1-Mavzu: Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi to‘g‘risida umumiy tushuncha


-MAVZU: Diqqatning rivojlanishi va buzilishi


Download 150.6 Kb.
bet18/19
Sana11.05.2023
Hajmi150.6 Kb.
#1450779
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar

9-MAVZU: Diqqatning rivojlanishi va buzilishi

Ulug‘ rus pedagogi K. D. Ushinskiy ishlarida diqqat to‘g‘risida juda iliq fikrlar aytilgan. Uning fikricha, diqqat ruhiy hayoti-mizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalar-ning barchasi shu eshik orqali o‘tib kradi. Diqqat obʼektni to‘la va aniq idrok qilish qobiliyatiga ega. Ziyraklikning qator sababla-riga oldin idrok qilingan obʼekt izlarining ahamiyatidan tashqa-ri, Ushinskiy «taʼsirotning kuchi va to‘plangan aktlarni boshqara olishni ko‘rsatadi. Bolaning rivojlanishi uning diqqatini to‘g‘ri yo‘naltira bilsshdaligini muallif ko‘rsatadi. Diqqatning to‘lali-gi, barqarorligini taʼminlovchi to‘planishning psixologik mexa-nizmlarini muhokama qilish ham Ushinskiyning asarlarida uchray-di. U diqqatning asosiy omili irodaviy boshqarish deb hisoblaydi. Shuning uchun diqqatni maqsadga yo‘naltirib boshqara olish qiyin va murakkab jarayondir. K. D. Ushinskiyning ko‘rsatishicha, kishi o‘z hissiyotlarini diqqat orqali boshqaradi, bunda u ixtiyoriy yo‘nalti-riladi. Muallif diqqat turlarini ixtiyorsiz yoki passiv, ixtiyoriy yoki aktiv kabilarga ajratadi. Uningcha, ixtiyoriy diqqat bizning tomonimizdan zo‘r berish orqali o‘ziga predmet tanlaydi. Ixtiyoriy diqqatni obʼektivlashtirish aktiv xarakteridan biridir. Chunki, u kishining o‘zi orqali qo‘zg‘atiladi va qo‘llaniladi.


K. D. Ushinskiyning aytishicha, ixtiyorsiz diqqat tashqi va ichki sabablarga ko‘ra hosil bo‘ladi. Tashqi sabablar, qo‘zg‘atuvchining kuchi-ga, organizmning ayni vaktdagi holatiga bog‘liq. Passiv diqqatning ichki sabablari bizning sezgilarimiz izlarini bog‘lanishidir. Idrok qilingan obʼektning yangiliklar bosqichini diqqatning istov-chi omili ekanligini muallif farqlaydi. Diqqat qaratilayotgan obʼekt maʼlum o‘lchovda bo‘lishi kerak.
Diqqatning psixologik tahlilini K. D. Ushinskiy tarbiya muam-mosi bilan bog‘ladi. Diqqatni boshqara bilishni aqliy rivojla-nish va amaliy faoliyat uchun asosiy omil deb hisobladi. Diqqatni maqsadga muvofiq boshqarish - idrok qilish paytida va asosiy ish-dan tashqaridagilarga chalg‘imaslik tushuniladi. Tarbiyachilarning vazifasi bolalarning aktiv diqqatini to‘g‘ri yo‘nalishda ko‘rish va ularning diqqatini o‘zlari boshqarishga o‘rgatishdan iboratdir.
K. D. Ushinskiy tomonidan yechilgan muammolar, o‘tkazilgan tek-shirishlar shuni ko‘rsatib turibdiki, u ongni to‘planish qobiliyati-ni diqqat bilan tushundi, u diqqatni o‘rganishda shaxs psixologiya-sidan kelib chiqsi. Tabiiy-ilmiy tushuntirishda o‘z davrining fi-ziologik bilimlaridan unumli foydalandi.
40-yillarda psixologiya fani bir qator muvaffaqiyatlarga erish-di. Psixologiya fani nazariya va tajribaga asoslangan holda juda ko‘p muammolarni yechishga muvaffaq bo‘ldi. Nazariy jihatdan katta o‘rin olgan masalalardan biri «oliy psixik funksiyalarining ri-vojlanishi va strukturasi” to‘g‘risidagi L. S. Vigotskiy ilgari sur-gan konsepsiyalardir. Buning asosida ikkita gipoteza yotadi:
A) Psixik faoliyatning xarakteri haqida.
B) Birlamchi tashqi va ichki faoliyatdan ichki psixik jarayonla-rining namoyon bo‘lishi.
L. S. Vigotskiy psixik funksiyalar rivojlanishini o‘rgana bo-rib, shular ichiga ixtiyoriy diqqatni ham kiritadi. Uning fikricha, bola diqqatining tarixi - bu bola xulqining paydo bo‘lishi tarixi-dir. L. S. Vigotskiy ishlarining xarakterli tomoni kishi psixika-sini tushunishda tarixiy va genetik yondashishdir. Buni u diqqatni o‘rganishga ham tatbiq qilgan va diqqatning rivojlanishini ko‘rsa-ta olgan. Muallif diqqat rivojlanishining ikkita yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Diqqatning natural (tabiiy) rivojlanishi. Bunda muallif umumorganik rivojlanishini tushuntiradi, yaʼni markaziy nerv tizimining strukturaviy va funksional jihatdan o‘sishini ko‘rsa-tadi. Bu rivojlanish butun hayot davomida bo‘ladi, ammo bunda «se-kinlashgan” va «bir oz pasaytirilgan” ko‘rinishlar mavjud.
Diqqatning madaniy rivojlanishi. Bunda ixtiyoriy diqqatni namoyon bo‘lish xususiyati madaniy konsepsiya bilan bog‘liq deb tu-shuntiriladi. Katta yoshdagi odamlar diqqatning psixologik mexa nizmi haqida gapirib, tashqi operatsiya, organizmningxulqini ichki operatsiyasiga aylanadi, deydi. Madaniy rivojlanish bola tashqi muhit bilan aloqa qila boshlagandan o‘sa boshlaydi.
Madaniy rivojlanish nazariyasining bir necha bahsbop tomonla-ri mavjud. Bulardan biri - bu bola diqqatini rivojlanishning «natural” fazasidir. L. S. Vigotskiy «interiorizatsiya”, yaʼni ichki psixik faoliyatini tashqi amaliy faoliyatidan kelib chiqishi, tashqi harakatlarning ichki harakatlarga, narsalarning obrazlariga va ular haqidagi tushunchalarga aylanish jarayoni fikrini ilgari suradi. Bu bilan psixik rivojlanishning bitta qonuniyatini ochdi, lekin bu to‘la xarakteristika bo‘la olmaydi, yaʼni bunda bu jarayon bilan birga «eksteriorizatsiya” jarayoni mavjud ekanligi diqqat mar-kazidan chetda qoldi.
L. S. Vigotskiyning ilmiy yutug‘i shundan iboratki, u diqqat muammosini o‘rganishda ijtimoiy va genetik nuqtai nazardan yondash-di. Ixtiyoriy diqqatni tashqi stimullar vositasida nutq funksiya-sini yo‘naltirish deb tushuntira oldi.
L. S. Vigotskiy ishlarini A. N. Leontev ijodiy davom ettirib, ixtiyoriy diqqat rivojlanishini o‘rgandi. U ixtiyoriy diqqatni xatti-harakatni boshqarishni oliy formasi va tarixiy rivojlanish mah-suli deb tushundi. Bolalarda diqqat formalarini taxdil qilib, 3 ta bosqich mavjud ekanligini ko‘rsatadi:
1. Natural bevosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aktlardan iborat.
Bunda to‘planish ixtiyorsiz namoyon bo‘lib, asosan maktabgacha bo‘lgan bolalarda vujudga keladi. Yaʼni, bu bolalar o‘z xulq-atvorlarini o‘zla-ri boshqara boshlaydilar.
Tashqi belgining ahamiyatini egallash, tushuna bilishlar tura-di. Bu bosqich boshlang‘ich taʼlimda asosiy rol o‘ynaydi.
Tashqi taassurotlarning ichki taʼsirlariga aylanish jarayeni bilan bog‘liq bo‘lib, bu asosan katta yoshdagi kishilarda bo‘ladi.
Uzoq vaqt A. N. Leontev maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatini tekshiradi. Chunonchi, idrok bilan diqqat aloqasini o‘rgandi. Diqqat hodisasi shunday hodisaki, u idrokning qanday kechishi bilan belgilanadi, deb tushuntiradi. A. N. Leontevning keyingi ishlari O‘quvchilar diqqatini rivojlantirish va ularda idrokni boshqarish, ko‘rish, eshitish, qo‘yilgan topshiriqni tushunish kabilarni egal-lash muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi.
N. F. Dobrinin diqqatni kishi psixik faoliyatini biron-bir obʼektga yo‘naltirish va to‘plash bilan boshqa obʼektlardan chalg‘ish orqali tushuntirdi. Agar yo‘nalish va to‘planish ixtiyorsiz bo‘lsa, ixtiyorsiz diqqat vujudga keladi. Agar ong qo‘yilgan maqsadga muvo-fiq bo‘lsa, u holda ixtiyoriy diqqat namoyon bo‘ladi. Bular qatorida N. F. Dobrinin diqqatning uchta turini ajratadi. Uning fikricha, diqqatning uchinchi turi «ixtiyoriydan keyingi diqqat” deb ataladi. Bu ixtiyoriy diqqat kabi maqsadga qaratilgan bo‘lib, irodaviy zo‘r berishni talab qilmaydi. Bular to‘g‘risida N. F. Dobrinin shunday deydi: «Ixtiyoriy diqqatda qiziqishga intilishga o‘rin bor, lekin bu qiziqish faoliyatning natijasiga qiziqishdir. Faoliyatning o‘zi esa qiziqarsizdir. Kishi psixik faoliyatining ajoyib xususiyati shundan iboratki, yaʼni natijaga qiziqish, jarayonga qiziqishga ay-lanadi. Bu ixtiyoriy diqqat ixtiyoriydan so‘nggi diqqatga aylanganda bo‘ladi” (Dobrinin N. F. Vnimaniye i yego vospitaniye. Izd-vo «Prav-da”. M. : 1951, str. 22).
B. G. Ananev «O‘quvchilarda diqqatni tarbiyalash” (Vospitaniye vnimaniye u shkolnikov) nomli asarida diqqatni hamma vaqt tek-shirish, tadqiq qilish kerak, deydi. Buning uchun mana bunday mo-mentlarga eʼtibor qilishni ko‘rsatib o‘tadi: darsni to‘g‘ri tashkil qilish, taʼlimning puxtaligi, o‘qituvchining pedagogik mahorati, o‘quvchilarning darslardagi faoliyatini to‘g‘ri tashkil qila bilish kabilarni taʼkidlaydi. B. G. Ananev bu bilan diqqatning uzoq vaqt bir obʼekt ustida to‘play bilish kerakligini uqtiradi.
Diqqat muammosini tadqiq qilish I. V. Straxov asarlarida o‘z aksini topgan. Quyida ularni asosiy mohiyatiga to‘xtalib o‘tamiz.
Kishi diqqati kelib chiqishiga va ishlash uslubiga ko‘ra ijtimo-iy tabiatga ega. U kishilarning mehnat faoliyatiga sabab bo‘ladi va mehnat jarayonining asosiy psixologik komponentlardan biri bo‘lib sanaladi. Diqqatning muhim belgisi faoliyat jarayonida va atrof-dagilar bilan aloqada kishi psixikasining to‘planishidir. Psixo-logiyada o‘rganilgan diqqatning xususiyatlari fikrini ilgari sura-dido‘planishi har xil sifatlarda va rivojlanishda aks etishidir.
Qator munosabatlarda to‘planish ikki xil xarakterda bo‘ladi: u predmet va hodisalarga tanlab yo‘naltiriladi, yaʼni diqqat obʼekti-ni ongli ajratish, bu vaqtda boshqa ko‘p obʼektlardan chalg‘ish vosi-tasi bilan aktlar tizimini tashkil qiladi, to‘planish mehnat pred-metiga yo‘naltiriladi, lekin uning jarayoni ham diqqat obʼekti hisoblanadi. To‘planish faoliyat obʼektiga va u bilan harakatga yo‘nal-tiriladi.
Diqqat psixikaning alohida tomoni va formasi hisoblanmaydi va qandaydir bironta funksiyani bajarishga ko‘chmaydi. Maqsadga yo‘nalgan, intensiv-psixik faoliyatning strukturali va funksional asosini uzgarishga, mahsuldorligining oshishiga va miyaning barqaror ishlashiga olib keladi.
Kishi diqqati mehnat faoliyatiga, faoliyat jarayoniga, mehnat qurollariga yo‘naltiriladi. Diqqat predmetlari bir xil emas, bal-ki har xil faoliyat turlarida har xil bajariladigan mehnat opera-siyalari va vositalari kishi mehnat predmetiga taʼsir qiladi. Bu-larga bog‘liq ravishda diqqatni faoliyat turlarida o‘rganish va har xil obrazli psixologik muammolar vujudga keladi. O‘tkazilgan tek-shirishlar asosida diqqat ko‘p funksiyali jarayondir, degan xulosaga I. V. Straxov keladi. Bu funksiyalarni praktik bajarish - mehnat, o‘qish, ilmiy va boshqa faoliyat turlaridan birontasining shart-sharoiti mahsuldorligidir. Faoliyatning har bir turi diqqatga alo-hida masʼuliyat yuklaydi. Shuning uchun uning funksiyasi faoliyat-ning shu turiga to‘g‘ri kelishi juda muhimdir.
Diqqat tafakkur bilan birgalikda aks etadi. U bilish jarayoni-ningtiniq va asosli bo‘lishiga sababchidir. Bu planda, ayniqsa, ijo-diy ilhomlanishning hisobga olmaganda, diqqatning qidirish ori-entirovkasi muhim ahamiyatga ega.
Diqqatning nazorat qilish - tuzatish funksiyasi ham kam ahami-yatli emas. Uning shakllari mehnat va o‘quv faoliyatining har xil davrlarida bir xil bo‘lmaydi.
Diqqat alohida kishilarning munosabatlarida, kollektivda xa-rakterli funksiya bajaradi. Kishining kuzatuvchanligida, boshqa odamlarning psixik holatini tushunishda, ziyraklikning aktiv shakllari (mehribonlikda, g‘amxo‘rlikda, ishdagi yordamda) aks etadi. Ziyraklik mehnatda va kishi bilan munosabatda axloqiy-psixolo-gik ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunga muvofiqziyraklikning motivatsiya-si o‘rganiladi. U aks ettirishning yaqqol shakllari va tarbiyalash haqida ko‘rib chiqiladi. Ziyraklikning bunday o‘rganilishi uning tahlilida va shaxs psixologiyasida yangi yo‘nalishdir. Ular o‘z ishla-rida diqqatning o‘rganilishi ko‘rsatilgan aspektlarini sintez qilishga harakat qilishdir.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, I. V. Straxov diqqatning bilish jarayonidagi ahamiyatiga, uning aktiv psixologik aks ettirish imkoniyatiga alohida eʼtibor beradi. Shuningdek, diqqat bilish faoliyatining borliq bilan aloqasida keng va chuqur aks etishida muhim mexanizmdir.
Diqqat shaxsning yo‘nalishida to‘plangan jarayon sifatida ish-laydi. Keng maʼnoda bu so‘z asosida ehtiyoj, qiziqish, qarash, ideal kabi tarkibiy qismlar boo. Diqqat psixik jarayonlar strukturasida ko‘rsatilgan omillardan hosil qilingan hodisa sifatidagina qat-nashmay, balki u shaxsning boshqa xususiyatlariga munosabatda tayanch xususiyat sifatida qatnashadi. Bunga misollardan biri — diqqat va ziyraklikning pedagogik takt (odob)ning shakllanishida psixolo-gik shart-sharoitligidir.
I. V. Straxov «Diqqat va nutq” muammosi bo‘yicha tadqiqot ishla--rini olib borgan. U nutq shakllari va funksiyalarini hamda tasvi-riy faoliyatni tahlil qiladi. U o‘quvchilarda sport gimnastikasi darslarini psixologik taxdil qiladi va o‘rganadi.
Muallifning taʼkidlashicha, diqqatni nutqiy boshqarish quyi-dagi omillarda ko‘rinadi: predmetni nomlashda yoki maqsadli hara-katlarga to‘plashda, faoliyatni rejalashtirishda, diqqatni ilgari-lab ketish aktlarida, qidirish faoliyatida, diqqatni ko‘chish jarayo-nining verbalizatsiyasida, diqqatni nazorat qilish funksiyasini aktivlashtirishda, ziyraklikning aks etishida va uning axloqiy-psixologik ahamiyatida.
Diqqatni va butun faoliyat jarayonini boshqarish nutqning ichki va tashqi turlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, bu boshqa-rishda muallif fikricha, integral (yuqoridagi ikki nutq turi ora-lig‘idagi) nutq ishtirok etadi. Bularni tadqiq qilish shuni ko‘rsa-tadiki, grafik harakatlarni amalga oshirish, akdiy-nutqiy jarayon-lar ularni anglash va yo‘naltirish bilan birga boradi.
Shunday qilib, diqqatni boshqarish va uni tarbiyalash, o‘quvchilarda rivojlantirish masalasi I. V. Staxov tomonidan atroflicha o‘rganilgan (Straxov I. V. Vospitaniye vnimaniye u shkolnikov. M.: Uchpedgiz, 1958).
PsixologN. V. Kuzminaning fikricha, o‘qituvchilarningdars da-vomida berilayotgan bilimini qanchalik o‘zlashtira olishini tekshi-rib, bunda asosiy va yetakchi rolni diqqat jarayoni o‘ynaydi. Shuning uchun ham taʼlim-tarbiya jarayonida hammadan avval tarbiyachi o‘quvchi-ning diqqatini torta bilishlik tarbiyachining asosiy maqsadi bo‘li-shi kerak. Bu esa o‘tiladigan materialni o‘qituvchi puxta bilishni talab qiladi. Bundan kelib chiqadiki, diqqatningtarbiyalanishi va shakllanishi ham vujudga keladi.
F. N. Gonobolin, M. R. Raxmanova, D. T. Elkin, V. V. Repkin va boshqa qator tadqiqotchilar faoliyatida taʼlim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarda diqqatning namoyon bo‘lishi, kechishi, rivojlanishi, o‘ziga xos xossalari, individualligi kabi jihatlar o‘rganilgan. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarga bag‘ishlangan ijodiy izlanishlar miq-dori undan ham ko‘pdir. Biz bu o‘rinda ularga o‘z munosabatimizni bildirmaymiz.
Shunday qilib, biz yuqorida ko‘pgina adabiyotlar bilan tanishib, ularda diqqat kategoriyasi qay tarzda qo‘yilganligini ko‘zdan kechir-dik.
Obʼektiv voqelikdagi narsa va hodisalar, subʼektiv kechinmalar diqqat obʼekti bo‘lib hisoblanadi. Diqqat jarayonida ongning voqe-likka nisbatan tanlab munosabatda bo‘lish xususiyati namoyon bo‘ladi. O‘quvchi biror obʼektga diqqat qilar ekan, ayni bir paytda qolgan narsa va hodisalarni ong doirasidan chetda qoldirmaydi.
To shu kunga qadar ko‘pgina psixologlar (xoh chet el, xoh sobiq sovet bo‘lishidan qatʼi nazar) diqqatni maktab o‘quvchilarida tarbi-yalash, o‘stirish va aktivlashtirish to‘g‘risida mulohaza yuritib kel-moqdalar. Bizningcha, diqqatni anʼanaviy uslubga tayangan holda maxsus vositalar yordamida darsdan tashqari qiziqarli materiallar hisobiga takomillashtirish yuzasidan mulohaza yuritishdan ko‘ra, balki taʼlim jarayonida o‘quvchilar tomonidan fan asoslarini o‘zlash-tirish kezida uni (diqqatni) shakllantirib borish zarur. Buning uchun diqqatni shakllantirishga bevosita taʼsir qiluvchi quyidagi usullardan foydalanish ayni muddao bo‘lar edi. (E. G‘.): materiallarga ko‘z yugurtirish, materiallarni tasavvur qilish, ko‘rgazmali materiallarni o‘qish, chuqur tahlil qilish, gaplardan xato topish, man-tiqiy urg‘uga eʼtibor berish, mantiqiy nuqsonni topish.

Download 150.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling