi chap tomondagisidan pastroqda, degan tasavvur vujudga keladi. 11-rasm Bunda uzunlik illyuziyasi vujudga kelmaydi, chunki har bir chiziq ichkariga va gashqariga yo‘nalgan uchlardan iboratdir. Holatning il-lyuziyasi shu sababdan vujudga keladiki, bu o‘rinda chiziqni strelkadan ajratish qiyinlashadi va shu bois yuqoridagi chap tomondagi strelka kesmaning uchini birmuncha yuqoriga ko‘taradi hamda o‘ng to-mondagi strelka uni bir oz pastga tushiradi. Xuddi shu tarzda qolgan ikkita pastki uchlarni ham talqin qilish mumkin. Bu xildagi bog‘la-nishlarda yana shu narsani qo‘shimcha qilish joizki, Myuller-Layer illyuziyasida ayriluvchi uchli shakl bir xil uchlari bo‘lmagan boshqa shakldan uzunroqday tuyuladi. Lekin birlashtiruvchi uchli strelka uzun ko‘rinmaydi. Shuning uchun o‘zgacha mulohaza yuritish mumkinki, bu yerda taklif etilayotgan asimmetriya samarasi bilan bog‘liqdir, yaʼni illyuziya ko‘proq ajraluvchi uchlar samarasini uzaytiruvchi na-tijasiga ko‘proq aloqadordir, chunki birlashuvchi uchlar samarasi-ning kamayuvchi natijasiga ko‘ra sodir bo‘ladi. Yana shu narsa mazkur nazariyani tasdikdashi mumkinki, strelka bilan uning uchi orasida-gi masofani kuzatadigan bo‘lsak, u holda illyuziya hodisasi kamayadi. Shu tarzdagi kamayish kuzatuvchiga strelka uchlarini eʼtiborga olma-gan holda kuzatilganda ko‘zga tashlanadi. Xuddi shunga o‘xshash dalil Myuller-Layer illyuziyasining strel-kalar uzunligini baholashda ham ko‘zga tashlanadi. Bu voqelik 12-rasmda o‘z aksini topgan. Bu rasmda tasvirlangan a rasmga diqqat to‘plansa va uni b rasmdagisi bilan solishtirilsa, bu holda a strel-ka uzunroq ko‘rinadi. < > > < 12-rasm Xuddi shu tarzda aksincha, agar a shakldagi uzluksiz chiziq orqali berilgan shaklga diqqat jalb qilinsa va uni b rasmdagi punktir (siniq) chiziqlar bilan ifodalangan shaklga solishtirilsa, u holda b strelka uzunroq ko‘rinadi. Shunday qilib, illyuziya u yoki bu turdagi uchlarning mavjudligi emas, balki perseptiv harakat (akt)ga bog‘likdir. Qorishiq (aralash) nazariyasi va boshqa illyuziyalarni tushunti-rishdagi assimilyasiya nazariyasi orasida o‘xshashliklar mavjud. Test chizig‘i induksiyalovchi chizikdar yoki atrofdagi fazoga bog‘liq ravish-da assimilyasiyalanadi va, demak, u mustaqil tarzda idrok etilmaydi, balki induksiyalovchi chiziklar bilan birgalikda idrok qilinadi. Manzarani tuyuvchi uzoqlashishi yoki konstantligi nazariyasi psixologiya fani uchun muhim ahamiyatga ega. Bu xildagi manzaralarda chuqur-lik samarasi turli uzokdikda tasvirlangan, haqiqatda esa bir xil shaklda bo‘lgan obʼektlarni anglash bilan birga olib boriladi. Bu xil holatda agar ikkita obʼekt turlicha uzokdiqda joylashgan bo‘lsa-yu, lekin ular bir xil tasvirlansa, u holda ular turlicha bo‘lib ko‘rinadi. Misol uchun shuni taʼkidlash mumkinki, Ponzo illyuziyasida yuqori chiziq pastkisidan ko‘ra uzunroq ko‘rinadi, natijada chuqurlik tasavvuri paydo bo‘ladi. Bu fikrga hozirgina keltirilgan dalillar haqiqiy ishga taal-luqli emas, deb nisbat berish hali noaniq, chunki illyuziya test chi - 13-rasmda bu illyuziya oddiy tasvir bilan berilgan. Shuning bilan birga Myuller illyuziyasini ham quyidagicha tushuntirish mum-kin, yaʼni unda chiziqli tasvirni uch o‘lchamli reprezentatsiyaning birlashishi natijasida tushuncha intilish vujudga keladi. Bu 14-rasmda tasvirlangan, a tasvirdagi vertikal chiziq uning uchlari bilan taqqoslab ko‘radigan bo‘lsak, u kuzatuvchidan uzoq bo‘lib tuyuladi, yaʼni bu yerda devor yuzlari kuzatuvchi tomonga yo‘nalgan va aksincha b rasmdagi uzoqlashuvchi uchlar devor yuzasini kuzatuvchidan uzoqlash-ganday tasavvurni uyg‘otadi. Shunday qilib, a rasmdagi vertikal to‘g‘ri chiziq b rasmdagiga qaraganda uzunroq ko‘rinadi, chunki a tasvirdagi chiziq kuzatuvchidan uzoqroqda bo‘lgandek tuyuladi va shuning uchun uzunroq ko‘rinishga egadir. ziqlarining idrok etilish chuqurligi orasida hech qanday farqbo‘lma-gan taqdirda ham mavjuddir. Garchi u mavjud ekan, baribir konstantlikning modifikatsiya-langan gipotezasi talablariga muvofiq ravishda chuqurlik mavjud bo‘lganda ham illyuziya o‘zgarmaydi. Bu gipotezadan shuni anglash mum-kinki, manzara tasviri konstantlik samarasiga mos kelmaslikka olib keladi. Barcha chuqurlik belgilarining o‘zaro qarama-qarshi taʼsiriga qara-masdan shuni taʼkidlash kerakki, chuqurlik va uning mavjud emasli-gi idrokning ongli bo‘lishi sari yetaklaydi. Shunday qilib, illyu-ziyalarning bevosita konstantlik nazariyasini takomillashtirish bilan tushuntirish mumkin emas. Faqat baʼzi hollardagina konstant-lik mexanizmi ularning baʼzilarini tushuntiradi. Ponzo illyuzi-yasini maʼlum darajada test chiziklarini turli masofada idrok etish tendensiyasi bilan kuchaytirish kuzatiladi. Download 150.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling