1-Mavzu: Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi to‘g‘risida umumiy tushuncha


- MAVZU: Diqqatning psixofiziologik indikatorlari va mexanizmlari


Download 150.6 Kb.
bet15/19
Sana11.05.2023
Hajmi150.6 Kb.
#1450779
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar

6- MAVZU: Diqqatning psixofiziologik indikatorlari va mexanizmlari
Diqqatning fiziologik asoslarini tushuntirib berishda buyuk rus fiziologlari I. P. Pavlov va A. A. Uxtomskiylarning olib borgan ilmiy kashfiyotlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Oliy nerv faoliyatining alohida reaksiyalari bo‘lmish oriyentir reflekslar to‘g‘risidagi I. P. Pavlov ilgari surgan ilmiy taxmin (gipoteza) psixologiya fani uchun muhim hissa bo‘lib qo‘shildi, chunki «bu nima?» refleksisiz diqqatning tabiatini ochish mutlaqo mum-kin bo‘lmas edi. I. P. Pavlovning «bu nima?» refleksi haqidagi g‘oyasi ixtiyorsiz diqqatning g‘ayritabiiy (reflektiv) xususiyatini ochib berish uchun xizmat qildi. I. P. Pavlovning fikricha, biz pay-do bo‘layotgan siymoga nigohimizni qaratamiz, eshitilgan tovushga quloq solamiz, dimog‘imizga urilgan hidni zo‘r berib yutamiz. Lekin ushbu mulohazalar refleks mohiyatini ilmiy jihatdan ochib berish imkoniyatiga ega emas, vaholanki uning negizini asoslash uchun bir talay omillarni keltirish zarur. YE. N. Sokolov, A. R. Luriya, P. Ya. Galperin, YE. I. Boyko va boshqalarning hozirgi zamon maʼlumotla-riga suyanib mulohaza yuritilganda I. P. Pavlovning oriyentir ref-lekslari juda murakkab jarayondir.
Aslini olib qaraganda, oriyentir kompleksiga tashqi xatti-hara-katlar, ko‘zlarning va boshning qo‘zg‘atuvchi tomonga burilishi, muay-yan analizatorlarning sezuvchanligi, modda almashinuvi, nafas olish, yurak urish va qon aylanish harakati, teri-galvanik reaksiyalari, vegetativ asab tizimi xususiyati va miyaning elektr faolligi o‘zgari-shi kabi son-sanoqsiz jarayonlar kiradi.
I. P. Pavlov va A. A. Uxtomskiylarning taʼlimotlariga binoan diqqatning holatlari, sifatlari, xususiyatlari, birinchidan, qo‘zg‘a-lish va tormozlanish jarayonlarining o‘zaro birgalikdagi harakati bilan, ikkinchidan, miya strukturasida hukm suruvchi qo‘zg‘aluvchanlik bilan uyg‘unlikka egadir.
I. P. Pavlovning taxminiga ko‘ra, vaqtning har bir lahzasida miya qobig‘ida qo‘zg‘alish uchun ancha qulay (senzitiv) va maqbul sharo-itga ega ekanligi bilan ajralib turuvchi u yoki bu qism hukm suradi. Alohida ajratib ko‘rsatiladigan mazkur qism nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniyatiga binoan vujudga keladi. Bosh miya qobig‘i-ning biron bir qismida to‘plangan (markazlashgan) nerv jarayonlari induksiya qonuniga muvofiqboshqa uchastkalarni tormozlanishga olib keladi. Qo‘zg‘alishning eng optimal markazida yangi shartli refleks-lar vujudga keladi, differensiallash esa muvaffaqiyatli amalga oshadi. Qo‘zg‘alishning optimal o‘chog‘i o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega.
Bu holatni chuqurroq dalillash uchun I. P. Pavlovning ushbu fikri-ni keltirib o‘tish joizdir: «Agar bosh suyak kosasi orqali ko‘rish mumkin bo‘lganda edi va agar eng optimal qo‘zg‘aladigan katta yarim sharlar o‘rni yoritilganda bormi, bu holda biz fikrlaydigan ongli odamda uning katta yarim sharlari bo‘ylab doimo o‘zgarib turadigan, shakli va kattaligi g‘alati ko‘rinishga ega bo‘lgan hamda yarim shar-larning qolgan barcha bo‘shlig‘ida ko‘proq yoki ozroq darajadagi soya bilan o‘ralgan och rangli dog‘ning u yoqdan bu yoqqa qay tarzda ko‘chib yurishini ko‘rgan bo‘lardik”. I. P. Pavlov taʼkidlab o‘tgan och rangli «dog‘” optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘i markaziga mos keladi, uning harakati to‘g‘risidagi fikr esa diqqatning intensivligini taʼminlashning fiziologik omili hisoblanadi. I. P. Pavlovning qo‘zg‘alish marka-zining bosh miya po‘sti bo‘ylab harakat qilish yuzasidan ilgari sur-gan g‘oyalari, gipotezalari va bashoratlari keyinchalik N. M. Liva-novning eksperimental tadqiqotlari materiallari bilan to‘la is-botlandi.
Diqqatning fiziologik asosini tushunib yetishda A. A. Uxtoms-kiyning ilmiy ishlari katta ahamiyatga egadir. Muallif diqqat-ning fiziologik mexanizmlari to‘g‘risida tadqiqot o‘tkazib domi-nanta prinsipini kashf qiladi. A. A. Uxtomskiyning nuktai naza-richa, miya po‘stida qo‘zg‘alishning ustun va hukmronlik qiluvchi mar-kazi hukm suradi. Olimning dominantaga baho berishiga ko‘ra, u yuk-sak darajadagi qo‘zg‘alish markazi konstellyasiyasi (muayyan holati) dir. Dominantaninghukmronlik xususiyati bundan iboratki, u qo‘zg‘a-lishning yangi vujudga kelayotgan markazlarining faoliyatini chek-lash bilan qanoat hosil qilmasdan, balki zaif qo‘zg‘atuvchilarni o‘ziga tortadi va ana shu yo‘l bilan ularning hisobiga kuchayadi, muayyan darajada ustunlikka erishadi. A. A. Uxtomskiyning fikricha, domi-nanta qo‘zg‘alishning barqaror markazidir. Shuning uchun dominanta tushunchasi diqqatning harakatlantiruvchi mexanizmini ilmiy ji-hatdan dalillash uchun xizmat qilishi turgan gap.
A. A. Uxtomskiyningtaʼrifiga binoan, dominanta - bu bir davr-ning o‘zida ana shu -markazda yuz beradigan reaksiyalar xususiyatini belgilab berishga qodir hukmron qo‘zg‘alish o‘chog‘idir. Uning fikri-cha, dominantalar vujudga kelgan paytda bosh qo‘zg‘alish o‘choqlari, yaʼni subdominantalari nisbatan kuchsiz qo‘zg‘alish o‘choqlari mutlaqo yo‘qo-lib ketmaydi, balki ular o‘zaro qo‘shilib, dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Mazkur qo‘zg‘alish o‘choqlarining o‘zaro kurashishi na-tijasida subdominanta dominantaga aylanishi yoki oldingi domi-nanta esa subdominanta bilan o‘rin almashishi mumkin hukmron qo‘zg‘alish o‘chog‘i hisoblangan dominanta diqqatining muayyan obʼektga yo‘naltirishi, to‘planishi, mustahkamlanishi, barqarorlashning fi-ziologik asosidir.
Shunday qilib, diqqatning fiziologik asoslari to‘g‘risida mu-lohaza yuritilganda fan olamida ikkita taʼlimotning mohiyatiga to‘xtaladi. Ushbu taʼlimotlarning birinchisi (I. P. Pavlov qala-miga mansub) diqqatning fiziologik asosi qo‘zg‘alish jarayonining bosh miya yarim sharlar qobig‘ining ayrim uchastkalarida to‘planishi natijasida optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘ining hosil bo‘lishi va ayni vaqtda manfiy induksiya qonuniga binoan miya qobig‘idagi boshqa nerv markazlarining maʼlum darajadagi tormozlanishidir. Ikkin-chisi esa A. A. Uxtomskiyning dominanta nazariyasining talqini-dan iboratdir. Chunki dominanta muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo‘zg‘aluvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘alish markazidir. Do-minanta mavjudligida undan boshqa nerv markazlari tormozlangan bo‘ladi. U markaziy asab tizimiga kelgan har qanday qo‘zg‘alish, im-pulslarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradi-da, shu tariqa boshqa markazlarni tormozlash evaziga o‘z faoliyatini yana kuchaytiradi.
Hozirgi zamon psixofiziologiya fanida miyaning spetsifik bo‘lma-gan tizimiga oid turli tuzilishidagi diqqat holatlarining retiku-lyar formatsiya, talamuz, gipotalamuz va gippokamplarga aloqasi haqida anatomik, fiziologik va klinik maʼlumotlar mavjuddir. Ular to‘g‘ri-sidagi mulohazalar keyingi sahifalarda beriladi.
Diqqatning neyrofiziologik mexanizmlari (retikulyar tizimi
aktivatsiyasi)
Hozirgi zamonda diqqatning neyrofiziologik mexanizmlarini tadqiq etish, ko‘p jihatdan psixik jarayonlar kechishining tanlov-chanlik xususiyatiga bog‘likdir. U faqat qo‘zg‘alishing optimal dara-jasi mavjud bo‘lgan miya po‘stining uyg‘oq (tetik) holati orqaligina taʼminlanishi mumkin. Miya po‘stining uyg‘oklik darajasi po‘stda zarur mexanizm (tonus) bilangina taʼminlanib, bosh miyaning tepa stovolida normal munosabatni sakdovchi ko‘tariluvchi retikulyar for-matsiyani aktivlashtirish faoliyati bilan uyg‘unlikka egadir.
Ko‘tariluvchi retikulyar formatsiyaning aktivatsiyasi miya po‘stlo-g‘iga organizmdagi jarayonlarning almashishini taʼminlovchi impuls-larni olib borib, uyg‘okdik holatini yuzaga keltirib turadi. Bunda ekstraretseptorlar tashqi qo‘zg‘atuvchilar yordamida tashqaridan kirib keluvchi informatsiyalarni oldin stvolning tepa bo‘linmasiga hamda ko‘rish tepaligining yadrosiga, keyin esa bosh miya po‘stiga olib bo-radi.
Biroq miya po‘stining optimal tonusi va uygokdik (tetiklik) xo-latini taʼminlash faqat ko‘tariluvchi retikulyar formatsiyaning ak-tivatsiyasiga bog‘liq emas. Balki bu narsa tushuvchi retikulyar forma-siya faoliyatiga ham aloqadordir. Tushuvchi retikulyar tizimning ap-parati tolalari bosh miya po‘stidan boshlanib (peshana va chakka qism-larining medial va medibazal bo‘linmalarida), stvol yadrosi tomon, so‘ng orqa miyaning harakat yadrosi sari yo‘nalishda harakat qiladi. Shuning uchun tushuvchi retikulyar formatsiyaning faoliyati juda mu-him bo‘lib, uning yordamida miya stvoli yadrosiga qo‘zg‘alishni tanlov-chi tizimiga yetkaziladi, dastavval bu jarayon bosh miya po‘stlog‘ida yuz berib, murakkab bilish jarayonlari ontogenezida vujudga kelgan xat-ti-harakatlarning murakkab programmasi tariqasida insonning ongli faoliyatining yuksak formasi mahsuli bo‘lib hisoblanadi.
Har ikkala retikulyar formatsiyalarni tarkibiy qismlarining o‘zaro taʼsiri miyaning aktiv faoliyatini o‘z-o‘zini boshqaruvchi mu-rakkab formasi bilan taʼminlaydi. Ular elementar, sodda biolo-gik hamda murakkab, kelib chiqish jihatdan ijtimoiy stimulyasiya formasi taʼsiri bilan o‘rin almashtirib turadilar.
Aktivatsiya jarayonini taʼminlashdagi bu tizimning muhim ahami-yati ko‘p seriyadan iborat eksperimental dalillar bilan neyrofizi-ologlar Matun, Djasper, Lindsli, Anoxin kabilar tomonidan tek-shirilgan.
Bremer tajribasining ko‘rsatishicha, stvolning quyi bo‘linmala-rini kesish tetiklik (uyg‘okdik) holatini o‘zgarishiga olib kelmay-di, lekin stvolning yuqori qismini kesish elektr potensiallar-ning asta-sekin paydo bo‘lishi bilan xarakterli bo‘lgan uyquni vu-judga keltiradi.
Lindsli, sensor qo‘zg‘atuvchini vujudga keltiruvchi mazkur signal-lar miya po‘stlog‘iga borishni davom ettiradi, lekin po‘stning bu sig-nallarga javobi qisqa muddatli bo‘lib, uzoq vaqtli turg‘un o‘zgarish-ni amalga oshirmaydi. Ushbu dalillarning ko‘rsatishicha, uyg‘oqlik (tetiklik) holatini xarakterlovchi qo‘zg‘alishning murakkab jarayon-larini vujudga keltirish uchun sensor impulslar oqimining o‘zi kifoya qilmaydi. Shuning uchun retikulyar tizimi aktivatsiyasini qo‘llab-quvvatlab turuvchi taʼsir zarur.
Lindslining psixologik tajribasiga qaraganda, ko‘tariluvchi re-tikulyar formatsiyaning aktivatsiyasi natijasida stvol yadrosidagi qo‘zg‘alish hayvonlarda sezgi chegarasini pasaytiradi, ular uchun oldin mumkin bo‘lmagan ishni amalga oshirish imkoni yaratiladi, na-fis farklash (diffirensirovka) vujudga keladi: konus bilan uch-burchak tasvirini aniqlash va boshqalar.
Doti, Ernandes Peon va boshqalarning tadqiqotlarida ko‘rsati-lishicha, ko‘tariluvchi retikulyar formatsiya yo‘llarining kesilishi oldin mustahkamlangan shartli reflekslarning yo‘qolishiga olib ke-ladi. Biroqretikulyar formatsiya yadrosini qitiqlashda, hatto qo‘zg‘a-tish chegarasi atrofida bo‘lsa ham shartli reflekslarni yuzaga kelti-radi.
Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, ko‘tariluvchi re-tikulyar formatsiyaning aktiv taʼsiri (tetiklik) uchun zarur shart bo‘lgan optimal holat bilan miya po‘stini taʼminlaydi.
Jahon psixologiyasi fanida olingan (to‘plangan) maʼlumotlar-ning aksariyati, ko‘tariluvchi retikulyar formatsiyaning aktivatsiyasi taʼsiri o‘ziga xos tanlovchanlik xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsat-di. Retikulyar formatsiya alohida sensor jarayonlarning tanlab (sa-ralab) aktivlashuvini barpo qilmasdan, balki bir qancha biologik tizimlarningtanlab aktivlashuvini taʼminlash zarur: ovqat, himoya, oriyentir refleksi va xokazolar.
P. K. Anoxinning ko‘rsatishicha, retikulyar formatsiyaning alohi-da qismlari mavjud bo‘lib, ular turli biologik tizimlar faoliyati-ni aktivlashtiradi, shuningdek, har xil farmokologik taʼsirga (agentlarga) nisbatan sezgirdirlar. Masalan: a) uretan — tetiklik-ni blokada qilib, uyquni keltiradi, b) aminazin — og‘riq, himoya qilish reflekslarini blokada qilib, tetiklikka befarq qoladi.
Demak, yuqoridagi maʼlumotlarga asoslanib, ushbu fikr va mulo-hazlarni bildirish mumkin: ko‘tariluvchi retikulyar formatsiyani ak-tivlashtirish taʼsiri tanlovchanlikka ega bo‘lib, bu tanlovchanlik asosiy biologik sistemalar xususiyatiga mos (munosib) tushib, orga-nizmni aktiv faoliyat sari undaydi.
Tushuvchi retikulyar formatsiyani aktivlashtirish muhim ahamiyat kasb etib, aktivlashtirish impulsi tolapari bosh miya po‘stidan (pe-shana va chakka medial qismlaridan) boshlanib, undan stvolning yuqori bo‘linmalari apparati tomon yo‘naladilar. Olimlarning fikricha, mazkur tizim diqqatni oliy formatsiyasining fiziologik mexanizm-lariga taʼsir etish nuqtasiga juda yaqin joylashgandir.
Jahon fanida anatomik maʼlumotlarga qaraganda, tushuvchi re-tikulyar formatsiyaning tolalari bosh miya po‘stining barcha uchastka-lariga tarqalgan bo‘lib, eng xususiyatlisi — bu peshana qismining medial va mediobazal bo‘limlaridan boshlanib, to uning limbik oblastigacha davom etadi. Miyaning limbik zonasi (gippokamda) va ba-zal uchlaridagi neyronlar boshqa neyronlardan farq qiladi, nati-jada ko‘rish va eshitish qo‘zg‘atuvchilarining ayrim xususiyatlariga nisbatan javob reaksiyasini beradi. Mazkur neyronlar har qanday qo‘zg‘atuvchilarni kuchayishida emas, balki kuchsizlanishida ham aktiv harakatni yuzaga keltiradi.
Bu holatni o‘rgangan kanadalik neyrofiziolog Djasper yuqori-da taʼkidlab o‘tilgan xususiyatlarni nazarda tutib, bu neyronlarni «yangilik neyronlari” yoki «diqqat katakchalari” deb nomlashni tav-siya qiladi. Uning fikricha, hayvonlarning signal kutish, labi-rintdan chiqish yo‘lini qidirishda, po‘stning xuddi shu oblastlari-da neyronlarning 60 foizi paydo bo‘lib, aktiv razryadiga aylana-dilar.
Agarda hayvonlarda tayyorgarlik holatini boshqarishda limbik oblastning medial bo‘linmasi va bazal boylamlari muhim rol o‘yna-sa, insonlarda esa murakkab faoliyat formasining asosiy markazi miyaning peshana (manglay) qismlari hisoblanadi.
Ingliz fiziologi Grey Uolter o‘z tadqiqotlarida aktiv kutish (masalan, sinaluvchining 3 yoki 5 signalni kutishi va unga javob tariqasida tugmachani bosishi) holatining har qaysisi miyaning pe-shana qismida elektr tebranishni paydo qilishini va ular «kutish to‘lqinlari”dan iborat ekanligini dalillaydi. Kutilayotgan signal-ning namoyon bo‘lish imkoniyati ortganda bu to‘lqinlar nisbatan ku-chayadi, signallarning ehtimoli pasayganda esa, ular kuchsizlanadi yoki butunlay yo‘qoladi. Ushbu holat vujudga kelsa, signal paydo bo‘li-shini kutish ko‘rsatmasi (instruksiyasi) bekor qilinadi.
Miya po‘stini peshana qismining aktivlik holatini boshqarishda (regulyasiyasida) qanday rol o‘ynashini dalillovchi tajriba M. N. Livanov tomonidan o‘tkazilgan. M. N. Livanovning guvohlik beri-shicha, har qaysi aqliy zo‘r berish (matematik topshiriklarni yechish paytida) miyaning peshana qismida ko‘p miqdorda sinxron tarzda ishlovchi nuqtalarni vujudga keltiradi, bu holat topshiriq yechib bo‘lgunga qadar saqlanadi, keyin o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘ladi. Miya po‘sti-ning peshana qismidagi sinxron tarzda ishlovchi punktlar barqaror xususiyatga egadir.
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda shunday xulosaga kelish mumkin. Miyaning peshana qismi qo‘zg‘ovchini vujudga keltirishda muhim ahamiyatga ega, chunki odamda aktivlik holatining o‘zgarishi unga bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun hayvon yoki odam miya po‘sti-ning limbik oblastidagi qo‘zg‘ovchilarning kuchayishi tushuvchi retikulyar formatsiya to‘qimalari bo‘ylab harakat qiluvchi impulslar man-bai hisoblanadi.
Jahonning yirik neyrofiziologlarining aksariyati, miya po‘sti-ning qismlarini qo‘zg‘atish miya stvoli yadrosining elektr faoliya-tida bir qator o‘zgarish yasaydi va bular, o‘z navbatida, oriyentir ref-leksini jonlanishga olib boradi, degan xulosaga kelishgan.
Tadqiqotchi S. N. Narikashviliningtajribasida bosh miya po‘sti-ning orqa qismlarini qo‘zg‘atish natijasida ko‘rish tizimining ich-kari bo‘limlariningjavob reaksiyasida ham keskin o‘zgarishlar yuza-ga kelishi kuzatilgan. Miya po‘stining sensomotor qismini qo‘zg‘a-tish bilan harakat tizimining po‘stosti bo‘limlari faoliyatini su-saytirish yoki kuchaytirish mumkin. Baʼzi bo‘limlarni qo‘zg‘atish oriyentir refleksi tarkibiga kiruvchi xulq reaksiyalari paydo bo‘li-shiga olib keladi.
Yuqoridagi fikrni tasdiqlovchi tajriba Ernandes Peon tomo-nidan o‘tkazilgan. Uning tadqiqotida miya po‘stini qo‘zg‘alish o‘chog‘i-ning kuchayishi tushuvchi retikulyar formatsiya orqali o‘tib, butun stvol bo‘ylab tarqalgan. Tajribada mushukning oyog‘i ostiga sichqon yoki baliq tashlanganda, ularni hidlab ko‘rsa, «shilq” etgan ovozga javob beruv-chi eshitish nervi yadrosining aktiv elektr razryadlari yo‘qolgan. Bu dalilning ko‘rsatishicha, bosh miya po‘stida qo‘zg‘alish o‘chog‘ining vu-judga kelishi miya stvoli faoliyatini to‘sish yoki aktivlik holatini boshqarish (regulyasiya qilish) imkoniyatiga ega.
Shunday qilib, bosh miya katta yarim sharlari po‘stini uning stvo-li bilan ikkiyoklama bog‘lab turuvchi ko‘tariluvchi va tushuvchi reti-kulyar tizim tanlab aktivlashtiruvchi taʼsirga ega bo‘lib, organizm aktivatsiyasining yuksak formasi bilan insonning ongli (mehnat, o‘qish, kasbiy) faoliyatini taʼminlab turadi.
Hayvonlarda limbik po‘stga ozor berish (ekstirpatsiya) miya stvo-li qismlari elektr faoliyatining keskin o‘zgarishiga olib keladi va ularning xulqida nuqsonlar hosil qiladi. Buning oqibatida ori-entir refleksida patalogik jonlanish namoyon bo‘ladi, shuningdek, tanlovchanlik xususiyati yo‘qoladi. Kompleks metodlarga asoslangan hozirgi zamon biologiya, fiziologiya, neyrofiziologiya, psixofizi-ologiya, psixologiya fanlarida ushbu omil miya stvoli strukturasi-ning po‘stosti mexanizmlarini miya po‘sti tormozlash taʼsiridan xalos qilish deb baholanmoqda.
Demak, diqqatning neyrofiziologik mexanizmlari to‘g‘risida mulohaza yuritilganda, ko‘tariluvchi retikulyar tizim bosh miya po‘stiga impulslarni yetkazuvchi, aktivatsiyaning biologik shartlangan formasi ekanligini, tushuvchi retikulyar tizim esa impulslarning ak-tiv taʼsirini vujudga keltirish imkoniyatini taʼkidlab o‘tish maq-sadga muvofiq.



Download 150.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling